Gulxaniy lirikasi

Gulxaniy lirikasi

O'quvchilarga / Adabiyot
Gulxaniy lirikasi - rasmi

Material tavsifi

Gulxaniy lirikasi (Hakim Homidiy. Gulxaniyning «Majmuai shoiron» tazkirasidagi gazallari haqida. Jurnal «O'zbek tili va adabiyoti» 1974, 2-son). Gulxaniy o'zining zo'r talanti, tajribasi, turmushga xaqqoniy qaray bilish tufayli xalqqa yaqin yozuvchi sifatida ko'zga tashlanadi. Uning adabiy ijodiyoti xon va feodallarni maqtagan saroy shoirlarining serxasham, serpardoz «usti yaltiroq, ichi qaltiroq» poeziyasidan farq qiladi. Ekin buni saroy shoirlari yoqtirmadilar. Gulxaniy va Maxmur ijodini kamsitdilar. Bu esa saroy adabiy doiralarining xalqchil adabiyotga qarshi xuruji edi. Gulxaniy ijodi saroy shoirlarining «malikush-shuarosi» Fazliyga ayniqsa maqbul bo'lmaydi. U gulxaniyning mustaqil ijodkor ekanini rad etib, uni san'at axllari karvoni orasidan ko'tarilgan changga o'xshatadi: Buvad gulxaniy xam zi axli suxan, Badargoxi oliyi shoxi ziman. Raxero po'yand donishvaron, Ravad xamchu gard as pasi karvon. Shuda payravi shoxi axli suxan ¢azal gufti on xam darin anjuman. (Mazmuni: Gulxaniy xam so'z axlidandir. Zamon shoxining oliy dargoxida donishmandlar! Yurgan yo'ldan u xam xuddi karvon orasidan ergashgan changdek boradi. So'z axlining shoxiga payrovlik uchun u xam bu majlisda gazal aytgan). Bunga qaramay Gulxaniy hayotni sevar, unga umid ko'zi bilan boqar edi. O'z ijodiy kuchiga ishonganidan, o'zini boshqalardan past olmas, insoniy fazilatini yerga urmas, xon va amaldorlarga xushomadgo'ylik qilmas edi. Hatto bunga Fazliy xam iqror bo'lishga majbur bo'lgan edi va: «o'zi faqir bo'lsada, she'r aytishga qarar edi. (Hatto bunga Fazliy xam iqror bo'lishga) deydi. Fazliy uning jasoratli, dangal, xaqqoniy so'zlaridan diqqat bo'lib, unga ta'na toshi otadi: Qilur bunga jur'atni, ul Gulxaniy, Erur barcha xazen demaklik fani, Xayoli buzuq diqqati be asos, Aning faxmini qil bu so'zdin qiyos. Dedi bu gazalniyu, qo'ydi bino, Ne ma'nosi maxkam, na lafzi bajo Yoki: Sipoxi-yu, shoir emas Gulxaniy, Nedan ko'zga ilmas saniyu mani. So'zi kam emas, lek oni berivoj, ¢azal aytib izxor etar ehtiyoj deb koyiydi. Gulxaniy xam bu ta'nalarga qarshi jim turmaydi, o'tli xajvlar yozadi. Ammo ularning ko'pi bizgacha etib kelmagan. Shoir o'z asarlarini devon qilolmagan. Ularni devon qilish u yoqda tursin, xatto sipoxiylikdan bo'shab ayrim she'rlarini yozishga xam vaqt topolmagan. Fazliyning aytishicha, gazallarini uyqu uchun belgilangan soatlarida yozib ulgurgan. Shoir va san'at «xomiysi» Umarxon bu oddiy tabaqaga mansub shoir uchun tegishli sharoit tugdirish va moddiy yordam berishni xayoliga xam keltirmagan, unga sira iltifor qilmagan. Gulxaniyning «Majmuatush-shuaro»ga kirgan bir necha forscha va o'zbekcha she'ri va «Zarbulmasal» nomli kitobida boshqa asarlari bizgacha saqlanib qolmagan. Qori Raxmatulla Vozix Gulxaniyning she'r va qasidalar devoni borligini xabar qilgan bo'lsa xam, ammo u xanuzgacha topilgani yo'q. Bizgacha shoirning 12 gazali va bir qasidasi Fazliy tazkirasi (Fazliyning Umarxon saroyi shoirlarining «malik ush-shuarosi» ya'ni (shoirlar podshosi) ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.5 KB
Ko'rishlar soni 128 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:05 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.5 KB
Ko'rishlar soni 128 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga