Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889-1929) O'zbek xalqining to'ng'ich pedagogi, shoir, adib, dramaturg, kompozitor Hamza Hakimzoda Niyoziy 1889 yil 16 iyulda Qo'qon shahrida tabib oilasida tug'ildi. Hamza o'zining o'qishga bo'lgan zo'r ishtiyoqi tufayli 12 yoshidayoq to'la xat-savodli bo'lib yetishadi. 1906 yilda madrasaga kirib o'qiy boshlaydi, Biroq, madrasa ta'limi Hamzani qanoatlantirmaydi. Shunga ko'ra u mustaqil suratda Lutfiy, Alisher Navoiy, Gulxaniy, Muqimiy, Furqat asarlarini o'qib o'rganadi. Hamza turmushda ko'p qiyinchiliklarga duch keladi, ilm-fanga havasi zo'r bo'lsa-da, ko'ngildagidek o'qiy olmaydi. Bu ahvolni keyinchalik eslab, unga sabab «Ota-ona taassubi va hukumat istibdodi, faqirlik» ekanini ko'rsatib o'tadi. 1909-1910 yillarda Namangan, Toshkent shaharlarida yolg'iz, og'ir ahvolda yashadi. Shunga qaramay «Ko'kaldosh» madrasasida o'qidi. Biroq bu madrasadagi ta'lim uni qanoatlantirmaganligi, iqtisodiy qiyinchiliklar sababli Hamza o'qishdan ketishga majbur bo'ldi. U o'sha og'ir ahvolni tasvirlab yozgan xotira xatida shunday deydi: Hamisha yaxshi yurdim, bovujud otim yomon bo'ldi, Shakardek so'zlarim ota-onamga bir tikon bo'ldi, Kechib farzandidan, dushmanlarga mehribon bo'ldi, Boshimda ota-onam, men yurarman darbadarlikda, Yuray bir yo'la endi kim qator bepadarlikda. Hamza yozuvchilik ishiga 1905 yildan, 16 yoshidan boshlab kirishgan. Uning shaxsiy arxivida saqlangan materiallar orasida 1905-1914 yillar mobaynida yozilgan 214 she'rining ro'yxati bor. Hamzaning «Devon»iga 214 she'rdan 197 tasi kiritilgan. Hamza 1911 yili Qo'qonning Hojibek guzarida maktab ochib, yetim va kambag'al bolalarni o'qitadi, o'quvchilar uchun «Yengil adabiyot», «O'qish kitobi» o'quv qo'llanmalarini yaratadi. Maktabda o'qish-o'qitish ishlariga ba'zi bir o'zgarishlar kiritib, quruq yod olish uslubini yo'qotishga harakat qildi. O'quvchilarni urish va so'qishni taqiqladi, sinfdan tashqari tarbiyaviy mashg'ulotlarga ko'p e'tibor berdi, ona tili darsiga alohida ahamiyat bilan qarab, mashg'ulotlarga ko'proq vaqt ajratdi. H.H.Niyoziy 20 yillik o'qituvchilik faoliyati davomida yoshlar tarbiyasi masalasida amaliy va nazariy jihatdan muhim g'oyalarni olg'a surdi. Hamzaning ijodiyoti, o'qituvchilik faoliyati chor hukumati amaldorlarini tashvishga soladi. Ular Hamza maktabini «Xavfli, bolalarni buzuvchi, din va ma'rifatdan ozdiruvchi maktab», deb qoralab yopib o'zini ta'qib etadilar. Hamza 1913 yil fevralda chet ellarga ketadi: Afg'oniston, Hindiston, Makka, Madina, Shom (Suriya), Bayrut, Istambul, Odessa shaharlarida bo'lib, 1914 yil boshlarida Qo'qonga qaytadi. 1915 yili Marg'ilonda maktab ochadi, muallimlar tayyorlaydigan kurs tashkil etadi. Hàìçà ìàúðèo'ào'íè êåíã o'àëq îììàñèãà o'àðqào'èø o'àðào'äîðè ýäè. Êàìáàg'àë áîëàëàðèíèíã o'qèøèíè äîèìèé o'àúìèíëàø íèÿo'èäà o'ëàðãà ìîääèé yoðäàì áåðèøiíi maqsad qilib Yordam jamiyati tuzdi. Yordam jamiyati o'qituvchilarning o'zaro yiqqan mablag'lari asosida faoliyatini boshladi-yu, lekin ko'p o'tmay podsho hukumatining qattiq ta'qibidan so'ng tarqatib yuborildi. Hamza Hakimzoda 1915-1916 yillarda yaratgan Oq gul, Qizil gul, Pushti gul, Sariq gul kabi ashulalar to'plamlarida, Milliy roman yoxud yangi saodat qissasi, Zaharli hayot kabi drama asarlarida mehnatkash xalqni o'qishga, ilm o'rganishga da'vat etadi: Dema ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:22:25
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, doc
Fayl hajmi
8.31 MB
Ko'rishlar soni
119 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:06
Arxiv ichida: zip, doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:22 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, doc
Fayl hajmi
8.31 MB
Ko'rishlar soni
119 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:06 ]
Arxiv ichida: zip, doc