Hirqatiyning Muhabbatnoma va mehnatkom dostoni

Hirqatiyning Muhabbatnoma va mehnatkom dostoni

O'quvchilarga / Adabiyot
Hirqatiyning Muhabbatnoma va mehnatkom dostoni - rasmi

Material tavsifi

Hirqatiyning «Muhabbatnoma va mehnatkom» dostoni REJA: Muhammad Imin G'ujamquli o'g'li Hirqatiyning hayoti va ijodi. Hirqatiyning «Muhabbatnoma va mehnatkom» dostoni haqida. «Muhabbatnoma va mehnatkom» asaridagi «Sham va Parvona» hikoyati. «Muhabbatnoma va mehnatkom» dostonidagi Bulbul va Gul obrazlari. O'zbek adiblarining Hirqatiyning «Muhabbatnoma va mehnatkom» dostoni haqidagi fikrlari Ushbu tadqiqotning yuqoridagi bobida uyg'ur shoirlarining bevosita Navoiy «Xamsa»si dostonlari bilan aloqadorlik natijasida yaratgan asarlari xususida bahs etildi. Sharq adabiyoti yutuqlari, xususan, Navoiy merosiga katta rag'bat bilan qaragan uyg'ur shoirlarining mumtoz an'analarni muvaffaqiyat bilan davom ettirib, yangi g'oyaviy-badiiy mundarijaga ega bo'lgan asarlar yaratishdagi iqtidorlari xususidagi kuzatishlar bayon qilindi. Uyg'ur adabiyoti tarixida shunday asarlar ham borki, ularning mualliflari bevosita Navoiyning biror asariga murojaat etmasalar-da, o'zlarining izlanishlari davomida ustoz shoirning mavzu tanlash, obraz yaratish va tasvir uslubidan bahramand bo'lib, yangi-yangi asarlar ijod etganlar. Uyg'ur adabiyoti xazinasini katta iqtidorlari samarasi bo'lgan asarlari bilan munosib ravishda boyitganlar. Shunday obidalardan biri Hirqatiyning «Muhabbatnoma va mehnatkom» dostonidir. Muhammad Imin G'ujamquli o'g'li Hirqatiy XUII asrning o'rtalarida yashab ijod qilgan ist'dodli uyg'ur shoiridir. Hirqatiydan bizgacha uning 1670 yilda yaratilgan «Muhabbatnoma va mehnatkom» asari yetib kelgan. «Muhabbatnoma va mehnatkom» o'z mundarijasi, kompozitsion qurilishi, obrazlar sistemasiga ko'ra o'z davri adabiy hayotining muhim bir hodisasi sifatida ko'zga tashlanadi. Doston Olloh, Muhammad payg'ambar va choryorlar ta'rifiga bag'ishlangan an'anaviy muqaddima bilan boshlanadi. Biroq, muallif shu muqaddimaning o'ziga muhabbat va mehnatni islom dini va tasavvuf ta'limoti zaminida turib, poetik tarzda keng sharhlab beradi. Asarning ana shu xususiyatini hisobga olganda, uni ma'lum ma'noda «Hayrat ul-abror» uslubidagi falsafiy-axloqiy doston sifatida baholash mumkin. Ma'lumki, o'zbek, fors-tojik va ozarbayjon adabiyotlarida mavjud bo'lgan ko'pdan-ko'p falsafiy-axloqiy mundarijadagi asarlarda mualliflar o'zlarining muhabbat, mehnat, adolat, qanoat haqidagi qarashlarini bayon qilganlaridan keyin shu ijtimoiy-axloqiy mavzuni obrazlar vositasida gavdalantirib berishga qaratilgan hikoyatlar keltiradilar. Masalan, «Hayrat ul-abror» dostonida «Saltanat bobidakim» deb boshlanuvchi uchinchi maqolatda podsholar, ularning toj-taxt, mulku mamlakat sohiblari sifatidagi javobgarliklari, adolat qonunlariga rioya qilishlari xususidagi chuqur mushohadalardan keyin shu maqolat tarkibida «Shoh G'oziy qahrining sarsari bir sarkash xo'shani barbod etib, adlining suyi ul xo'sha butgan buzug' mazraani obod qilg'oni» hikoyati keltiriladi. «Karam vasfi»dagi yettinchi maqolat tarkibida esa o'z karamu sahovati bilan xalq og'ziga tushgan «Hotami toyi» hikoyatiga ko'zimiz tushadi. Hirqatiy o'z dostonini «Muhabbatnoma va mehnatkom» deb atadi. Shunga ko'ra, «Hayrat ul-abror»ning «Ishq o'ti» ta'rifiga bag'ishlangan to'qqizinchi maqolatiga qiyosan o'rganish Hirqatiyning ustozlar an'analari bilan naqadar mustahkam aloqada bo'lganligini yaqqol ko'rsatadi. Hirqatiy dostoni ishq va ishq mehnatiga baqishlangan muqaddima bobi bilan boshlanadi. Shoir ishq ta'rifiga kirishar ekan, ilohiy ishq haqida nihoyatda ta'sirchan misralarni yaratadi: Ishq yonib turgan lahchadir. Ishq bo'stonining ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 47.04 KB
Ko'rishlar soni 126 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:06 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 47.04 KB
Ko'rishlar soni 126 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga