HOZIRGI O'ZBEK ADABIY TILIDA FONEMALARNING VARIANTLASHUVI VA FONETIK JARAYONLAR Reja Fonemalarning variantlashuvi. Fonetik jarayonlar. Singarmonizm, , assimiliyatsiya, dissimiliyatsiya, metateza, epintez Fonemalarning variantlashuvi. Fonema va tovush munosabati invariant-variant dialektikasini o'zida aks ettiradi. Nutqiy variantlanishlarda fonemalar turli-tuman tovush sifatida yuzaga chiqadi va ularni shartli ravishda, masalan, (b1), (b2), (b3), (b4), (b5), (b6), (bn) tarzida belgilash mumkin. Nutqda voqelangan barcha (b) larni bitta [b] fonemasiga birlashtirishda ularning umumiy xossalari «yig'iladi». Bunday umumiy xossalardan biri ularning fizik (akustik) va fiziologik (artikulyatsion) o'xshashliklaridir. Turli talaffuz sharoitlarida bu umumiy belgilar o'zgarishga uchrashi mumkin. Lekin bu o'zgarish miqdor o'zgarishlari darajasida bo'lib, cifat o'zgarishi bosqichiga yetmaydi. Bunday bo'lganda edi, u boshqa fonemaning variantiga aylanib ketgan bo'lur edi. Masalan, [a] fonemasi «quyi keng» va «lablanmagan» lik mohiyatiga ega. Shu boisdan u nutqiy voqelanganda, qanchalik o'zgarishga uchramasin, baribir, tovush bu fonemaning varianti hisoblanishi uchun mazkur mohiyat chegarasidan chiqmasligi lozim. Qalam va katta so'zlarida 4 ta (a) tovushi mavjud bo'lib, bularning barchasi yuqorida aytilgan «quyi keng», «lablanmaganlik» umumiy belgisiga ega. Shu boisdan ular [a] fonemasining varianti hisoblanadi. Biroq (a) tovushlari yumshoq-qattiqligi va til oldi-til orqaligi bilan farqlanadi. Qalam so'zidagi [a] tovushlari til orqa va qattiq unlilar bo'lsa, katta so'zidagi [a] lar til oldi va yumshoq unlilardir. Bu belgilar [a] fonemasi zotiy mohiyatida mavjud bo'lmay, balki [a] tovushlarining talaffuzi jarayonida boshqa (q va k) tovushlar ta'sirida yuzaga kelgan hodisalardir. Boshqacha aytganda, (a) tovushlari mohiyatiga daxldor bo'lmagan, o'zga, begona mohiyat zarra-larining (a) fonemasi ko'rinishiga yopishgan tajallilardir. Bu tajallilar bir qarashda (a) tovushi mohiyatiga daxldordek tuyuladi. Shu boisdan darslik va qo'llanmalarda (a) fonemasining zotiy belgilaridan biri sifatida mazkur xossa ham ajratiladi. Bir fonema ham tor, ham keng yoki ham jarangli, ham jarangsiz bo'la olmaganligi kabi (a) fonemasi ham til oldi, ham til orqa tovushi sifatida voqelana olmaydi. Demak, zot va tajalli hamda umumiylik va xususiyatlik metodologiyasi bilan qurollangan tadqiqotchi tovushlardagi mohiyatga daxldor va daxldor bo'lmagan jihatlarni boshqalardan ko'ra tezroq va aniqroq ilg'aydi. Fonemaning zotiy mohiyati doirasidan chiqqan tovush uning varianti sanalmaydi. Masalan, (b) fonemasi jarangli undosh fonemadir. Talafuzda u jarangli bo'lsagina (b) fonemasining varianti sanaladi. Kitob so'zi kitop tarzida talaffuz etilsa, voqelangan (p) tovushi (b) fonemasining nutqiy varianti hisoblanmaydi. Chunki jarangsizlashuv hodisasidagi miqdor o'zgarishi me'yor chizig'idan o'tib, sifat o'zgarishi darajasigacha yetgan va (p) fonemasi mohiyati chegarasiga kirgan. Xuddi shunday (a) fonemasi voqelanishida ham «torlik» belgisining kenglik chegarasiga yetishi bilan variant [i] fonemasi mohiyati chegarasiga kirib ketadi. Tovush (variant)larning bir fonemaga birlashishi uchun ularning barchasida o'zgarishsiz saqlanadigan muhim bir xossa e'tiborga olinishi lozim. Bu bir ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.19 KB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.19 KB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:07 ]
Arxiv ichida: doc