Hamid Olimjon ijodida xalq og'zaki ijodi an'analari

Hamid Olimjon ijodida xalq og'zaki ijodi an'analari

O'quvchilarga / Adabiyot
Hamid Olimjon ijodida xalq og'zaki ijodi an'analari - rasmi

Material tavsifi

Hamid Olimjon ijodida xalq og'zaki ijodi an'analari mavzuidagi BITIRUV MALAKAVIY ISHI M U N D A R I J A Kirish 3 I BOB. HAMID OLIMJON VA XALQ OG'ZAKI IJODI 1.1.Shoir ijodida folklor an'analarinng o'rni…… 5 1.2.Hamid Olimjonning xalq og'zaki ijodidan foydalanish mahorati 24 II BOB. SHOIR IJODIDA ADABIY ERTAK VA DOSTONLARNING O'RNI 2.1. Zaynab va Omon dostonida epiklik va an'ana talqini ……34 2.2. Adabiy ertaklarda uydirma va reallikning uyg'unligi… 44 UMUMIY XULOSALAR …….58 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI ……60 K I R I S H Mavzuning dolzarbligi. Yosh avlodni mustaqil O'zbekistonning kelajagini ta'min etuvchi komil inson sifatida tarbiyalash bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. Yozuvchilarimiz o'z iste'dodi bilan odamlarning ongi va dunyoqarashi, madaniy saviyasini yuksaltirish, xalq qalbining kuychisi bo'lishdek og'ir va murakkab, ulug' bir vazifani zimmasiga olgan ekan, avvalo el-yurt oldidagi farzandlik burchini va mas'uliyatini chuqur sezishi, anglashi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Prezidentimiz Islom Karimov: Mening fikrimcha, yozuvchilik - bu oddiy kasb emas, xudo bergan iste'doddir.Bu-qismat, peshonaga yozilgan taqdir. Bu kasbga hech qayerda o'qitib, o'rgatib bo'lmaydi.Yozuvchilik ning maktabi ham, dorilfununi ham bitta.U ham bo'lsa, bir umr hayotning ichida bo'lish, o'z xalqi bilan hamdardu hamnafas bo'lib yashash, haqiqat va adolatga sadoqat bilan хиzmat qilishdir, -deb ta'kidlagan edilar. Ma'lumki, kishilar ma'naviy dunyosini boyitishning xilma-xil shakllari bo'lib, ularning biri fan, adabiyot, san'at va madaniyat taraqqiyotiga o'zining munosib hissasini qo'shgan ijodkorlar olamini targ'ib qilishdan iboratdir. Biz o'z ishimizda adabiyotdagi yo'nalishlar, ularning ijodkorlarga ta'siri masalasini xalqimizning sevimli shoiri, xalqimiz o'rtasida baxt va shodlik kuychisi nomini olgan Hamid Olimjon ijodi misolida yoritmoqchimiz. Hamid Olimjon xalq og'zaki ijodi zaminida voyaga yetdi. Shu sababdan bo'lsa kerak, xalq og'zaki ijodining ta'siri uning she'rlarining faqat vazniga, ohangigagina emas, balki shoirning qariyb barcha asarlarining ruhiga ham singib ketgan, deb ayta olamiz. Shoir xalq og'zaki ijodidan asarlariga sujetlar tanladi, shunga mos holatlarni tanladi, folklor namunalari asosida jozibali obrazlar, xarakterli misralar kashf qila oldi. Adabiy ertak dostonlaridagi syujetlarni real hayot voqealari bilan uyg'unlashtirdi. Shoir ijodining ana shu qirrasini o'rganish ishning dolzarbligini anglatadi. Mavzuning o'rganilganlik darajasi. Hamid Olimjon o'zbek she'riyati yangi davrida o'ziga xos yo'nalish yaratgan shoir hisoblanadi. Ijodkor XX asrning 20-yillaridan faoliyat ko'rsatdi. Shoir ijodi she'r ixlosmandlari va adabiyotshunoslarni befarq qoldirmadi. Tanqidchi va adabiyotshunos olimlarimizdan Salohiddin Mamjonov, Sarvar Azimov, Ozod Sharafiddinov, Matyoqub Qo'shjonov, Naim Karimov, Umarali Normatov, Abdug'afur Rasulov, Baxtiyor Nazarov, No'mon Rahimjonov, Ibrohim G'afurovlar ijodkor olamini o'rgandilar, ilmiy risola va maqolalar tayyorlashdi. Malakaviy ishning maqsad va vazifalari. Biz o'z ishimizda XX asr o'zbek adabiyotining yirik namoyandasi Hamid Olimjon ijodiy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 63.07 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:05 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 63.07 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga