Hozirgi o'zbek adabiy tilida urg'u ba bo'g'in

Hozirgi o'zbek adabiy tilida urg'u ba bo'g'in

O'quvchilarga / Adabiyot
Hozirgi o'zbek adabiy tilida urg'u ba bo'g'in - rasmi

Material tavsifi

HOZIRGI O'ZBEK ADABIY TILIDA URG'U VA BO'G'IN Reja: Urg'u va uning turlari Urg'u so'z oxiriga tushmaydigan holatlar Bo'g'in va uning turlari Bo'g'in tiplari Bo'g'inning ahamiyati Urg'u va uning turlari. Co'z tarkibidagi bo'g'in yoki gap tarkibidagi biror so'zga zarb berib, ta'kid bilan aytilishiga urg'u deyiladi. Urg'u tushish o'rniga ko'ra so'z urg'usi va gap urg'usiga bo'linadi. Gap urg'usi adabiyotlarda ma'no urg'usi, mantiqiy urg'u, logik urg'u terminlari bilan ham yuritiladi. Gap urg'usi gapdagi so'zni mazmun jihatidan ajratib ko'rsatish uchun xizmat qiladi. Gap urg'usi gapdagi barcha so'zga tusha olishi mumkin. Urg'u tushgan so'zni talaffuzda ta'kidlab aytilishi bilan, yozuvda esa kesim oldida qo'llanilishi bilan ajratish mumkin: Birinchi kurs talabalariga «Fonetika»dan oraliq nazorat ishi o'tkazildimi? Birinchi kurs talabalariga «Fonetika»dan oraliq nazorat ishi o'tkazildi? Birinchi kurs talabalariga «Fonetika»dan oraliq nazorat ishi o'tkazildimi? Birinchi kurs talabalariga «Fonetika»dan oraliq nazorat ishi o'tkazildimi? Yoki: Biz yozda Samarqand shahriga sayohatga boramiz. Yozda Samarqand shahriga sayohatga biz boramiz. Biz Samarqand shahriga sayohatga yozda boramiz. Biz yozda sayohatga Samarqand shahriga boramiz. So'z urg'usida, odatda so'zning ma'lum bir bo'g'inidagi unli tovush boshqalariga qaraganda kuchliroq talaffuz qilinadi. O'zbek tilida urg'u, asosan so'zning oxirgi bo'g'iniga tushadi. So'zga qo'shimcha qo'shilsa, urg'u keyingi bo'g'inga ko'chadi: ishchi - ishchilar - ishchilarimiz - ishchilarimizning. Urg'u tushgan bo'g'in urg'uli bo'g'in deb yuritiladi. Urg'u quyidagi belgilariga ko'ra tasnif qilinadi: Erkin urg'u va bog'liq urg'u Dinamik urg'u va musiqaviy urg'u So'z bo'g'inlaridan bo'g'inlarga ko'chib uning ma'nolarini farqlash uchun xizmat qiladigan urg'u erkin urg'u deyiladi: hozir - ravish, hozir - sifat, yangi - ravish, yangi - sifat, yozma - fe'l, yozma - sifat. So'zning oxirgi bo'g'iniga tushadigan urg'u bog'liq urg'u deyiladi. Іavo oqimining kuchi bilan ifodalangan urg'u dinamik urg'u deyiladi. O'zbek, rus, tojik tillarida urg'u dinamik xarakterli bo'lib, urg'uli bo'g'in kuchli talaffuz qilinadi. Ton, ohangning bir xil chiqishi bilan ifodalangan urg'u musiqiy urg'u deyiladi. Xitoy, yapon, serb, litva tillarida urg'u musiqiy xarakterli bo'lib, urg'uli bo'g'in baland ohang bilan aytiladi. Urg'u so'z oxiriga tushmaydigan holatlar. O'zbek tilida urg'u, yuqorida aytilganidek, so'zning oxirgi bo'g'iniga tushadi. Ammo tilimizda urg'u oxirgi bo'g'inga tushmaydigan so'zlar ham uchraydi. Ayrim qo'shimchalar borki, urg'u qabul qilmagani bois, urg'u oldingi bo'g'inlarga tushishi ham mumkin. Bu bilan bog'liq quyidagi holatlarni qayd etish mumkin: Aslida o'zlashma bo'lib, bugungi kunda tilimizga nihoyatda o'zlashib ketgan quyidagi so'zlarda: ammo, lekin, albatta, afsuski, chunki, hamma, hozir, barcha…. Ayrim olmoshlarda: har bir, har qaysi, kimdir, qancha, qani, allakim…. Alohida ohang bilan aytilgan buyruq fe'llari, ayrim sonlarda: gapir, o'tir, o'yna, yuring, olti, sakson… Qo'shma sonlarda: o'n bir, yigirma uch… Takroriy so'zlarda: ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.69 KB
Ko'rishlar soni 139 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:07 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.69 KB
Ko'rishlar soni 139 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga