Hamid Olimjon 2

Hamid Olimjon 2

O'quvchilarga / Adabiyot
Hamid Olimjon 2 - rasmi

Material tavsifi

HAMID OLIMJON Reja: Hamid Olimjonning adabiy merosi. Shoir merosining o'rganilishi. Hayot va ijod yo'li. Hamid Olimjon lirikasining g'oyaviy-badiiy xususiyatlari. O'zbek xalq og'zaki ijodi va Hamid Olimjonning liro-epik asarlari. Shoir ijodining ahamiyati. XX asrda o'zbek she'riyati an'anaviy aruz vaznidan xalq ijodi uchun xarakterli barmoq vazniga o'tganida, Cho'lpon Go'zal singari so'lim she'rlari bilan yangi o'zbek lirikasini boshlab berdi. Uning barmoq vaznida yozilgan lirik she'rlarida o'zbek adabiy tilining imkoniyatlari kengligi, o'zbek she'riyatining esa shkal va vositalarga boyligini namoyish etdi. Cho'lpondan keyin o'zbek lirikasining eng yaxshi namunalari uning izdoshlari tomonidan yaratildi. O'zbek lirikasi taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shgan shoirlar orasida Hamid Olimjon ijodi alohida ajralib turadi. U faqat lirik shoir bo'lib qolmay, Oygul bilan Baxtiyor, Semurg', Zaynab bilan Omon, Roksananing ko'z yoshlari singari dostonlari, Muqanna she'riy tragediyasi bilan ham mashhur. U ayni paytda tarjimon va adabiyotshunos ham bo'lgan. Hamid Olimjon ijodi 30-yillardanoq tanqidchilar va adabiyotshunoslar e'tiborini jalb etib kelmoqda. Uning hayot yo'li va ijodiy faoliyati haqida ko'pgina monografiya va kitoblar, gazeta va jurnal maqolalari mavjud. Ular orasida S.Azimov, N.Karimov va S.Mallajonov tadqiqotlari e'tiborga sazovor. Hamid Olimjon 1909-yil 12-dekabrda Jizzax shahrida tug'ilgan. To'rt yoshga yetar-yetmas otadan yetim qolgan Abdulhamid Azimbobo qo'lida tarbiya ko'rgan. Azimbobo xat-savodli kishilardan bo'lib, nevarasida ham o'qish-yozishga qiziqish uyg'otgan. Mashhur xalq shoiri Fozil Yo'ldosh o'g'li ahyon-ahyonda Bulung'urdan Jizzaxlik do'st-yorlarini yo'qlab kelganida, uning uyida ham to'xtar, shunda Abdulhamid bobosi pinjida o'tirib, ulug' shoirning doston va termalarini murg'ak qalbi bilan tinglar edi. Uning onasi Komila aya ham ertak, maqol va matallarga chechan bo'lgan. Bo'lajak shoir uzun qish kechalarida uning Oygul bilan Baxtiyor, Tohir va Zuhra, Yoriltosh haqidagi ertaklarini tinglab, bolalik kezlaridayoq xalq og'zaki ijodidan bahramand bo'lib o'sgan. Yosh Abdulhamid 1916-yilgi Jizzax qo'zg'olonini o'z ko'zi bilan ko'rgan. Oradan ikki yil o'tgach, u Jizzaxda ochilgan Narimonov nomidagi to'liqsiz o'rta maktabga o'qishga kirdi. 1923-yili Samarqanddagi o'zbek bilim yurtida tahsilni davom ettiradi. U yerda S.Ayniy, A.Shakuriy, Hoji Muin, V.L.Vyatkin singari mashhur allomalardan saboq olgan bo'lajak shoir asta-sekin she'rlar mashq qila boshlaydi. 1928-yildan O'zbekiston Oliy pedagogika institutining iqtisod fakultetida o'qiy boshladi. Bu vaqt oralig'ida Hamid Olimjon talaygina she'rlar muallifiga aylanib ulgurgan edi. Ko'klam nomli ilk she'riy to'plami, Tong shabadasi hikoyalar to'plamlari shular jumlasidandir. 1931-yildan shoirning qaynoq ijodiy faoliyati boshlandi. Olov sochlar (1931), Poyga, O'lim yovga (1932), Daryo kechasi (1936), She'rlar (1937), O'lka, Oygul bilan Baxtiyor (1939) va Baxt (1940) she'riy to'plamlari, dostonlari, tarjimalari ketma-ket nashr qilinadi. 1939-yili u O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga mas'ul kotib etib tayinlanadi. 1944-yilning 3-iyun kungi baxtsiz tadosif Hamid Olimjonni hayotdan va ijoddan juda erta olib ketdi. Hamid ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, doc
Fayl hajmi 8.02 MB
Ko'rishlar soni 140 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:06 Arxiv ichida: zip, doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, doc
Fayl hajmi 8.02 MB
Ko'rishlar soni 140 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: zip, doc
Tepaga