Hamzaning o'zbek bolalar adabiyotida tutgan o'rni

Hamzaning o'zbek bolalar adabiyotida tutgan o'rni

O'quvchilarga / Adabiyot
Hamzaning o'zbek bolalar adabiyotida tutgan o'rni - rasmi

Material tavsifi

Hamzaning o'zbek bolalar adabiyotida tutgan o'rni мavzusidagi BITIRUV MALAKAVIY ISHI M U N D A R I J A Kirish …… 3 I BOB. HAMZA VA O'ZBEK BOLALAR ADABIYOTI I.1. Hamza o'zbek adabiyotining yirik namoyandasi. ……. 7 I.2. Hamza ijodining o'ziga xos xususiyatlari ,, 15 II BOB. HAMZA IJODINING MA'RIFATPARVARLIK QIRRALARI II.1. Hamzaning maktab-maorif sohasidagi xizmatlari …… 23 II.2.O'qish kitobi, Qiroat kitobi va Yengil adabiyot darsliklarining o'ziga xos jihatlari…… 31 Xulosa…… 55 Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati …… 57 K i r i s h Mavzuning dolzarbligi. Istiqlol yillarida birinchi O'zbekiston xalq yozuvchisi, xalqimizning sevimli shoiri Hamza Hakimzoda Niyoziy nomi o'ziga xos ovozda jaranglamoqda. Shoir ko'plab she'riy to'plamlari, dramalari, darsliklari bilan Yangi o'zbek adabiyotining yuksalishiga munosib hissa qo'shdi. Shuningdek, yangi janrlar, usul va uslublar, yo'nalishlarni kashf etdi. Badiiy adabiyotning yuksak namunalari iste'dodli adiblar tomonidan yaratiladi. Ana shunday serqirra iste'dodli ijodkorlarimizdan biri Hamza Hakimzoda Niyoziy hisoblanadi. Bu adibimiz ijodiga bag'ishlangan bir qancha tadqiqot ishlari olib borilgan va bu ish hozir ham davom ettirilmoqda. Shoir mustaqillikni kutgan edi, biroq uning orzulari o'z zamonida amalga oshmadi. Shoirning XX asr boshlaridagi ijodi bolalar adabiyoti uchun yozgan asarlari o'zining badiiy-falsafiy mushohadalarga boyligi bilan go'yo matonatli shaxs va betakror ijodkorlarning insoniyatga qoldirgan vasiyatidek yangraydi. Hamza ijodi mustaqillik yillarida hali maxsus tadqiq etilgani yo'q. Shu sababli bizning ushbu BMImiz mavzusi dolzarbdir. BMI ning maqsadi va vazifalari. Mazkur BMImizda shoir Hamza Hakimzoda Niyoziy ijodida katta o'rin egallagan pedagogik (asosan ma'rifatparvarlik) qarashlari haqida bahs yuritishni asosiy maqsad qilib olganmiz. Shuningdek, shoirning o'zbek adabiyotidagi o'rnini kengroq yoritishga harakat qildik. Bu maqsadimizni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni bajarish lozim deb hisoblaymiz: o'zbek bolalar adabiyotida Hamza Hakimzoda Niyoziyning tutgan o'rnini va rivojlanish bosqichlarini aniqlash; shoir to'plamlarini sanash va bir-biriga taqqoslash; Hamza qalamiga mansub she'rlarning mavzu ko'lamini tadqiq etish; shoir badiiy mahoratining she'rlarida qay darajada namoyon bo'lganligini tahlil qilish; yozuvchining darsliklarini sanash, ilgari surilgan g'oyalarni aniqlash; Hamzaning ma'rifatchilik va jadidchilik adabiyoti rivojiga qo'shgan hissasini ochib berish. Mavzuning o'rganish darajasi qiyosiy tahlili. Hamza o'zbek bolalar adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa qo'shgan. Uning asarlari maktab darsliklariga kiritilgan, akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida o'rganilmoqda. San'atkorning asarlari haqida taniqli munaqqidlar Laziz Qayumov, Izzat Sulton, Vohid Zohidov, Ozod Sharafiddinov, Matyoqub Qo'shjonov, Salohiddin Mamajonov, Umarali Normatov, Naim Karimov, Baxtiyor Nazarov, Komil Yashin kabi adabiyotshunoslar tadqiqotlarida iliq fikrlar bildirganlar. Mashhur tanqidchi olim Laziz Qayumov, Ozod Sharafiddinov, Matyoqub Qo'shjonovlarning bir qator maqola va risolalarida shoir va adib Hamza Hakimzoda Niyoziyning ijodiy yo'li, ma'rifatchilik va jadidchilik faoliyati, badiiy obraz yaratish mahorati, o'ziga xos poetik san'atini tahlil ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 70.02 KB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:06 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 70.02 KB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga