Hozirgi adabiy jarayon kursining maqsad va vazifalari Reja: 1.Mustaqillik va ijtimoiy-siyosiy hayot. 2.Hayot va adabiyot. 3.Badiiy ijod va mafkura. 4.Markscha-lenincha adabiyotshunoslik va uning salbiy oqibatlari Istiqlol sharofati tufayli O'zbekiston xalqlari tarixida yangi davr boshlandi. Mamlakat hayotining hamma sohalarida, jumladan adabiyot sohasida ham buyuk o'zgarishlar sodir bo'ladi. Bu davrda adabiyotimiz o'z taraqqiyotining yangi davriga-keskin burilish va yangilanish bosqichiga ko'tarildi. Mustaqillik davri adabiyotidagi eng katta yutuq va yangilik shuki, bu davrda yozuvchilarimiz sotsialistik realizm va kommunistik mafkura tazyiqidan xalos bo'lib, tom ma'noda so'z erkinligiga, matbuot erkinligiga muyassar bo'ldilar. Natijada hayotda bo'lganidek, adabiyotda ham demokratiya va oshkoralik kuchaydi. Ko'p mavzularni tasvirlashda avvalgi noto'g'ri mezonlarga qat'iy chek qoyildi. Ma'lumki, O'zbekiston XIX asrning ikkinchi yarmidan to XX asrning 90-yillarigacha uzoq yillar davomida Rossiyaning tom ma'nodagi mustamlakasi bo'lib keldi. Mamlakatda ijtimoiy adolat, demokratiya va oshkoralik yo'q edi. «Boz ustiga milliy o'zlikni anglashga bo'lgan tabiiy intilish johilona inkor etilardi. Navro'z, Ramazon, Qurbon hayiti kabi ko'plab muqaddas, milliy bayramlar ta'qib etilgandi. Amir Temur, Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Ahmad al-Farg'oniy, Bahovuddin NAQSHband, Xo'ja Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Mahmud az-Zamaxshariy, Xo'ja Ahrori Vali, Abduxoliq G'ijduvoniy kabi buyuk ajdodlarimizning, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho'lpon, Mahmudxo'ja Behbudiy, Usmon Nosir kabi milliy ozodlik harakati fidoiylarining nomlarini xalqimiz xotirasidan o'chirib tashlashga harakat qilinardi. Darhaqiqat, mustamlaka davrida Vatan ozodligi, xalq erki, mamlakat mustaqilligi yo'lidagi har qanday ezgu harakat qattiq qarshilikka uchrar va ayovsiz bostirilar, bu sohada haq so'zni aytish butunlay man qilingan edi. Matbuotda, badiiy adabiyotda haqiqatni yozishga mutlaqo yo'l qoyilmasdi. Xususan, mustamlakachilarning yovuz qilmishlariga, adolatsizliklariga, nohaqlik va zulmlariga til tekkizish qat'iy va mutlaqo man etilgandi. Bunday rostgoy bo'lish o'sha mash'um yillarda to'g'ridan-to'g'ri og'ir jinoyat sanalardi va ayovsiz jazolanardi. Abdulla Qodiriy, Cho'lpon, Fitrat, Usmon Nosir, Elbek, Botu singari rostgoy, vatanparvar iste'dodlarning hukmron kuchlar tomonidan qatl etilishi ana shu mudhish adolatsizlikning natijasi va bir ko'rinishi edi. Biroq mustamlakachilar qanchalik zo'ravonlik qilmasinlar, qanchalik vahshiyona harakat etmasinlar, baribir, xalqimizni butunlay va so'zsiz boysunishga, itoatkor va mo'min bo'lishga majbur qilaolmadilar. Millatimizning haqiqatgoy va erksevar farzandlarini butunlay qirib, yo'q qilib tashlashga ularning kuchib-qurbi yetmadi. Xalqimizning mard va tanti, jasoratli va matonatli, asl farzandlari «Boshimga qilich kelsa-da, rost so'zimni derman» tarzidagi hikmatga qattiq mahkam turib aytishdan (yozishdan) va jabrdiyda xalqni mardona himoya qilishdan qaytmadilar. Bor gapni dangal, xech bo'lmaganda ramziy obrazlar vositasida aytishdan, oqni-oq, qorani-qora deb yozishdan qo'rqmadilar. Mustaqillik, milliy istiqlol uchun turli shakllarda izchil kurash olib bordilar. Fitrat «Yurt qayg'usi» nomli publitsistik maqolasida «Ko'rdim, kezdim, eshitdim, o'qidim. Mamlakatlar orasida Turkistonimiz kabi baxtsiz bir mamlakat yo'qdir»,-deb yozadi va bu baxtsizlikning ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:22:25
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.68 KB
Ko'rishlar soni
159 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:22 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.68 KB
Ko'rishlar soni
159 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:07 ]
Arxiv ichida: doc