Husayn Boyqaro, Husayniy

Husayn Boyqaro, Husayniy

O'quvchilarga / Adabiyot
Husayn Boyqaro, Husayniy - rasmi

Material tavsifi

Husayniy (Husayn Boyqaro) (1438 - 1506) Husayniy (Husayn Boyqaro) Taniqli shoir va davlat arbobi. Hirot yaqinida tug'ilgan. 1469 yildan umrining oxirigacha Xuroson podshohi. Uning hukmdorligi yillarida iqtisodiy va madaniy hayot yaxshilangan. Navoiyning maktabdosh do'sti va homiysi. HAYOT YO'LI Badiiy ijod bilan shug'ullanib, g'azalnavis shoir sifatida adabiyot tarixida iz qoldirgan. Boburning xabariga ko'ra, devonidagi g'azallari aksariyat bir vaznda (ramali musammani maqsur) yozilgan. G'azallarida dunyoviy muhabbatni kuylagan, betakror satrlar yaratgan. HAYOT YO'LI Risola nomli nasriy asarida Navoiy ijodiga keng va obyektiv baho bergan. Husayniy asarlari O'R FA ShI jamg'armasida saqlanadi. Shoir ijodi bilan E.Rustamov, S.G'anieva, E.Ahmadxo'jaev, A.Erkinov v.b. shug'ullanganlar. Boyqaro, Husayniy (to'liq nomi Husayn ibn Mirzo Mansur binni Mirzo Boyqaro) (1438- Hirot - 1506) - Xuroson hukmdori (1469-1506), shoir. 15-asr o'zbek mumtoz adabiyotining namoyandalaridan. Temuriylardan Umarshayx mirzoning evarasi. Onasi Feruzabegim temuriylardan Mironshohning nabirasi. Husayn Boyqaro, Bobur ta'riflaganidek, ikki tomonlama ulug' («karim ut-tarafayn») bo'lgan. LIRIK MEROSI 14 yoshda Abulqosim Bobur saroyiga xizmatga kirgan. 1454 yili Abulqosim Boburning Samarqandga - Abu Said Mirzoga qarshi yurishida qatnashgan. Abulqosim Bobur yengilgach, sulh tuzib, Hirotga qaytgan. Husayn Boyqaro esa onasining tavsiyasi bilan Abu Said Mirzo saroyida qolgan. Ko'p o'tmay, qamoqqa olingan. Feruzabegim uni qutqarib, Hirotga olib kelgan. Shoh vafot etgach, Husayn Boyqaro Marv hukmdori Sulton Sanjar xizmatiga kirgan va uning qizi Beka Sultonbegimga uylangan. Sulton Sanjar Husayn Boyqaroni o'z o'rniga qo'yib, Mashhadga yurish qilgan. Bu orada Marvda Husayn Boyqaroga qarshi fitna uyushtirilib, u ovga chiqqanda, shahar darvozalari berkitib olingan. Husayn Boyqaro 1457 yili qishni Marv bilan Xiva oralig'idagi biyobonda o'tkazgan. 1458 yilda 300 kishilik qo'shin bilan Sulton Sanjarning yaqinlaridan Bobo Hasan qo'shinini yengib, Niso viloyati, so'ng Astrobodni egallagan. . 1459 yilda Husayn Boyqaro huzuriga Abdurazzoq Samarqandiy elchi bo'lib kelgan. 1460 yilda vaziyat taqozosi bilan Husayn Boyqaro Astrobodni tashlab chiqishga majbur bo'lgan. Ammo 1461 yil shaharni qaytarib olgan. Shu yil yoz oxirlarida Hirotga yurish qilgan. Biroq Abu Said Mirzoga bas kelolmay, orqaga chekingan, buning ustiga, Astroboddan ham mahrum bo'lgan. Amudaryo orqali Xorazmga o'tib, Vazir shahriga - Mustafoxon huzuriga elchi yuborib, Abu Saidga qarshi birgalikda kurashishga da'vat etgan. Lekin elchi kelguncha, uning og'asi Pir Budog' bilan kelishib, Mustafoxonga qarshi yurish qilishgan, lekin Vazir shahrini ololmay, bitim tuzganlar. Husayn Boyqaro Adoqqa borib, 1461 yil oxirlarigacha o'sha yerda qolgan. Adoqda turib, Astrobod, Gurgon va Eronning boshqa tumanlariga hujumlar uyushtirgan, mag'lubiyatga uchraganida, shu yerdan panoh topgan. Mustafo zulmiga qarshi ko'tarilgan isyondan foydalanib, avval Vazirni, 1462 yilda Urganch va Xivani qo'lga kiritgan. Oradan 1 yil o'tmay, Abu Said uni Xorazmdan surib chiqargan. 1463-64 ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 970.86 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:08 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 970.86 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga