Hind xalq eposi - Kalila va Dimna

Hind xalq eposi - Kalila va Dimna

O'quvchilarga / Adabiyot
Hind xalq eposi - Kalila va Dimna - rasmi

Material tavsifi

Hind xalq eposi - Kalila va Dimna Jahon adabiyoti xazinasining noyob durdonasi sanalmish Kalila va Dimna qadim Hindistonda yaratilgan. Asarning aslini sanskrit (qadimgi zamon hind adabiy tili)da yozilgan deb hisoblaydilar. Asos e'tibori bilan qadimgi hind folklori zaminida vujudga kelgan Kalila va Dimnaning mashhur Panchatantra, Xitopadesha kabi asarlar bilan ildizi birdir. Ali ibn ash-Shoh al-Forisiyning naql qilishicha, Kalila va Dimnani hind podshohi Dobshalim uchun faylasuf Beydabo (Bedpoy) yozgan. Asarda hukmdorlik siyosatida shohlar nimalarga asoslanishlari, ularning a'yonlar va raiyat bilan qanday munosabatda bo'lishlari, shaxsiy fazilatlardan qaysilari shohlar uchun farz sanalishi kabi masalalarni badiiyatning go'zal libosida hikmat va donishmandlik bezaklari bilan orasta holda berilganligi haqidagi xabar Eron shohi Anushiravon binni Qubod Sosoniy (531 - 579) ga yetib keladi. Anushiravon esa ilmni va ibratli kitoblarni juda sevar edi. Uning amri bilan saroy fozillaridan biri Barzuya hakim Hindistondan Kalila va Dimnani keltirishga muvaffaq bo'ldi hamda uni o'sha davrdagi fors tili - pahlaviy tiliga tarjima qiladi. Bu tarjima yo'qolib ketgan bo'lib, undan taxminan 570-yillarda bir ruhoniy tomonidan Suriya tiliga (suryoniy, sir'yoniy) tarjima qilingan nusxasi (tarjimoni Bud ismli shaxs) saqlanib qoladi. Kalila va Dimna abbosiylar xalifaligi davrida zamonning mashhur olimlaridan Abdulloh ibn al-Muqaffa (721 - 757) tomonidan pahlaviy tilidagi nusxa asosida arabchaga tarjima qilinadi. Ibn al-Muqaffa asar muqaddimasida: Men bu kitobning hind tilidan pahlaviyga qilingan tarjimasini ko'rdim va Iroq, Shom, Hijoz ahli ham undan bahramand bo'lsinlar, deb arabchaga tarjima qilishni xohladim. Bu kitobni o'qigan odamlar har narsadan oldin uning mag'zini chaqib, unga oroyish bergan istioralarni, ramzli va muammoli so'zlarni tushunib olishlari kerak» deb yozgan edi. Ibn al-Muqaffa o'z tarjimasini Abuja'far Mansur zamonida tugallaganini e'tirof etadi. Ibn al- Muqaffa tarjima sohasida mavjud bo'lgan an'anaga ko'ra faqat muqaddima yozibgina qolmay, balki asar matniga talay o'zgarishlar ham kiritadi va Dimna ishining tekshirilishi degan faslni qo'shadi, bazi o'rinlarni o'z zamonasining mafkurasi taqozosi bilan qisqartirib yoxud yangicha talqin etib ketadi. X - XI asrlarda Kalila va Dimna Ibn al-Muqaffa tarjimasidan yana suryoniy tiliga va yunon tiliga tarjima qilinadi. XII asrda yunonchadan slavyan tiliga, XII asr o'rtalarida yahudiy tiliga (tarjimoni Raben Juel), bir necha o'n yillar o'tgach, ana shu yahudiy tilidagi tarjimadan lotin tiliga (tarjimon Ravmon de Bazi), lotinchadan esa fransuz, italyan, nemis va boshqa qator g'arb tillariga tarjima qilinadi. 1889-yilda mashhur arabshunoslar M. Attaye va M. Ryabinlar ilk daf'a Kalila va Dimnani rus tiliga tarjima qiladilar. Mashhur arabshunos olim I. Yu. Krachkovskiy 1920-yillarda o'zining iste'dodli shogirdi I. P. Kuzminga Kalila va Dimnani tarjima qilish ishini topshiradi. Bu tarjima uchun 1905-yilda olim Bayrutda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.08 KB
Ko'rishlar soni 127 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:06 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.08 KB
Ko'rishlar soni 127 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga