Hozirgi o'zbek fantastikasi Rejа .Bugungi о'zbek nаsridа xаlq og'zаki ijodining о'rni О'zbek nаsri , tаsvir uslublаri, yetаkchi tаmoyillаr Fаntаstik аsаrlаrning о'zigа xos xususiyati Hozirgi o'zbek fantastikasiga xos xususiyatlardan biri uning real hayotga yaqinlashganidir. Bu mavzuni tanlashda ham, qahramonlarning shakl - shamoyilida ham, sun'iy taqlid natijasida yuzaga kelgan kamchiliklarda ham kuzatish mumkin. Lekin fantastik asarlardan o'rin olgan sun'iy tanqid aslida besamar kechmaydi. Ma'lum ma'noda u o'zbek fantastikasi uchun itashqaridan kelgan ta'sir vazifasini o'tadi: yillar osha fantast yozuvchilar mahorati oshdi, taqlid o'rnini rus va evropa madaniyatini o'zlashtirish va o'rganish egalladi. Rus va boshqa jahon tillariga tarjima etilishi natijasida o'zbek fantastikasi namunalariga nisbatan qiziqish uyg'ongani buning yana bir bor isboti. Hozirgi kunda o'zbek fantastikasida taqliddan asar qolmadi. E'tiborga loyiq fantastik asarlar paydo bo'lishi bilan bir qatorda, fantast yozuvchilar avlodi ham etishib chiqdi. O'zbek fantastikasining rivojlanishi uning ijtimoiy, mayishi, falsafiy fantastika kabi yangi ko'rinishlar bilan boyishiga olib keldi. Mustaqillik davriga kelib, fantastik adabiyot to'liq shakllanib bo'ldi va takomillashda davom etmoqda. Bugungi kunga kelib o'zbek fantastikasi, uning turli ko'rinishlari adabiyotimiz xaritasida o'zining mustaqil o'rniga ega bo'lib, qaddini tiklab, jahon miqiyosida shuhrat topishga muvaffaq bo'ldi. Mustaqillik esa, bu boradagi imkoniyat ufqlarini yanada kengaytirdi. Hozirgi o'zbek adabiyotida badiy fvntastikaning taraqqiyoti Toxir Malikning Somon yo'li elchilari, Chorrahada qolgan odamlar, Abdulla Oripovning Jannatga yo'l, Xojiakbar Shayxning Rene jumbog'i, G'aroyib ko'lanka, Telba dunyo, Jodugarning eri, Mahkam Mahmudovning Men - men emasman, Mangu kuy izlab, Teskari ko'zlar sayyorasi, Biz bilmagan dunyo, kabi asarlari bilan belgilanadi. Bu sanoqni yana davom ettirish mumkin. Fantast yozuvchilar qatoridan fantast ayol yozuvchilar ham munosib o'rin egallashdi. Bu mualliflarning asarlari, badiiy fantastika janriga asos bo'lgani uchungina emas, balki ularda ijtimoiy, falsafiy, siyosiy, ma'naviy muommolarning o'rtaga qo'yilishi bilan etiborga loyiq. Fantastik adabiyotini ko'zdan kechirar ekanmiz, undagi mavzular fazo, o'zga sayyoraliklar va robotlardan nariga o'tmayotgandek tuyiladi. Aslida ular 18 ta mavzuni tashkil etadi1. Bular quydagilar: uzoq umur ko'rish abadiy yashashlik, regenirasiya; anabiyos yo letargiya - kelajakka sayohat qilish vositasi sifatida; kelajakda paydo bo'lmoq; robotlar, andriodlar, kiborklar, sun'iy zakovat; qiyofadoshlar; kelajakka sayohat qilish; o'zga sayyoraliklar; sintezatorlar, istakni bajo keltiruvchilar; fazoviy sayyohatlar; samoviy urushlar; miyani almashtirish; o'zga sayyoralik mavjudodlar bilan erda, fazoda muloqotga kiritish; mutantlar, monstrlar; tarixiy ilmiy fantastika; qanotli odamlar; telepatiya; yondosh olam; masofadagi voqelik. Sanab o'tilgan mavzularning ayrimlarini e'tibordan soqit qilganda, qolganlarini deyarlik hammasi o'zbek fantastik adabiyotida ishlangan, mavzu doirasini tashkil etgan. Bunga fantast yozuvchilarimiz T.Malik,H.Shayxov,M.Mahmudov,M.Xidir,X.Do'stmuhammedov,Q.Do'stmuhammedov,R.Obid,O.Mo'minov,Xonxo'jaev,A.Fozilov,O.Yusupov,aka-uka Tursunovlar,S.Abdullaeva,M.Yo'ldosheva,F.Hojiqulova va boshqalar yaratgan fantastik asarlar misolida ishonch hosil qilishimiz mumkin. H.Shayxovning fansastik adabiyotdagi xizmatlaridan biri unga ayol obrazini olib kirgani edi.U,shuningdek,o'zbek fantastikasida ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.67 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.67 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:07 ]
Arxiv ichida: doc