Hamid Olimjon va o'zbek bolalar adabiyoti Reja 1. Hamid Olimjon bolalikning betakror kuychisi. 2. Hamid Olimjon va xalq og'zaki ijodi. (Oygul bilan Baxtiyor,Semurg dostonlari). 3. Jangchi Tursun balladasida vatanparvarlikni ulug'lanishi. 4. Hamid Olimjon ijodiy merosi. Shodlik yo'lga boshladi meni, Baxtiyorlik bo'ldi odatim. Shoir bo'lib shodlik va baxtni Kuylamoqlik zo'r saodatim. Hamid Olimjon bolalikning betakror kuychisi. O'zbek adabiyotida shodlik va baxt kuychisi deb nom olgan buyuk iste'dod sohibi shoir va olim, dramaturg va jamoat arbobi Hamid Olimjon o'zbek bolalar adabiyotining rivojida ham barakali hissa qo'shdi. U1909 yil 12 dekabrda Jizzax shahrida tavallud topdi. 4 yoshida otadan yetim qolgan Hamid bobosi Mulla Azim va onasi Komila aya qo'lida tarbiya ko'rdi.Jizzaxdagi Narimonov nomli maktabni tugatib, 1923-1926 yillar Samarqand pedagogika bilim yurtida, so'ng 1926-31 yillar Pedakademiyada o'qidi. 1929 yil shoirning Ko'klam nomli ilk she'riy to'plami bosilib chiqdi. Shundan so'ng Olov sochlar (1931), O'lim yovga(1932) kabi she'riy to'plamlari ketma-ket nashr etildi. Shoir bolalar uchun ham bir talay asarlar yaratdi.Oygul bilan Baxtiyor (1937), Semurg' (1939) ertak dostonlari, Bolalik, Samolyot, Ona va o'g'il, Jangchi Tursun kabi asarlari bilan bolalar adabiyotida muhim hissa qo'shdi. Shoir bolalarga asarlarini manzur bo'lishi uchun original uslub izladi.O'sha davrdagi shablon uslubdan, ya'ni quruq didaktikadan voz kechib o'ziga xos uslub yaratdi.Asarlariga uzoq o'tmish haqidagi ertaklarga, goh o'zining yoshlik yillariga, goh real hayot faktlariga murojaat qilib ulardan mantiqiy xulosa chiqardi. 1928 yilda yozgan Bolalik she'rida jo'shqin yoshlikni, o'zining bolalik chog'larini xotirlaydi: Bola edik, Tanlar - olov, Qalb - qaynoq, Ko'zlar - o'tkir, Dillar - sof, Erkin - erkin o'ynardik Har bir satrdan bolalikning samimiy ko'rinishi, musaffo onlari ko'z oldimizda gavdalanadi: Ko'krak kerib, Baliq kabi Sho'ng'ib yotardik Qizlar o'tsa, Orqasidan Olma otardik. She'rning qudrati va katta muvoffaqiyati shundaki, shoirning yoshligi, uning ko'z oldida bolalikning umumlashgan tipik ifodasini topa olgan. She'r juda o'ynoqi, yosh kitobxonlar qalbini maftun etadi. Shu to'plamdan joy olgan Lola nomli she'ri maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarga bag'ishlangan. Bugungi kunda minglab Lolaga o'xshagan jajji qizaloqlarni Ona - Vatan quchog'ida o'nib o'sayotganliklarini Lola timsolida ifodalaydi: Lola bog'chaga chiqib, Kechga yaqin gul terdi. Etak-etak to'pladi, Har kunidan mo'l terdi. Sochiga gul bog'ladi, Chekkasiga taqdi gul. Yelkalaridan tashlab Gulga ko'mildi butkul. Bolalarni gul - lolalarga o'xshatamimz.Ularga ehtiyotkorlik va mehribonlik bilan muomalada bo'lamiz. She'rni Lola deb nomlanishi bejiz emas. Bunda o'ziga xos ramziylik bor.Har bir bola o'ziga xos guldir. Shoir ifoda etayotgan ushbu g'oyani hayotiy epizod - lolaning gulzorda gul - lolalarga o'ralgani manzarasini chizadi. Dunyoda Ona Vatandan aziz va muqaddasroq tuyg'uni o'zi yo'q. Vatanning kuch - qudratini madh ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:22:25
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.98 KB
Ko'rishlar soni
155 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:06
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:22 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.98 KB
Ko'rishlar soni
155 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:06 ]
Arxiv ichida: doc