Hozirgi ijodiy jarayon

Hozirgi ijodiy jarayon

O'quvchilarga / Adabiyot
Hozirgi ijodiy jarayon - rasmi

Material tavsifi

Hozirgi ijodiy jarayon Reja: 1. Bugungi kun she'riyatiga bir nazar. 2. Zamonaviy o'zbek nasri taraqqiyoti. 3. Hozirgi o'zbek dramaturgiyasi va adabiy tanqidi. 4. Ijodiy niyat va uning ijrosi. Ijod-hayot haqidagi ma'lumotni san'at qoidalariga bo'ysindirish jarayoni. Asar tili ustida ishlash-xalqchillik bilan bog'liqligi. Sharq adabiyotida adabiy ta'sir «Nazira» hodisasi. Normativlik va «dogmatizm» tushunchasi. Bugungi kun she'riyatiga bir nazar. 80-yillar o'rtalaridan sho'rolar davlatida keskin siyosiy o'zgarishlar yuzaga keldi. Tarixga «qayta qurish» nomi bilan kirajak bu jarayon dunyoning oltidan bir qismini egallagan ulkan mamlakatni yetmish yil davomida idora qilgan bolsheviklar tuzumini yemirdi, qizil imperiya qo'lostidagi yuzlab millat va elatlar oldida o'z taqdirini o'zi belgilash imkoniyati tug'ildi. Mumtoz adabiy meros, ayniqsa sho'ro davri adabiyotiga yangicha qarash, avvalgi baholarni qayta ko'rib chiqish, ilgari nomini tilga olish ham xavfli sanalgan ijodkorlar va ularning asarlari xususida adolatli fikrlash mumkin bo'lib qoldi. Xususan, o'zbek adabiyoti tarixida ma'lum va mashhur ijodkorlardan tashqari ular bilan hamnafas yashab ijod etgan, shunchaki adabiy mashqlar emas, mumtoz san'at namunalarini yaratgan Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg'oniy, Husayn Boyqaro (Husayniy), Burhoniddin Rabg'uziy, Abulg'ozi Bahodirxon, So'fi Olloyor, Amiriy, Feruz, Avloniy, Behbudiy, Fitrat, Cho'lpon va yana o'nlab ijodkorlar merosi qayta nashr etildi, ilmiy-estetik tahlilga tortildi. Hayotdagi bu ijobiy yangilanishlar zamonaviy adabiyotga haqiqatni cho'chimay yozishga, ijod erkinligiga tashna va shoirlarga ham zarur imkoniyatlar tug'dirdi. kisqa davr ichida adabiyotning barcha tur va janrlarida hayotni ro'yi-rost, bor murakkabligi bilan tasvirlagan, ijtimoiy-ma'naviy adolat-sizlik, xo'rlik va qullik sharoitida majruhlantirilgan inson ruhiyatini ilgari ko'rilmagan nuqtai nazardan tahlil etgan o'nlab yaxshi asarlar dunyoga keldi. Milliy ong shakllanishi, ma'naviy o'z-o'zini tanish, erkin ruhni tarbiyalash ishiga safarbar etilgan adabiyot o'zining eng iste'dodli vakillari qiyofasida iqtisodiy, siyosiy hayotning barcha muammolariga faol aralashdi, o'zining salmoqli fikrini jamiyat qatlamlariga singdira oldi. Bugungi kun she'riyatiga bir nazar. Hozirgi she'riyatimizning yetakchi tamoyillarini belgilab berayotgan A.Oripov, E.Vohidov kabi shoirlarning keyingi yillarida yaratgan she'rlari ham «Faust» muallifining bu fikrini to'la tasdiqlaydi. Bugungi she'r hayot qadar rang-barang va murakkab, an'anaviy va kutilmagandir. Unda yuz yillardan so'ng qayta mustaqillikka erishgan, biroq erkning ta'mini unutib yuborgan xalqqa ajdodlar ruhidan madad iltijosi qizil imperiyaning jon talvasasi qurboni bo'lgan shahidlar timsolidagi ibrat va bedorlikka chaqiruv, «to'rdagilar hokimu mutlaq, pastdagilar yumuqko'z» zamonada sarson kezayotgan devona haqguy ruhidagi qaysarlik manzaralari bo'rtib ko'zga tashlanadi. Nisbatan ijodiy erkinlik sharoitida diniy mazuda, imon va e'tiqod masalalarida ham badiiy mushohada yuritish imkoni tug'ildi. Xususan, A.Oripovning «Hikmat sadolari», «Haj daftari» turkumlariga kirgan she'rlarida shoir va uning qiyofasiga jamlangan ommaning Allohga tavbasi, shukrona va ibodati o'z aksini topdi. Yuzaki qaraganda, ijodiy cheklangandek tuyulgan bu mavzular doirasida ham shoir ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.9 KB
Ko'rishlar soni 120 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:07 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.9 KB
Ko'rishlar soni 120 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga