Hayot va adabiyot adabiyotning tasvir ob'ekti predmeti vazifasi

Hayot va adabiyot adabiyotning tasvir ob'ekti predmeti vazifasi

O'quvchilarga / Adabiyot
Hayot va adabiyot adabiyotning tasvir ob'ekti predmeti vazifasi - rasmi

Material tavsifi

Hayot va adabiyot adabiyotning tasvir obyekti predmeti vazifasi Reja: Ijodiy jarayon haqida dastlabki tasavvur Hayot, ma'naviyat, ijtimoiyatning o'zaro aloqasi In'ikos va uning shakllari Adabiyot hayotni qayta yaratish san'atidir Tayanch tushunchalar: Ijodiy jarayon. Hayot. Ma'naviyat. Ijtimoiy borliq. Adabiyotning asosi. In'ikos va uning turli-tuman shakllari. Badiiy olam kashfi. Zahiriddin Muhammad Boburning qizlari Gulbadan begim yozadilar: U kishi (Humoyun - H.U.) kasal yotgan vaqtda podshoh hazratlari hazrat Murtoza Ali (xudo unga karam qilsin) mozoriga boruvchi (kishi)ni ko'rishni istardilar. U boruvchini chorshanba kunidan (bori) saqlar edi. O'zlari iztirob va betoqatlik bilan seshanba kuni kuzatdilar. Havo nihoyatda issiq edi. Dil-jigarlari kuyar edi. O'sha boruvchidan, xudoyo, agar jon o'rniga jon berish mumkin bo'lsa, menki Boburmen, umri-jonimni Humoyunga bag'ishlayman, deb duo qilishni so'radilar. Shu kunning o'zidayoq jannat makon Hazratning toblari qochib qoldi. Humoyun podshoh esa o'z boshlaridan suv quyib, tashqariga chiqdilar va ko'rgani kelganlarni qabul qildilar, podshoh Bobomning kasalliklari tufayli ichkariga olib kirdilar. Yaqin ikki-uch oy (kasal bo'lib) yotib qoldilar.1 Bu ishonchli va tarixiy ma'lumot Yulduzli tunlarda quyidagicha badiiy talqin qilinadi. Humoyun nafasi qaytganday talvasa qilib, o'zini u yoqdan bu yoqqa bir-ikki otdi-yu, yana hushidan ketdi. Saroy tabiblari bu og'ir dardga hyech bir davo topolmadilar. Mohim begim yum-yum yig'laydi. Bobur suyukli o'g'lini hadeb o'tga-suvga solib, shu kasalikka o'zi ham sababchi bo'lganday o'rtanadi. Og'ir paytlarda Boburga suyanib o'rgangan odamlar biron chora topishni undan kutadilar. Lekin hozir u ham chorasizlikdan o'zini qo'yadigan joy topolmay qiynaladi. Keksayib munkillab qolgan Shayxulislom Boburning yoniga keldi: - Hazrati oliylari, ko'p g'am chekmang, parvardigor g'oyibdan shifo yuborgusidir, - dedi. - Tabiblardanki ish chiqmadi, endi xudo yo'liga dunyo molidan tasaddiq qilmoq kerak. Bobur Shayxulislomning niyatiga tushunolmay: - Qaysi moldan? - deb so'radi. - Jon omon bo'lsa javohir topilur. O'shal ashxas olmos yaxshi tasaddiq bo'lg'ay. Bobur Jamna ustida o'ltirganda Humoyun keltirib ko'rsatgan olmosni esladi. - Ko'hinurnimi? Shayxulislom tasdiq ma'nosida bosh irg'adi. Bobur hushini bir joyga yig'ib: - Taqsir, kimga tasaddiq qilaylik? - deb so'radi. Qiymati ulkan oltin xazinalariga barobar keladigan bu olmosni o'g'rilardan qo'riqlab turish uchun ham juda ko'p navkar kerak edi. Shuni biladigan Shayxulislom menga deyishga tili bormadi. - Mo'rtazo Ali mozoriga, - dedi. - Din yo'liga. Mozor va Ko'hinur olmosi bir-biriga mutlaqo qovushmaydigan narsalar edi. Dindorlarning kattasi Shayxulislom bo'lganligi uchun olamni bezaydigan bu go'zal olmos aylanib kelib uning sandig'iga tushishi aniq. Bobur hozir molu dunyoni o'ylaydigan ahvolda bo'lmasa ham Humoyunga taqdim etilgan bu noyob gavharga munkaygan Shayxulislom ko'z tikkani uni sergaqlantirdi. Ruoniylar ilojini topsa podshohdan ham baland turishga va ularni boshiga og'ir kun tushganidan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.52 KB
Ko'rishlar soni 164 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:06 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.52 KB
Ko'rishlar soni 164 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga