Hind sufiy adabiyoti

Hind sufiy adabiyoti

O'quvchilarga / Adabiyot
Hind sufiy adabiyoti - rasmi

Material tavsifi

Hind sufiy adabiyoti Reja: 1. Bxakti adabiyotining shakllanishi 2. Nirgun bxakti vakili Kabir 3. Surdas krishnabxakt shoir Sufiy adabiyot bugungi kunda jahon adabiyoti tizimida alohida bir sahifani tashkil etuvchi adabiyotga aylangan. Jahon geografiyasida uning hududlari juda kattadir. Bu hududning kattagina qismini Hindiston egallaydi desak xato bo'lmaydi. Sufiy atamasiga ilmiy adabiyotda turli ta'riflar mavjud. Ularni takrorlamasdan, bir so'z bilan shuni aytish mumkinki, sufiy aslida, hind bxaktlariga o'xshab, din mutaassibligiga qarshi g'oyalar bilan qurollangan shaxslardir. O'rta asrlarda din o'z mohiyatidan yiroqlashib unda mutaassiblik kuchaya boradi, buni birinchilar qatorida anglab yetgan va dinning asl mohiyatini qayta tiklash uchun kurashga otlangan shaxslar sufiylardir. Tasavvuf tizimiga, ma'lumki, islom dini tarqagan mamlakatlar (Arab mamlakatlari, Eron, Afg'oniston, Turkiya, O'rta Osiyo mamlakatlari, Ozarbayjon, Pokiston va Hindiston) kiradi. Bu mamlakatlarning har birida turli davrlarda sufiy adabiyot shakllangan va uning ma'lum bir qismi bizgacha yetib kelgan. Jahon miqyosida sufizm shakllanishiga xronologik jihatdan nazar tashlasak, quyidagicha ma'lumotga ega bo'lamiz: Sufizm VII asrda O'rta Osiyo va Afg'onistonda, IX asrda Irok, Suriya, Mag'rib va Eronda, XII asrda Hindistonda, XV asrda Xitoyda shakllanganligini kuzatish mumkin. Hindiston aslida islom mamlakatlari tizimiga kirmaydi. Lekin shunday bo'lsa-da bu mamlakatga ayrim ijtimoiy-siyosiy hodisalar sabab islom dini kirib kelgan va bu yerda mahalliy dinlar qatoridan mustahkam o'rin egallagan. Hindistonga turli mamlakat musulmonlari jami uch marta bosqinchilik hujumlarini qilganlar. Birinchi hujum VII asrda arab halifaligi tomonidan amalga oshirilgan. Bu islom dinining Hindistonga birinchi bor kirib borishi edi. Ulardan keyin XII asrda eronliklar yurish qilganlar. Musulmonlarning Hindistonga uchinchi yurishi O'rta Osiyolik musulmon Bobur tomonidan amalga oshirilgan. Bobur Hindistonning shimoliy hududlarni bosib olib, u yerda o'zining mustahkam salataniga asos solgan. Bu saltanat uning sulolalari tomonidan deyarli uch yuz yil davomida boshqarilib Hindistonda islom dinining mustahkamlanishiga sababchi bo'lganlar. Islom dini tarqagan har bir mamlakatda, albatta, sufizmning ham shakllanganligini kuzatish mumkin. Bu esa o'z navbatida turli millatlar ruhi, urf-odati, an'analari bilan sug'orilgan sufizmning shakllanishiga olib kelgan. Shunga ko'ra sufizmda milliylik degan tushuncha paydo bo'lib, arab sufizmi, hind sufizmi, eron sufizmi, xitoyda uyg'ur sufizmi, O'rta Osiyo xalqlari sufizmi kabi sufizmning turlarini ajratish mumkin. Hindistonda ham sufizm hind milliy ruhi, an'analari va urf-odatlari ta'siri ostida shakllangan bo'lib o'zidan boy adabiy meros qoldirdi. So'fiy adabiyot shakllangan davr Hindistonda «oltin davr» deb baholanib bu davr Boburiylar sulolasidan bo'lmish Akbar shoh hukmronligi davriga to'g'ri keladi. U hukmronlik qilgan davrda diniy va milliy xilma-xilliklar kuchaygan bo'lib, jamiyatda din yoki millat xilma-xilligi asosida nizolar chiqish ehtimoli kuchaygan bir davr edi. Bularni o'z vaqtida anglab yetgan Akbarshoh «Dini-ilaxi» deb nomlangan shunday bir ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, doc
Fayl hajmi 96.4 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:06 Arxiv ichida: zip, doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, doc
Fayl hajmi 96.4 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: zip, doc
Tepaga