8-sinf adabiyot darsligi asosida 9-mavzu: G'AFUR G'ULOM (1903 -1966) O'zbek adabiyotining yirik namoyandasi, O'zbekiston xalq shoiri, akademik G'afur G'ulom hayoti va ijodi to'g'risidagi umumiy ma'lumotni Siz avvalgi sinflardan yaxshi bilasiz. Shunday bo'lsa-da, bu ijodkor tarjimaiy holiga oid ayrim tafsilotlarni eslab o'tsak, foydadan holi bo'lmaydi. Jahon va milliy adabiyotimiz ta-rixini kuzatib bir qonuniyatni o'zingiz uchun kashf etgan bo'lsangiz, ajab emas. U ham bo'lsa, aksariyat ijodkorlar adabiyotning muayyan bir yo'nalishidagi ijodiy yutuqlari bilan ko'proq dovrug' qozonganidir. G'afur G'ulom misolida esa bu yozilmagan qonuniyatning har doim ham amal qilavermasligiga guvoh bo'lamiz. Ya'ni G'afur G'ulom ham she'riy, ham nasriy janrlarda birdek muvaffaqiyat bilan qalam tebratdi, har ikki yo'nalishda o'zidan nodir namunalar qoldirdi. Ayniqsa, Ikkinchi jahon urushi voqealari, ko'rgiliklari G'afur G'ulom qalbida o'chmas iz qoldirdi. Agar u Birinchi jahon urushi yillarida bolaligiga borib, urushning butun dahshati va asoratlarini to'liq his qila olmagan bo'lsa, yangi urushni va uni qo'zg'aganlarni ijodkor o'zining shaxsiy, ashaddiy dushmani deb bildi. SOG'INISH Zo'r karvon yo'lida yetim bo'tadek, Intizor ko'zlarda halqa-halqa yosh. Eng kichik zarradan Yupitergacha O'zing murabbiysan, xabar ber, Quyosh! Uzilgan bir kiprik abad yo'qolmas, Shunchalar mustahkam xonayi xurshid. Bugun sabza bo'ldi qishdagi nafas, Hozir qonda kezar ertagi umid. Xoki anjir tugab, qovun g'arq pishgan Baxtli tongotar chog' uni kuzatdim, Bir mal'un gulshanga qadam qo'ymishkan, Joni bir jondoshlar qolarmidi jim! Unda yetuk edi meros mard g'urur, Ostonani o'pib, qasamyod qildi. Ukalarin erkalab, o'zimday mag'rur, Ya'ni obod uyimni u dilshod qildi Iblisning g'arazi bo'lgan bu urush Albatta, yetadi o'zin boshiga. O'g'lim omon kelar, g'olib, muzaffar, Gard ham qo'ndirmasdan qora qoshiga. Ne qilsa otaman, meros hissiyot Jondan sog'inishga uning haqqi bor, Kutaman, uzoqdan ko'rinsa bir ot, Kelayapti, deyman ko'rinsa g'ubor. Kechqurun osh suzsak, bir nasiba kam, Qo'msayman birovni - allakimimni, Doimo umidim bardam bo'lsa ham, Ba'zan vasvasalar bosar dilimni. Balki bir g'alat o'q yo xavf-u xatar Xazinai umrimdan yo'qotdi olmos Yo'q, u o'lmas, qadami olam yaratar, Hayotiy bu olam siz-u bizga xos. Tong otar chog'ida juda sog'inib, Bedil o'qir edim, chiqdi oftob. Loyqa xayolotlar chashmaday tindi, Pok-pokiza yurak bir qatra simob. O'rog'-u gulqaychi, istak ko'tarib, Hovrimni bosishga boqqa jo'nadim. Hasharchi qo'shni qiz - uning sevgani, Ma'yus bosar edi orqamdan odim. Dur bo'lib taqilar yoring bo'yniga, Sadafday ko'zimda behuda bu yosh. Ikkoving ikki yosh, labing labiga Qo'yar, vasvasamdan kuladi quyosh. Sizlarni keldi, deb eshitgan kuni O'zing to'qib ketgan katta savatda To'latib shaftoli uzib chiqaman, G'alaba kunlari yaqin, albatta. Yayov, ko'ksim ochiq, boshda shaftoli, Xuddi mo'ylovingdek mayin tuki bor. Har bitta shaftoli misoli kulgu, Shafaqday ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:22:25
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
7.45 MB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:04
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:22 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
7.45 MB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:04 ]
Arxiv ichida: ppt