Hakim Nazir - bolalar adibi

Hakim Nazir - bolalar adibi

O'quvchilarga / Adabiyot
Hakim Nazir - bolalar adibi - rasmi

Material tavsifi

Hakim Nazir - bolalar adibi. Reja : 1. Adibning hayoti va ijodi. 2. Yozuvchi asarlarining g'oyaviy - badiiy talqini. 3. Adib qissalarida o'smirlar obrazi. O'zbek adabiyoti, qolaversa, o'zbek bolalar va o'smirlar adabiyotining ko'zga ko'ringan vakillaridan biri Hakim Nazirdir. U 1915 yilda Toshkentda kosib oilasida dunyoga keldi. Bolaligidanoq ota kasbi - kosibchilikdan ish boshladi, oyoq kiyim fabrikasida ishlab, kechqurunlari o'qidi. 1936-1941 yillarda esa kunduzi ishlab, Toshkent kechki pedagogika ipstitutida tahsil oldi. Shu yillardan boshlab, u jumhuriyat bolalar matbuotida, radioda ishladi. Uning ijodi 30-yillardan boshlangan bo'lib. dastavval lavhalar, reportaj va xabarlar bilan «Lenin uchquni» ro'znomasida paydo bo'ldi. Yozuvchining birinchi hikoyalar to'plami 1948 yilda Qishloqdagi jiyanlarim nomi bilan chop etildi. Shundan so'ng, ketma-ket adibning «Pionerlar bog'i» (1950), Besh baho (1955), «Cho'l havosi» (1958), «Meni taniysizmi?» (1963), «Bolajonlarim» (1964) singari hikoyalar to'plamlari va «Chiranma g'oz» kabi sahna asarlari yaratildi. Mazkur asarlarda yozuvchi bolalar va o'smirlarga xos beg'ubor qalb harorati va tuyg'ularini ardoqlashga intildi, ularni mehnatsevar, el-yurt, vatan farzandlari bo'lishga da'vatkorlik qildi. Uning 40 dan ortiq kitoblarida yoshlik tashvishlari, orzu-intilishlari o'z ifodasini topdi. Adibsning «Yonar daryo» (1966), «Ali va Sher» (1971) kabi qissa va hikoyalarida, shuningdek, Lochin qanotlari (1973) kabi romanlarida ham yosh avlodning komil inson bo'lib yetishuvi yo'lidagi kurash va umidlar tashvishi va orzulari keng ifoda etildi. Hakim Nazirning o'ndan ortiq kitoblari va asarlari rus va boshda tillarda nashr etilgan bo'lib, ayrim eng yaxshi asarlari «Pioner kutubxonasi» to'plaminin 6- jildida nashr etilgan. U ayni chog'da mohir tarjimon hamdir. Shoir V. Kataev, A. Gaydar, L. Kassil kabi bir qator adiblarning bolalar haqidagi asarlarin o'zbek tiliga ag'darib nashr ettirdi. 1981 yilda uning besh tomlik saylanma asarlari Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo'ldi. Binobarin, Hakim Nazir O'zbekiston xalq yozuvchisidir. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 381.31 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:05 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 381.31 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga