G'ofur G'ulomninig Shum bola asari

G'ofur G'ulomninig Shum bola asari

O'quvchilarga / Adabiyot
G'ofur G'ulomninig Shum bola asari - rasmi

Material tavsifi

G'afur G'ulom (1903 - 1966) G'afur G'ulom (1903 - 1966) 1903 yilning 10 mayida Toshkent shahrida tug'ilgan. Shum bola (1936) avtobiografik qissasida ijodkorning bolaligi, asr boshidagi Toshkent hayoti tiniq tasvirlangan. Dinamo (1931), Tirik qo'shiqlar (1932) to'plamlarida shoir ruhidagi betakrorlik, milliy o'ziga xoslik aks etdi. Insonga xos mangu tuyg'ular Qish va shoirlar (1929), Non (1931), Toshkent (1933), Qutbda saylov (1937), Men Yahudiy (1941), Qish (1941), Xotin (1942), Afsuski, afsusni qo'shib ko'mmadi (1945) singari she'rlarda aks etdi. Bog' (1934), Sog'inish (1942), Kuz keldi (1945), Kuzgi ko'chatlar (1948) singari she'rlarida obod bog', saxiy bog'bon, umiddagi kelajak gavdalanadi. G'afur G'ulomda yurt, xalq, kelajak oldidagi mas'ullik Ota timsolida aks etgan Sen yetim emassan (1942), Sog'inish (1942), Biri biriga shogird, biri biriga ustod (1950), Sizga (1947), Bahor taronalari (1948) singari she'rlarida yurt, xalq, kelajak mas'uliyati tasvirlanadi. Netay (1930), Yodgor (1936), Shum bola (1936-1962) qissalari, Hiylai shar'iy (1930), Mening o'g'rigina bolam (1965) singari hikoyalarida qahramon xarakterining milliy betakrorligini aks ettirgan. Bolalar kitobxonligi Gafur Gulomni Shum bola asari Bu asarni nomi shum Bola, bu kitob kitobxonlar tomonidan juda katta qiziqish bilan o'qilmoqda. Kitobning mazmuni o'quvchini befarq qoldirmaydi. Kitob keng o'quvchilar ommasiga mo'ljallangan. Kitob haqida batafsil ma'lumot quyidagicha, kitobxonlar tomonidan juda katta qiziqish bilan o'qilmoqda. Kitobning mazmuni o'quvchini befarq qoldirmaydi. Kitob keng o'quvchilar ommasiga mo'ljallangan. Kitob haqida qisqacha gap shundan iborat Sir emas, hozirda G'afur G'ulom nomi tilga olinsayoq xayolimizga uning sho'ro yozuvchisi ekanligi, she'rlarida sho'roni kuylagani keladi - xafsalamiz sovigandek bo'ladi. Bugun, yubiley bahona adibning asarlarini qayta varaqlarkan, beixtiyor keyingi yillarda qaror topgan bu xil munosabat adolatdan yiroqroq tushmaydimi degan andisha tug'iladi G'afur G'ulomning keng ommaga ma'lum va suyuk qissasi -Shum bolaga hozirda ko'proq sarguzasht asar, kulgi asari deb qaraymiz. Ha, chindan ham Shum bolaning turfa xangomalarga boy sarguzashti, undagi ichakuzdi holatlar shunday o'ylashimizga asos berar. Biroq, e'tibor qilinsa, adibning kulgisi, sarguzashtli syujet botinida uning zamonasi haqidagi anchagina jiddiy o'y-fikrlari, tahliliy mulohazalari yotganini ham ko'rishimiz mumkin bo'ladi. Ma'lumki, Shum bola hikoyasini o'zi o'sgan muhit bilan tanishtirishdan (shu o'rinda bir shartni qabul qilaylik: bu, aslida, o'smirlik paytidagi hayotning adib xotirasida tiklangan eng muhim nuqtalaridir) boshlaydi. Shum bolaning aytishicha, uning singari bozorda sanqib yurgan daydi bolalar uchun quvonchli ermaklardan biri bozor, mahalla, ko'cha-ko'y jinnilari edi. O'sha yillari Toshkentda shunaqa ham jinni ko'p ediki, sanab sanog'iga yetolmaysiz. Jinnilarning fe'l-atvoridagi kulgili holatlarni hikoya qilarkan Shum bola ularning foje taqdiriga oid tafsilotlarga ham to'xtaladi. Ma'lumki, qissada tasvirlangan davr Turkistonda kapitalistik iqtisodiy munosabatlar qaror topa boshlagan paytga to'g'ri keladi. Bunaqa sharoitda esa, tarixdan yaxshi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 665.83 KB
Ko'rishlar soni 130 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:05 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 665.83 KB
Ko'rishlar soni 130 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga