Hayot Mavzu Adabiy mavzu Zamonaviylik Badiiy g'oya Obrazli umumlashma va bo'rttirilgan fikr G'oya-badiiy asar qalbi Reja: Kirish Hayot Mavzu Adabiy mavzu Zamonaviylik Badiiy g'oya Obrazli umumlashma va bo'rttirilgan fikr G'oya-badiiy asar qalbi Badiiy asar mazmuni va shaklidagi qonuniyatlar o'z navbatida mavzu va g'oyada ham, ularning uzviy birligida ham namoyon bo'ladi. Chunki, badiiy asarning tasvir obyekti-hayot (mavzu), tasvir vazifasi-tuyg'ular tarbiyasi (g'oya)-quyulmadir. Adabiyotning mavzui butun tabiat, borliq dunyosi, insonning o'z ichki-tashqi dunyosida sezib onglag'anlaridir. Bir tomchi suvdan tengizgacha, bir uchqundan buyuk bir yog'ingacha, kichkina bir yaproqdan ulug' o'rmonlargacha nima bor esa, hammasi adib-yozg'uvchi uchun mavzu bo'larlik narsalardir (A.Fitrat. Adabiyot qoidalari). Shundan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, hayot va insonga taaluqli barcha hodisalar adabiyotning mavzuiga asosdir; shu asosning eng mayda zarrachasida ham inson bilishi lozim bo'lgan, uning yashashi uchun zarur-hikmatlar, sirlar, mo'jizalar mujassamdir. Bu cheksiz, chegarasiz dunyodirki, unda har bir yozuvchi (shoir) o'z kuzatishi va tahlil qilishiga, hayotiy tajribasi va qiziqishiga, hayajoni va kashfiga, bilish va salohiyatiga (yana o'nlab xususiyatlariga) ko'ra hikmatni, mo'jizani (g'oyani) o'zicha (subyektiv) kashf etadi va ana shunga munosabatini fikrini-maqsadini ochib beradigan mavzu (hayot parchasi)ni tanlaydi, to'g'rirog'i unga ishq qo'yadi. Niyat ham, ishq ham yurakdan tug'iladi. Mavzu - butun borlig'ingizni, o'ylab yurgan orzu-umidlaringizni birinchi ko'rishdanoq hayajonga solgan qiz, shu qizga tushgan ishqingiz. Bu ishq Sizni maftun etadi, qizni o'rganishga, kuzatishga, bilishga maylingiz yurgan-turganingizda ham, uyquda ham kamaymaydi; tasavvuringiz (qalbingiz), ongingiz (kompyuteringiz) qudrati ila xayolingizda jonlanayotgan bo'lajakdagi uchrashuvlardan, turli-tuman holat va tuyg'ulardan lazzatlana boshlaysiz, har bir kashfingizdan yuragingiz gup-gup tepa boshlaydi, charchoq nimaligini, ochlik nimaligini, hayotning boshqa tashvishlarini nazar-pisand qilmaysiz. Qalbingiz fikr va tuyg'ular nuridan-oziqlanadi Bu jarayonni to'liqroq anglash uchun badihaguy va benazir shoir G'afur G'ulomning ijodxonasiga, u haqdagi Said Ahmadning iqrornomasiga murojaat qilaylik: Yotish oldidan bilagidagi soatni yechib, ko'zoynak taqib qaradi. Bo'ldi, - dedi domla qayta o'rnidan turib. - She'r tayyor. Komil Aliyev shunday degan edi: Sarlavhasi bilan tagiga yoziladigan o'z noming naqd bo'lsa, asaring bitdi deyaver. She'rning nomi bilan tagidagi G'afur G'ulomi bitdi. U kishiga savol nazari bilan qaradim. - Jiyanim Hamidulla o'tgan kuni shu soatni sovg'a qilgan edi. Shu soatga bag'ishlab she'r yozaman. Boshqatdan qiyinib o'tirib oldik. Men pastga tushib, choy damlab chiqdim. Stolga choynakni qo'ya turib qarasam, she'rning ikki satri yozilib qopti: G'uncha ochilguncha o'tgan fursatni Kapalak umriga qiyos etgulik Vaqt she'rining tug'ilishiga sovg'a qilingan soat katalizator (evrika!) vazifasini o'tamoqda. G'.G'ulomda ilgaridan vaqt hodisasining alomatlari to'plangan, u haqda sonsiz-sanoqsiz va boy tushunchalar chuvalashib yotgan, uning yuzaga chiqishiga aniq sabab, vaziyat bo'lmagan. Soat (sabab) topilgach, shoirda muhokama va ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:22:25
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.37 KB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:06
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:22 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.37 KB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:06 ]
Arxiv ichida: doc