Hozirgi o'zbek she'riyatida ruhiy kechinma va badiiy ifoda Reja: Kirish Badiiy tafakkurning yangilanishi Ramziy-falsafiy talqin Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati Kirish Yurtimiz mustaqillikka erishgach, o'zbek adabiyoti o'z tarixiy taraqqiyotining yangi davriga ko'tarildi. Ijtimoiy hayotda bo'lgani singari adabiyotda ham demokratiya, oshkoralik va tanqidiy ruh kuchaydi. Ijodkorlarimiz so'z, matbuot va ijod erkinligiga to'la erishdilar. Ma'lumki, sovet davrida Vatan ozodligi xalq erki, mustaqillik haqida haq so'zni aytish butunlay man qilingan edi. Xayriyat, O'zbekiston mustaqil bo'ldi-yu, ijodkorlarimiz Vatan va millat taqdirini, milliy qadriyatlarimizni, milliy urfodatlarimizni va buyuk ajdodlarimiz hayotini faoliyatini tasvirlashdagi avvalgi cheklash chegaralash iskanjasidan butunlay qutildilar. Bu chin erkinlikni hammadan ham ko'proq yozuvchi va shoirlarimiz o'zlari teran anglatmoqdalar va bu haqda iftixor va g'urur bilan yozmoqdalar. Prezidentimiz I. A. Karimov aytganidek: «Xalqimiz o'zini ozod, erkin deb bilib, muhtojlik va qaramlik iskanjalaridan xalos bo'lgan, qaddini rostlagan, erkin nafas olganda iqtisodjiy islohatlar muvaffaqiyatli rivojlanish mumkin». O'zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning quyidagi dil so'zlari ana shundan bir nisxonadir: «Madaniyatimizning ne-ne darg'alari bu kunni orzu qilib, yetolmay o'tdilar. Shukronalar bo'lsinkim, mustaqillikni ko'rish va uni kuylash bizlarga nasib etdi. Yo'lboshchimiz ta'kidlaganidek, xalqimiz ongida milliy tiklanish boshlandi. Ayniqsa, ijodkorlarimiz oldida keng ufqlar ochildi. Biz hurriyatimizni to'lib-tashib kuylashdek baxtga musharrafmiz. Mustaqillik mushoirasi boshlandi».2 Bu yangi davrda, ayniqsa, she'riyatimizda haqqoniylik va hozirjavoblik kuchaydi. Avvallari inson hayoti ko'pincha bir tomonlama hech qanday kam ko'stsiz, dabdabali qilib, bo'yab-bezab aks ettirilardi. Inson mehnati, uning ruhiyati yuzaki, bayramona qilib ifodalanardi. Mustaqillik davriga kelib xalq va mamlakat hayotni yaxshilashga qaratilgan muammolar, oddiy inson qadr-qimmatini tiklash va ko'tarish, ona-Vatan va mustaqillik mavzulari tasviri birinchi o'ringa chiqdi. Xalq ruhiga ozodlik, vatanparvarlik tuyg'ularini singdirishda she'riyatning roli va o'rni beqiyosdir. She'riyat o'ziga xos timsollar, ramz va istioralar ohanglar orqali kishi ruhida ajib bir tuyg'ularni uyg'otadi. Shu ma'noda aytish joizki, she'riyatda ko'chimlar ko'p ishlatiladi va bu unsurlar shoirga o'z she'rlarining teran mantiqli va ko'p ma'noli bo'lshiga zamin hozirlaydi. So'nggi yillarda she'riyatimizda yangicha ruh, yangicha mazmundagi asarlar paydo bo'la boshladi. Badiiy ijodning kuchi mazmun va mantiiqda bo'lishini hisobga olib, istiqlol yillarida mazkur masalalar qay darajada aks ettirilganligini o'rganish ishimizning asosiy maqsadi hisoblanadi. Ushbu maqsadni yuzaga chiqarishda quyidagi vazifalar aosida yondashildi: she'riyatda ijodiy jarayon muammosi; ruhiy kechinma va obrazlilik masalasi; she'riyatda ramz va timsollarning ifodalanishi o'rganildi. She'riyat nazariyasi va uning badiiyati o'zbek adabiyotshunosligida muayyan darajada tadqiq qilingan. Bu borada taniqli o'zbek adabiyotshunoslari I. Sulton, O. Sharafiddinov, B. Nazarov, H. Umurov, I. Haqqulov, I. G'afurov B.Norboevlarning ba'zi XX asr hamda zamonaviy she'riyat xususida yaratgan maqola va risolalarida teran mulohaza va kashfiyotlar mavjud. Lekin imkoniyatining kengayishi ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
30.87 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:08
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
30.87 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:08 ]
Arxiv ichida: docx