Hamid Olimjon ijodida folklorizm mavzusida yozgan BITIRUV MALAKAVIY ISHI MUNDARIJA 1. Tushuntirish qismi - Kirish.…….3-bet ASOSIY QISM: I. BOB. HAMID OLIMJON LIRIKASIDA POETIK G'OYA VA SHOIR RUHIYATI 1.1. Shoir ijodida ilhom va iste'dod uyg'unligi ……17-bet I.2. Hamid Olimjon g'oyaviy konsepsiyasi va badiiy tasvir vositalaridan foydalanish mahorati……26-bet II BOB. HAMID OLIMJON IJODIDA FOLKLORIZM 2.1. Shoir dostonlarining g'oyasida xalq og'zaki ijodining uyg'unlashuvi 43-bet 2.2. Hamid Olimjon ijodida xalq ertaklarining o'rni …56-bet XULOSA Foydalanilgan adabiyotlar ro'xati……63-bet Kirish Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi: Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so'ng jamiyatning barcha jabhalarida bo'lgani kabi adabiyot va san'at sohasida ham katta o'zgarishlar ro'y bermoqda. Ayniqsa o'zbek adabiyotshunosligida ijodkorlar ijodini tahlil qilish ma'naviy yuksalishlarimizdan biri hisoblanadi, zero, Respublikamiz Prezidenti I.A. Karimov ta'kidlaganidek, Ma'naviyat insonni ruhan poklanishi, qalban ulg'ayishiga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e'tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg'otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlari mezonidir. Hamid Olimjon o'zbek adabiyotidagi ijodiy taqdiri g'oyat murakkab kechgan shaxsiyatlardan biridir. Adiblarning badiiy mahoratini ko'rsatishdan ko'ra, ularning qaysi tuzum va tizimga tarafdorligini tekshirish muhimroq deb qarashga odatlangan o'zbek adabiyotshunosligida keyingi paytda sho'ro davrida yashab ijod qilgan bir qator yozuvchilar qatori Hamid Olimjon merosiga ham nopisandlik bilan nigilistik qarash bir qadar sezilmoqda. Bu hol shoir ijodiga bag'ishlangan ilmiy tadqiqotlar kamayib ketganligida, uning asarlarini qayta bosish ehtiyoj darajasida emasligida, umumta'lim maktablarida Hamid Olimjon ijodi namunalarini o'rganish miqdori sezilarli ozayganligida namoyon bo'lmoqda. Badiiy adabiyotga faqat bugunning talablaridan kelib chiqib yondashish uni publitsistika darajasiga tushiradi, nafis adabiyotning diapozonini bugunning manfaati qadar toraytiradi. Xolbuki, bugun yaratilayotgan badiiy asar faqat bugungagina tegishli emas. Shuning uchun ham chinakam badiiyat namunalariga ijtimoiy-siyosiy talablaridan kelib chiqib baho berish noto'g'ridir. Aslan mangulikka, juda bo'lmaganda, umrzoqlikka da'vogar adabiy yaratiqlarni baholaydigan o'lchovlar ham hodisalarga yarasha miqiyosli bo'lishi lozim. Bizdan oldin yashab o'tgan adiblarning faoliyatiga bizning bugungi ijtimoiy manfaatlarimizga qanchalik tug'ri kelishiga qarab emas, balki badiiy asarlarining betakrorligi va inson ma'naviyatini yuksaltirishga qanchalik yaroqli ekanidan kelib chiqib baho berish sog'lom aqlga muvofiq bo'ladi. Adabiyot ilmi uchun biror yozuvchining qaysi tuzumga qanchalik xizmat qilgani yoki qilmaganini aniqlashdan ko'ra, uning yaratiqlari millatning bugungi badiiy tafakkuri va ma'naviyatiga nima berishi mumkinligini tekshirish ko'proq naf keltiradi. Shu nuqtai nazardan Hamid Olimjon lirikasining poetik g'oyasi va ijodkor g'oyaviy konsepsiyasi ayniqsa uning qolklordan foydalanish mahoratini tadqiq etish bitiruv malakaviy ishimizning dolzarbligini belgilaydi. Muammoni o'rganilish darajasi. Hamid Olimjonning hayoti va ijodi adabiyotshunos olimlardan Oybek, I. Sulton, H. Yoqubov, N. Karimov, U. Normatov, T. Yo'ldoshev, S. Mirzayev, H. Umurovlarning ilmiy tadqiqot va maqolalarida o'z ifodasini topgan. Bitiruv Malakaviy ishning maqsadi. Hamid Olimjonning xalq poetik ijodidan ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:22:25
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
69.17 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:05
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:22 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
69.17 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:05 ]
Arxiv ichida: doc