Hayot Yozuvchi G'oyaviy - badiiy maqsad Hayotiy haqiqat Hayotiy haqiqatning tahlili Bemor va A.Qahhor

Hayot Yozuvchi G'oyaviy - badiiy maqsad Hayotiy haqiqat Hayotiy haqiqatning tahlili Bemor va A.Qahhor

O'quvchilarga / Adabiyot
Hayot Yozuvchi G'oyaviy - badiiy maqsad Hayotiy haqiqat Hayotiy haqiqatning tahlili Bemor va A.Qahhor - rasmi

Material tavsifi

Hayot Yozuvchi G'oyaviy-badiiy maqsad Hayotiy haqiqat Hayotiy haqiqatning tahlili Bemor va A.Qahhor Adabiyot muallimi va hayot O'tgan kunlar dagi Yusufbek hoji va Alijon domla Reja: Kirish Hayot Yozuvchi G'oyaviy-badiiy maqsad Hayotiy haqiqat Hayotiy haqiqatning tahlili Bemor va A.Qahhor Adabiyot muallimi va hayot O'tgan kunlardagi Yusufbek hoji va Alijon domla Adabiyot va san'at sirlarini yetarli tushunmagan kitobxon real hayot bilan poetik reallikni, tabiat bilan san'atni, boshdan kechirilgan bilan tasvirlangan kechinmaning farqiga bormasligi, hayotni adabiyot bilan baravarlashtirishi mumkin. Shuning uchun ham real hayot bilan poetik ijodning munosabatlari muammosini tekshirish badiiy ijod jarayonini to'g'ri va asosli tushunishga olib kelganidek, yozuvchilar ijodiy laboratoriyasining ba'zi qirralarini ham tahlil qilishga imkon beradi. Ba'zi kitobxonlar o'ylagandek, yozuvchilik hayotimizda, turmushimizda ro'y beruvchi hamma narsalar haqida hikoya qilish bilan cheklanmaydi. Agar shunday bo'lganda, bundan oson ish bo'lmasdi: bir kun yuz beradigan sanoqsiz voqyea-hodisalardan bir nechta kitob yozish mumkin bo'lardi. Yozilganda ham bu kitoblar turmushning va odamlarning kuchsiz, hyech kimni qiziqtirmaydigan, oddiy nusxasi (kopiyasi) bo'lib qolaverardi. Unda hayotning muhim va keraksiz, zaruriy va tasodifiy, birinchi va yuzinchi darajali narsalari aralash - quralash holida bo'lardiki, o'qimoqchi bo'lgan odam zerikib o'lardi. Olim, - deydi I.Goncharov, - hyech narsani yaratmaydi, balki tabiatdagi tayyor va yashirin haqiqatni ochadi. San'atkor esa haqiqatga o'xshash narsani yaratadi, ya'ni u kuzatgan haqiqat fantaziyasida aksini topadi va bu aksini o'z asariga olib o'tadi Demak, badiiy haqiqat va hayot haqiqati bir xil narsa emas. Turmush hayotdan butunisicha san'at asariga olib kirilsa, u hayotiy haqqoniyligini yo'qotadi va badiiy haqiqat ham bo'lmaydi San'atkor to'ppa-to'g'ri tabiat va hayotdan yozmaydi, balki unga haqiqatan o'xshash qilib yaratadi. Va xuddi ana shunda ijod jarayonining mohiyati mujassamlashgan1 (Ta'kidlar bizniki - H.U.). Yozuvchi hayot haqiqatiga o'xshash narsa (badiiy haqiqat)ni yaratish uchun, hayotiy fakt va hodisalarni o'zining ruhiy laboratoriyasida qaynatishi, ishlashi, sintezlashtirishi, ya'ni tasavvuri, xayoli, tajribasi, qalbi, dunyoqarashi, tabiati bilan boyitgan va muayyan mavzuga, g'oyaga xizmat qiluvchi eng zarur detallarni, xarakterli va kerakli fakt va hodisalarni tanlagan holda tugallik kasb etgan hayotni yaratishi lozim. Ana shundagina san'atkor - uydirmalar ijodkori - odamlarni xudo, tabiat yoki tarix yaratganidan ko'ra a'loroq, mislsiz darajada go'zal qilib yarata oladi (M.Gorkiy). Demak, Abdulla Qahhor aytganidek, badiiy haqiqat hayot haqiqatini ko'ngil prizmasidan o'tkazish, uni his qilish, unga o'ylab yurgan gaplaringni singdirish, tilak va ideallaringni qo'shib ifodalash bilan yuzaga keladi. Badiiy haqiqatni tug'diradigan, mahalla komissiyasining bunga ishoninglar degan mazmundagi spravkasiga hojat qolmaydigan fakt va uydirma me'yorini topishning mushkulligi ham xuddi ana shundadir.1 Demak, realizm adabiyot rivojining yetuk bosqichi bo'lib, u bo'lishi mumkin bo'lgan hayotni, real hayotdagi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 38.96 KB
Ko'rishlar soni 133 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:06 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 38.96 KB
Ko'rishlar soni 133 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga