Hamza Hakimzoda Niyoziy ( Jadid namoyondalari ) (1889-1929) Jadid mutafakkirlariga xos fazilat shundaki, ular badiiy ijodning turli sohalarida betakror asarlar yaratish bilan birga, murabbiy, mohir pedagog sifatida maktablar ochdilar, muallimlik qildilar, maktablar uchun darslik va qo'llanmalar yaratdilar. Mana shunday faoliyat sohiblaridan biri Hamza Hakimzoda Niyoziydir. U shoir, nosir, dramaturg, bastakor-kompozitor, shu bilan birga, jadid pedagogikasining yetakchi namoyandalaridan biri, umrining oxirigacha muallimlikni tark yetmagan murabbiydir. Hamza 1889 yil 6 martda Qo'qon shahrida ziyoli oilada tabib Ibn Yamin Niyoz o'g'li oilasida tug'ildi. Ibn Yamin o'zbek, arab, fors tillaridan ancha savodli bo'lib, Qo'qon ulamosi o'rtasida katta e'tiborga loyiq tabib edi. Onasi Jahonbibi garchi maktabda o'qimagan bo'lsa-da, xalq qo'shiqlarini, alla va ertaklarini yaxshi bilgan. Bu muhit Hamzaning ma'naviy kamolotida muhim ahamiyatga ega bo'lgan. Hamza 1896-1903 yillarda «usuli qadim» metodiga asoslangan ibtidoiy mahalla maktabida o'qiydi. 1900 yillarga kelib Qo'qonda ilk bor «usuli jadid» maktablari paydo bo'la boshlagan edi. Hamza bunday maktabda o'qishni orzu qildi, chunki unda tartib-intizom, o'qitish usullari, o'qitiladigan ilmlar Hamzani hayratga soldi. Ammo uning bu xohishlari otaga yoqmadi. Ibn Yamin o'g'lining diniy arbob bo'lishni orzu qilar edi. Hamzaning madrasada tahsil ko'rgan davri 1906-1907 yillarga to'g'ri keladi, shu bilan birga, rus-tuzem maktabida birmuncha vaqt rus tilini o'rganadi. 1909 yilda otasiga Namangandan fors va arab tillarida yozgan xatlari uning madrasada o'qib yurgan vaqtlaridayoq bu tillarni ancha mukammal o'rganib olganligini ko'rsatadi. Ma'lumotlarga qaraganda, Hamza 1907 yilda Qo'qonda birmuncha muddat jadid ma'rifatchilaridan, katta sarmoyador Obidjon Mahmudov (1858-1936) qo'lida ish yurituvchi bo'lib ishlaydi. XX asr boshlarida sodir bo'layotgan muhim ijtimoiy-siyosiy hodisalar Hamza hayotiga, uning ijodkor sifatida shakllanishiga kuchli ta'sir ko'rsatdi. 1905 yilgi inqilobiy harakatlar Rusiyaning chekka o'lkalari xalqlarida ma'rifat, ozodlik, istiqlol sari intilishlariga turtki bO'ldi. Hamza 1908 yilning oxiri, 1909 yilning boshlarida Namanganda yashaydi va shu yerda o'qishni davom ettiradi, ancha ma'rifatli tatar maorifchisi Abdulla To'qmullin bilan tanishadi, undan dars oladi: «U manim qo'limda o'z qalamim bilan yuz sahifadan ortiqroq eski usuldagi yozishmalarimni ko'rub, tarbiyag'a kirishdi», deb yozadi u tarjimai holida. 1909 yilda Hamza Buxoroning mashhur taraqqiyparvar mudarrislaridan, «usuli jadid» maktablari tarafdorlaridan bo'lmish Muhammad Ikrom ibn Abdusalom qo'lida arab tilini yanada mukammal o'rganish uchun Buxoroga boradi, ammo shia' va sunniy o'rtasida avjga chiqqan janjal bunga imkon bermaydi. Bu davrda Ismoilbek Gaspralining «Tarjimon», Fotih Karimiyning «Vaqt» gazetalari, Rizo Fahriddinning «SHo'ro» jurnali, shu bilan birga, O'zbek tilida Toshkentda chiqa boshlagan Ismoil Obidiyning «Taraqqiy», Munavvarqori Abdurashidxon o'g'lining «Xurshid», Abdulla Avloniyning «Shuhrat» gazetalari bilan yaqindan tanishdi, ular bilan aloqa o'rnatdi. Hamzaning ilk she'rlari va maqolalari shu gazetalarida chop etildi. «Tarjimon» gazetasini muntazam ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:22:25
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
48.11 KB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:06
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:22 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
48.11 KB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:06 ]
Arxiv ichida: doc