G'azal haqida nazariy ma'lumot Shior: O'quv qunt beradi, bilim - shon-sharafshon, Shu ikkov bilan ulug'dir inson (M.Qoshg'ariy) G'azal arabcha so'z bo'lib, uning ma'nosi oshiqona so'z yoki xotin-qizlar bilan yoqimli muomulada bo'lish demakdir. G'azal atamasi dastlab VI - VII asrlarda arab she'riyatida paydo bo'lib, X asrda fors adabiyotiga, XIV asr boshlarida turkiy adabiyotga kirib kelgan. Uning turkiy tildagi dastlabki namunalarini Xorazmiy va Rabg'uziy yaratgan. Turkiy adabiyotda g'azalning ilk namunasi Qisas-ar Rabg'uziy asarida uchraydi. G'azal adabiy atama sifatida aruz vaznida ishq-muhabbat haqida yozilgan, a-a, b-a, d-a, e-a … tarzida qofiyalanadigan, matla' va maqta'ga ega bo'lgan she'rni anglatadi. Ilmiy adabiyotlarda g'azallar hajmi o'rtacha 3 baytdan 19 baytgacha bo'lishi qayd etilgan. O'zbek adabiyotida 5 baytdan 21 baytgacha bo'lgan g'azal namunalari bor. G'azalning birinchi bayti matla' (mabda', arabcha boshlanma, chiqish ) deb atalib, undagi misralar o'zaro qofiyalanadi (a-a), qolgan baytlardagi juft misralar matla'ga qofiyadosh bo'ladi. Ba'zan g'azalning ikkinchi bayti ham o'zaro qofiyalanishi (a-a, a-a) mumkin, bunga g'azalning pardozi sifatida husni matla' yoki zebi matla' deyiladi. Agar g'azalning barcha baytlari o'zaro qofiyalangan bo'lsa (a-a, a-a, a-a, a-a, …), u g'azali zeb qofiya deb, g'azalda ichki qofiya bo'lsa, g'azali musajja' deb ataladi. G'azalning oxirgi bayti maqta' (arabcha tugallanma, kesilish) deb atalib, unga shoirning adabiy taxallusi keltiriladi. . Har bir baytdagi alohida-alohida mazmun yaxlit holda bunday g'azalning g'oyaviy mundarijasini tashkil etadi. Bunday g'azallar ko'p mavzuli bo'ladi. Mustaqil baytlar-dan tuzilgan g'azallarga bir paytlar parokanda so'zi adabiy atama sifatida qo'llangan. Bu so'zning lug'aviy mazmuniga oid to'zg'itilgan, tartibsiz ma'nolari mustaqil baytlardan tuzilgan g'azal xususiyatlariga bego-nadir. Navoiy oldingi g'azalnavislar uslubidagi ba'zi xususiyatlarni tanqid qiladi. G'azallarning kompoziysiya jihatdan parokanda (bir bayt mazmuni visol bahorida, yana biri firoq xazonida) shaklda yaratilishi Navoiyni qanoatlantirmaydi. U yakpora g'azalini ma'qul ko'rgan. Mustaqil baytlardan tuzilgan g'azal. Tarkibida lirik voqea, manzara, fikr va kechinma satrlar silsilasida darajama-daraja (tadrijiy) rivojlanish xususoyatiga ega bo'lgan g'azal. Bu g'azallarning eng oliy navidir. Misol: A.Navoiy Ishq o'ti - azal qismati (Jong'a chun dermen…), Yordin ayru ko'ngul… va boshqalar. Musalsal g'azal Har bir baytining mazmuni o'zidan oldingi va keyingi baytlarga izchil bog'langan g'azal. Yakpora g'azalning mazmuni matla'da ko'tarilgan bir mavzuni izchil yoritish jarayonida vujudga keladi. Misollar: A.Navoiy Qora ko'zum, Kecha kelgumdur debon…, Ne navo soz aylagay bulbul gulistondin judo, Lolazor emaski, ohimdin jahonga tushti o't, Do'stlar, ahli zamondin mehr umidini tutmangiz va boshqalar. Yakpora g'azal . Voqelikning bir bo'lagi ifodalanadigan, hamma baytlari bir mavzuni yotirishga, bir g'oyaviy mazmunni ilgari surishga qaratilgan g'azal. Sujetli g'azalga nisbatan voqeaband atamasi bilan birga lirik hikoya, lirik novella atamalari ham ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:22:25
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.19 MB
Ko'rishlar soni
185 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:04
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:22 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.19 MB
Ko'rishlar soni
185 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:04 ]
Arxiv ichida: ppt