HALIMA XUDOYBERDIYEVA (1947-2018) 9-sinf Adabiyot fani darsligi asosida 22-mavzu Halima Xudoyberdiyeva 1947-yil 17- mayda Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida tug'ildi. Otasi-Ummatqul Xudoyberdi o'g'li bog'bon edi. Onasi - Sharofat Xonnazar qizi bo'lajak shoira endi ikki yoshga to'lganida vafot etadi. So'ng unga xolasi - qishlog'ining faol ayollaridan bo'lgan Qarshigul Xonnazar qizi onalik qiladi. Otasi ham, onasi ham go'zallikning, ezgulikning, badiiy so'zning qadrini biladigan kishilar edi. Mening anchagina asarlarim, jumladan, Bir o'rim soch tarixi, Sayram bahshi aytimlari, Hindiqushdan nola keldi she'rlarim, Ilinj dostonim aynan onayizorim ta'sirida bitilgandir, - deb eslaydi shoira. Bo'lajak shoira bolaligida barcha yoshlarga xos chiniqish maktabini o'tadi: maktabda o'qidi, g'o'za yaganasi va chopig'iga chiqdi, pilla qurti boqdi, paxta terdi, jamoat ishlarida faol qatnashdi Tabiat ato etgan iste'dod intiluvchan, urinchoq va tirishqoq qishloq qizini poytaxtga olib keldi. Halima Toshkent Davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti)ning talabasi bo'ldi. 1972- yili dorulfununning Jurnalistika fakultetini bitirdi. Davr bilan yelkadosh bo'lishni istagan yosh shoira Toshkentda olgan bilimlari bilan qanoatlanmay, 1975-1977- yillarda Moskvadagi Oliy Adabiyot kursida saboq oldi. O'quvchilik yillaridayoq she'rlar yoza boshlagan va o'ziga xos iste'dodi, ifoda tarzining bo'lakcha tarovati bilan Halima Xudoyberdiyeva Sharof Rashidovday ulkan arbob va ijodkorning e'tiboriga tushdi. Sh. Rashidov Sirdaryo viloyatining o'sha paytdagi rahbarlariga yosh shoirani nazardan qochirmaslikni tayinladi. Sh. Rashidov keyinchalik ham iste'dodli shoirani qo'llab turdi. Halimaning dastlabki she'riy majmuasi - Ilk muhabbat hali talaba chog'ida - 1969- yili chop etildi. Birinchi kitobi o'zbek she'riyatiga tamomila o'ziga xos shoira kirib kelayotganidan dalolat berdi. Yosh Halima ijodga ko'ngil ermagi emas, hayot-mamot masalasi deb qarardi. U bir she'rida: Shunchaki yozmoqlik shoirga o'lim, - deb yozadi. Shoiraning Oq olmalar, Chaman kitoblari ketma-ket chop etildi. Suyanch tog'larim, Bobo quyosh, Issiq qor, Sadoqat, Muqaddas ayol, Yuragimning og'riq nuqtalari singari she'riy to'plamlari birin-ketin nashr etildi. Shoiraning she'rlari qator chet tillariga tarjima qilingan. Uning ruschaga o'girilgan she'rlari Gordost (1976), Beliye yabloki (1979), Reshimost (1985) nomlarida Moskva va Toshkentda bosildi. Halima Xudoyberdiyevaning Bu kunlarga yetganlar bor va Turkiston onasi she'riy kitoblari xalqimiz mustaqillikka erishgandan keyin chop etilgan. Shoira qirg'iz, tojik, rus, yapon, tatar shoirlari va dramaturglarining bir qancha asarlarini o'zbek tiliga tarjima qilgan. Halima Xudoyberdiyeva 1990- yili Muqaddas ayol to'plami uchun Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo'lgan. U 1985- yildan boshlab salkam o'n yil mobaynida Saodat jurnalining bosh muharriri lavozimida ishladi. 1991- yilda Halima Xudoyberdiyevaga O'zbekiston xalq shoirasi unvoni berildi. Halima Xudoyberdiyeva she'riyatida inson ko'nglidagi murak kab his-tuyg'ular, ruhiyatning g'oyat murakkab manzaralari ta'sirchan aks etadi. Shoira Begim, sizni tabiat… she'rining yaratilishi haqida shunday deb yozadi: Shunday rivoyat ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:22:25
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
7.16 MB
Ko'rishlar soni
130 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:05
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:22 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
7.16 MB
Ko'rishlar soni
130 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:05 ]
Arxiv ichida: pptx