Germenevtika va poetika Reja: Badiiy asarning germenevtik tahlili mezonlari Hayot haqiqati va ijodiy metod Poetik vositalarning badiiy g'oya shakllantirish imkoniyatlari Lirik asarlarda g'oyaning germenevtik tavsifi Germenevtik tahlil va adabiy tanqid Badiiy asarning germenevtik tahlili mezonlari XIX asr oxirlarida alohida fan sifatida shakllana boshlagan germenevtika dastlab eramizning boshlarida Bibliya matnlari g'oyaviy rang-barangligini aniqlash uchun qo'llanilgan. YAngi davrga kelib uning bevosita adabiy matnlarni o'rganishiga jalb qilinishi ustida tajribalar o'tkazila boshlandi. Shleyermaxer, Shpet, uning ortidan Xirsh kabi olimlar germenevtik tadqiqotning nazariy me'yorlarini bevosita adabiy matnlarga nisbatan ishlab chiqdilar. O'zbek adabiyotshunosligida bu metod XX asrning 90- yillaridan e'tiboran keng qo'llanila boshlandi. Germenevtik metodning dastlabki variantlari qadimiy matnlarni talqin qilishga qaratilgani bois bizda ham bu metoddan eski adabiyotning matniy munosabatlarini aniqlash borasida foydalanildi. A. Erkinov Navoiyning Xamsa asari turli matnlarini o'rganish borasida germenevtik tadqiqot olib bordi. Keyinchalik (2010 yilda) falsafiy germenevtika borasida nomzodlik dissertatsiyasi yoqlandi. Professor H. Boltaboev germenevtik metod haqidagi o'z mulohazalarini Jahon adabiyoti jurnalidagi maqolasida izhor qildi. Mavzu va mohiyatning beqiyos kengligi qarshisida bu tadqiqotlar ummondan tomchi ham emas. Zotan badiiy adabiyotni yangi usullarda o'rganish zaruriyati kun tartibida turgan dolzarb muammo ekan, germenevtik metodning taraqqiy topishi alohida e'tibor va diqqat talab qilishi tabiiydir. Germenevtik tadqiqotlar doirasi avvalo matnni ratsional o'rganishni qamrab olgan, uni tushunish, ya'ni aql bilan qamrab olishdan iborat edi. Demak, matn tushunilar ekan, uning barcha g'oyaviy yoki emotsional tomonlarini ilg'ab olish mumkin bo'lar ekan, demak matn tugallangan fikr, deb hisoblangan o'sha davrlarda. Keyinchalik bu xulosa matn fenomonologiyasi deb nom olgan Gusserl boshchiligidagi germenevtik oqim tarafdorlari tomonidan inkor qilinadi. Ularning fikricha, matnni hissiy tushunish germenevtikada ustunlik qilgani holda aqliy-materialistik tushunishga qarshi turadi. Aqliy tushunish borliqni nisbiy anglab etgan vositalar yoki boshqacha qilib aytganda so'z vositasida ifodalangan dunyoni izohlashga qodir, xolos. Borliqning, umuman Alloh tomonidan yaratilgan dunyoning nomukammalligi ham shundaki, biz hali uning juda ko'p tomonlarini his qilgan holda anglab eta olmaymiz. Materialistlar anglanmagan dunyoni tan olmasliklari mumkin, biroq uni bizning ongimiz, umuman insoniyat mentalitetidan tashqarida mavjud ekanligini inkor qilib bo'lmaydi. Germenevtik sharoitda aql bilan anglangan yoki qalb bilan his qilingan borliq ajratiladi. Aqli etgan odam ong bilan ilg'angan voqea hodisalarni nomlaydi yoki aniqrog'i tilga kiritadi. Biroq qalban his qilingan dunyo - borliq, voqea - hodisalarining hammasi ham nomlanavermaydi. Ularni nomlash uchun ularni tushunish - insoniyat dunyosining ongiga kiritish kerak. His qilish darajasi turli odamlarda turlicha kechar ekan, uning darajasini kommunikatsiya orqali aniqlash mumkin. Kommunikatsiya bu - fakat axborot etkazishdan iborat emas, balki uning zamirida ulkan voqea- hodisalarni o'zaro tushunishning ulkan silsilasi yotadi. ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:22:25
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
44.71 KB
Ko'rishlar soni
141 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:05
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:22 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
44.71 KB
Ko'rishlar soni
141 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:05 ]
Arxiv ichida: doc