«GO'RO'G'LINING TUG'ILISHI» DOSTONI HAQIDA 11-sinf adabiyot darsligi asosida 1-mavzu: Xalq og'zaki ijodining turli-tuman janrlari, ayni paytda, xalqning tasavvuri, ijtimoiy-ma'naviy tafakkuri, dunyoqarashi, urf-odatlari va an'analari, milliy-ma'naviy qadriyatlar ining tarixi va oynasidir. Ayniqsa, dostonlarda bunday imkoniyatlar juda katta. O'zbek xalq dostonchiligida «Go'ro'g'li» turkumi katta o'rin tutadi. Hozirgacha uning tarkibida oltmishdan ortiq doston mavjud. Ularda xalq tarixi, taqdiri, o'tmishdagi hayoti, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, diniy, axloqiy- ma'naviy hamda bad iiy-estetik qarashlari o'ziga xos tarzda aks etgan. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» - shu turkumning ilk dostoni. Uni ko'plab bahshilar ijro etishgan. Darslikda Muhammad Jomurot o'g'li Po'lkan shoir (1874-1941) varianti berilgan. Unda xalqning juda qadim zamonlardagi badiiy-estetik qarashlari ifodalangan. Shun ing uchun undagi ayrim fakt va motivlar, obraz va ularning talqinlari hozirgi tasavvurlarimizdan keskin farq qiladi. Shunga qaramay, ko'plab folklor asarlarida bo'lgani kabi, bu dostonda ham xalqning olamga va odamga bo'lgan qarashlaridagi o'ziga xosliklar ustuvor mavqe tutadi. Go'ro'g'lining tug'ilishidagi g'ayritabiiylik, uning ilk bolaligi, o'sp irinlik davridagi «g'alati» qiliqlari ana shu o'ziga xosliklar bilan izohlanadi. Ilk asotir va afsonalarning ta'siri, qadimgi tasavvur va e'tiqodlarning ba'zan yorqin, ba'zan xira qoldiqlari tasvirlari zaminidagi ma'nolarni tushunish qiyinroq tuyo'lishi mumkin. Dostonda ko'plab badiiy timsollar yaratilgan. Xalq boshliqlari, oddiy fuqarolar, ko'plab yigitlar, qiz va ayollarning takrorlanmas siymolari zo'r badiiyat bilan ko'rsatib berilgan. Doston voqealari Zargar yurtining podshosi Shohdorxonning Yovmit yurtiga bosqinchilik urushi qilishi bilan rivojlanib boradi. Bu yerda ikki davlat podsholarining, ya'ni Go'ro'g'lining bobosi Odilxon podsho bilan Shohdorxonning o'ziga xos bo'lgan xislatlari yoritiladi. Odilxon podshoning insoniy fazilatlariga qarama-qarshi o'laroq, Shohdorxonning nuqsonlari ko'zga tashlanadi. Shohdorxonning maslahatga quloq solmay, o'ylamay qaror qabul qilishi, uzoqni ko'ra bilmasligi ko'plab insonlarning bevaqt o'limiga, taqdirlarining o'zgarib ketishiga sabab bo'ladi. Chunki mana shu urush tufayli Go'ro'g'lining ota-onasi - Ravshan va Bibi Hilol ham bolaligida Zargar eliga borib qolib, musofirchilikda voyaga yetadi. Dostonda qahramonning tug'ilishi va yoshligidanoq bahodirlik kuchini namoyish qilishi ancha keng tasvirlangan. Go'ro'g'lin ing tug'ilishi va xalq manfaati yo'lida qahramonlik ko'rsatishida chiltanlar va Xizr alayhissalom katta o'rin tutadi. Bular xalq dostonlarining doimiy ishtirokchilari bo'lib, ular xalq qahramonlariga homiylik, rahnamolik qiladi. Ular hali hayot tajribasiga ega bo'lmagan qahramonga yo'lyo'riqlar ko'rsatish bilan uni tarbiyalab boradi va qahramonni elga xizmat qilishga o'rgatadi. Mantiqiy fikrlaganda g'ayritabiiy bir sharoitda tug'ilgan go'dakni kimdir o'limdan saqlab qolmog'i kerak. Go'ro'g'li go'rda tug'ilgan ekan, Bibi Hilolning jonsiz murdasi uni tarbiyalay olmas edi. Shu o'rinda go'dakni yo'rgaklab olish uchun Xizr alayhissalom va chiltanlar hozir bo'ladilar. Go'ro'g'lining g'ayritabiiy tug'ilishi - uning kelajakda boshqalarga o'xshamaydigan, favqulodda kuch-qudrat, aqlidrok egasi bo'lib kamol topishiga ishora. Tengdoshlariga nisbatan sho'xliklari, o'zidan kattalarga ham tegajoqlik va zo'ravonlik qilishi ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:22:25
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
6.28 MB
Ko'rishlar soni
173 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:05
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:22 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
6.28 MB
Ko'rishlar soni
173 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:05 ]
Arxiv ichida: ppt