Hozirgi zamon dostonlarida an'ana va badiiy mahorat mavzuida yozgan BITIRUV MALAKAVIY ISHI M U N D A R I J A I. Bob. DOSTON JANRI VA UNING TARAQQIYOT BOSQICHLARI 1.1. Doston janri taraqqiyoti haqida 1.2. Doston janri taraqqiyotida sharq mumtoz an'analar II BOB. HOZIRGI ZAMON DOSTONLARDA SHAKL VA MAZMUN UYG'UNLIGI 2.1 Dostonlarda uslub va mahorat masalalari 2.2. Dostonlarda mavzu va shaqliy izlanishlar Xulosa-- Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati Mavzuning dolzarbligi: Sharq adabiyoti an'analari ta'sirida rivojlanib kelgan o'zbek adabiyoti XX asrda mazmunan va shaqlan boyib, qator jarayonlarni boshdan kechirdi. Bu davr o'zbek ijodkorlari mumtoz adabiyot an'analarini davom ettirish bilan birga jahon adabiyotining hayotbahsh tajribalarini ham o'z namunalariga singdira boshladilar. XX asr davr o'zbek adabiyotida bu xususiyat yanada kuchayganligini doston janri misolida ham ko'rish mumkin. Dastavval shuni ta'kidlash joizki, XX asr o'zbek adabiyotshunosligida doston va poema atamalari aralash holda ishlatilishi oddiy urfga aylandi. Aslini olganda, bu unchalik ham to'g'ri emas. Doston deyilganda, eng avvalo bizning ko'z o'ngimizda Alpomish, Go'ro'g'li, Farhod va Shirin, Layli va Majnun singari xalqimizning betakror san'at durdonalari gavdalanadi. Biroq bugungi doston va poema deb atalayotgan asarlarga o'ziga xos xususiyatlari bilan xalq eposlari sanalgan Alpomish, Go'ro'g'lilar dan farqlanganidek, o'zining yaqin o'tmishi − XX asrning birinchi yarmidagi namunalaridan ham ajralib turadi. Har bir tarixiy davr muayyan ijtimoiy voqelik doston tabiatida o'z izini qoldirib kelmoqda. Mavzuning o'rganilganlik darajasi. XX asrning ikkinchi yarmida yozma adabiyotimizda yaratilgan, asarlarga doston atamasi bilan birga poema atamasini ham ishlatila boshladi. Xususan, N.Hotamov va B.Sarimsoqovlarning Adabiyotshunoslik terminlarining izohli lug'ati (T., 1983) da Poema-she'riy shakldagi katta hajmli lirik epik janr, she'riy rivoyaviy asar (256-bet) da ta'rif beriladi. Ba'zilar, xususan Samarqandlik adabiyotshunoslar N.Shukurov va Sh.Xolmatovlar esa Poemada voqealar ramkasi dostonga nisbatan tor bo'ladi (Adabiyotshunoslikka kirish Samarqand, 1974, 162-bet) degan fikrni olg'a suradi. Xullas, janrning atamasi va uning taraqqiyot xususiyati haqida fikrlar har xil. Aslini olganda ham xalq og'zaki ijodidagi dostonlar va yozma adabiyotning jahon namunalari hisoblangan Dantening Ilohiy komediya si, J. Bayronning Donjuan, N. Hikmatning Insoniyat manzaralari, Nekrasovning Russiyada kim yaxshi yashaydi, A.Tvardovskiyning Vasiliy Terkin poemalari bugungi poemalardan mazmun va hajmli jihatidan ancha zalvorlidir. Taniqli adabiyotshunos, ustoz I.Sulton Poema aslida epik asardir, ammo she'riy shaklda yozilishi uni ayni mahalda lirikaga mansub etadi deb ta'riflaganda ming bora haqdir. Boshqa xalqlar adabiyotidagi bo'lgani singari o'zbek dostonchiligi ham janr taraqqiyoti xususiyatiga ko'ra shakl va mazmun jihatidan doim o'sish o'zgarishda eng muhimi bu asarlarda inson va uning muammolari talqini yetakchilik qilib kelmoqda. Chinakam ijod va iste'dod mahsuli bo'lgan asarlarni, yozuvchining yuragidan, qalbidan chiqqan haqqoniy va ta'sirchan ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
76.01 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:08
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
76.01 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:08 ]
Arxiv ichida: doc