Hozirjavob janr Reja: Folklor janrlari faollik darajasi Latifa- kichik hajmdagi yumorga boy maxsus epik janr Latifalarda Afandi obrazi Folklor janrlari faollik darajasi, omma o'rtasida tarqalish miqyosi bilan bir-birlaridan farqlanib turadilar. Ayrim janrlar esa maxsus tayyorgarlik ko'rgan shaxslar tomonidan ijro etilsa, ayrim janrlar esa keng ommaviy ijro etiladi. Masalan, dostonlar professional bahshilar tomonidan ijro etilsa, ertaklar ham asosan ertakchilar badihasi orqali ijro qilinadi. Ammo folklorning shunday epik janrlari ham borki, ular maxsus tayyorgarlik ko'rgan shaxslar tomonidan emas, balki so'zga chechan va epik materialni bilgan har bir shaxs tomonidan ijro etilaveradi. Afsona, rivoyat va latifa ana shunday janrlar sirasiga mansub. Shuning uchun xalq o'rtasida afsonago'y, rivoyatchi yoki latifago'y kabi atamalar uchramaydi. Latifa-latif, yoqimli kabi ma'nolarni anglatuvchi arabcha so'zdan olingan bo'lib, ushbu termin kichik hajmdagi yumorga boy va asosan dialog shakldagi bayonga asoslangan maxsus epik janrni ifodalaydi. Shu bois mazkur janrning yetakchi xususiyati kulgi qo'zg'otishga yo'naltirilgan yumorga boyligidan iborat. Janrning ikkinchi xususiyati barcha asarlarning yagona obrazga asoslanganligida ko'zga tashlanadi. Bu obraz esa doim barhayot, hamisha hozirjavob Nasriddin afandidan iborat. Professor H.Zarifning ko'rsatishicha, Nasriddin afandi obrazi XIX asrning o'rtalarida turk va ozarbayjon latifalarining o'zbek tiliga tarjima qilinishi bilan o'zbeklar o'rtasida keng tarqalgan1. Bunga qadar o'zbeklar o'rtasida aytilib yurilgan latifalar turlicha nomdagi qahramonlar bilan yuritilgan. Masalan, o'zbeklar o'rtasida Aldar ko'sa, kal, Mashrab kabi nomlar bilan aytilgan latifalar keyinchalik Nasriddin afandi nomli yagona komik tip bilan yuritila boshladi. Nasriddin afandi shaxsiyati haqida ham har xil qarashlar mavjud. Ozarbayjon latifashunosi T.A.Farzaliyev o'zbek olimasi F.Yo'ldoshevalar Nasriddin afandi tarixiy shaxs emas, u xalq donoligining umumlashma obrazi deb qarasalar2, tojik olimi S.Madiyev va prof. H.Razzoqovlar unga Turkiyaning Oqshaharida yashab o'tgan tarixiy shaxs sifatida qarashadi3. Boshqa ba'zi olimlar esa Nasriddin afandining hayotiy prototiplarini ham aniqlashga harakat qiladilar. Ular XII asrda yashagan olim va adib Nasriddin Tusiyning afandining prototipi deb hisoblaydilar4. Bizningcha, Nasriddin tipini u yoki bu tarixiy shaxs bilan bog'liq holda izohlash o'zini oqlay olmaydi. Afandi, F.Yo'ldosheva to'g'ri ta'kidlaganidek, o'z aqli, donoligi, o'tkir zehni, hozirjavobligi, uddaburonligi bilan butun bir xalqning eng yaxshi xislatlarini o'zida mujassamlashtirgan badiiy tipdir5. Latifalarning yagona qahramon faoliyati asosiga qurilganligi, tasodifiy uchrashuvdan boshlanib, kutilmagan javob bilan yakunlanuvchi epizodik syujetga egaligi, ortiqcha tasviriylik hamda tavsifiylikning uchramasligi, kuchli yumoristik hamda hajviy kulgi qo'zg'atishi janrning xalq orasida keng ommalashishiga sabab bo'ldi. Afandi xalq hayotining barcha jabhalariga kirib borgan. Bir qarasangiz, u hukmdorlar davrasida, yana bir qarasangiz oddiy mehnatkash xalq vakillari orasida yuradi. Bir latifada u dono va zukko inson sifatida qiyin vaziyatlardan oson chiqib ketsa, boshqa bir latifada u o'zi to'qigan ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.12 KB
Ko'rishlar soni
153 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:08
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.12 KB
Ko'rishlar soni
153 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:08 ]
Arxiv ichida: doc