Hayot va adabiyot

Hayot va adabiyot

O'quvchilarga / Adabiyot
Hayot va adabiyot - rasmi

Material tavsifi

HAYOT VA ADABIYOT R e j a : Hayot va uning badiiy in'ikosi. Fan, san'at va adabiyot Adabiyotning tasvir obyekti va vazifalari. Adabiyot - insonshunoslik. Badiiy adabiyotning bosh xususiyati- uning ijtimoiy ong shakllaridan biri ekanligi va, ayni chog'da, ustko'rma hodisalariga mansubligidir. Bas shunday ekan, bu o'rinda, dastavval, «ijtimoiy borliq va ijtimoiy ong», «bazis va ustko'rm» haqidagi tushunchalarni eslash joizdir. Zero, mazko'r tushunchalarsiz badiiy adabiyotning hayotni aks ettirishi va, ayni chog'da, hayot taraqqiyotiga kuchli ta'sir ko'rsatishi qonuniyatlarini chuko'r anglash mumkin emas. Ma'lumki, ijtimoiy borliq- jamiyatning moddiy hayota, soddiy ne'matlar ishlab chiqarish hamda shu ishlab chiqarish jarayonida kishilar kirishadigan munosabatlar. Ijtimoiy ong - qarashlar, tasavvurlar g'oya; siyosiy, yuridik va estetik nazariyalar; filosofiya, axloq, din va xokazo. Demak, jamiyat hayotining moddiy tomonlari - ijtimoiy borliq va uning ma'naviy jihlari ijtimoiy ong hodisasi ekan. Ijtimoiy borliq ijtimoiy ingdan tashqarida va unga bog'liq bo'lmagan holda mavjuddir. Ijtimoiy ong esa ijtimoiy borliqning in'ikosidir. Ijtimoiy borliq bilan ijtimoiy ingning o'zaro munosabati - murakkab dialektik jarayondir. Adabiyot ham ijtimoiy ong shakllaridan biri ularoq ana shu qonuniyatga amal qiladi - adabiyot hayotdan usib chiqadi va unga o'zluksiz ta'sir o'tkazib turadi. Darvoqe kishilar o'z turmushini ijtimoiy ishlab chiqishda ularning irodalariga bog'lik, bo'lmagan, muayyan, zarur munosabatlariga kirishadilar, bu munosabatlar ularning moddiy ishlab chiqaruvchi kuchlari rivojining muayyan bosqichiga muvofik bo'ladi. Bu ishlab chiqarish munosabatlarining jami jamiyatning iqtisodiy to'zilishini, real bazisini tashkil etadi, huquqiy va siyosiy ustko'rma shu real bazis ustiga ko'riladi va sotsial ongning muayyan formalari shu bazisga muvofik bo'ladi. Moddiy hayotni ishlab chiqarish usuli umuman ijtimoiy, siyosiy va ma'naviy hayotni belgilaydi, Kishilarning ongi ularning borligini belgilamaydi, balki, aksincha, ularning ijtimoiy borligi ularning ongini belgilaydi. Yuqoridagi fikrlardan anglashilarliki, jamiyatning iqtisodiy strukturasini tashkil etuvchi ishlab chiqarish munosabatlarining jumaljami bazisni tashkil etadi. Siyosiy, huquqiy , axloqiy, estetik, diniy, falsafiy qarashlar kabi ijtimoiy ong formalari esa ustko'rmaga mansubdir. Ijtimoiy ongning barcha formalari jamiyatning iqtisodiy munosabatlarini va iqtisodiy strukturasini aks ettiradi. Ustko'rma munosabatlari mafkuraviy munosabatlarini o'z ichiga oladi. mafkuraviy munosabatlar esa dasttavval ong orqali vujudga keladi. Bazis tomonidan belgilangan ustko'rma hodisalari o'z taraqqiyotida nisbiy mustaqillikka ega bo'ladi. Bu gaplar badiiy adabiyotga to'la taalluklidir. Xar bir ijtimoiy- iqtisodiy formatsiya muayyan bazisga va unga muvofik keladigan ustko'rmaga ega bo'ladi. Bazis va ustko'rmaning o'zgarishi bilan bir ijtimoiy formatsiya ikkinchisi bilan o'rin almashtiradi. Iqtisodiy bazis bunyodga keltirgan va uning in'ikosi bo'lgan ustko'rma tarixiy jarayonda faol rol uynaydi. Shuningdek, adabiyot ustko'rma hodisasi sifatida jamiyatning ma'naviy hayotida g'oyatda katta ahamiyat kasb etadi. Ammo u o'z taraqqiyoti qonuniyatlari asosida rivojlanib boradi - bir ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 428.54 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:06 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 428.54 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga