Sulton Husayn Bayqaro Amir Temurning evarasi bo'lib, 1438 yil iyul oyida Hirotning sharqi - shimolidagi Davlatxona saroyida dunyoga kelgan. Uning otasi G'iyosiddin Mansur Bayqaro Mirzoning uchinchi o'g'li edi. Bayqaro Mirzoning otasi esa, Amir Temurning ikkinchi o'g'li Umar Shayx, onsasi Feruzabegim esa, ota tomonidan Amir temurning katta qizi O'gi Begi honimning o'g'li Sulton Husayn Mirzoning qizi bo'lib, Feruza Begimning onasi Qutlug' Sulton Begim esa, Amir Temurning uchinchi o'g'li Mironshox Mirzoning qizi edi. Darhaqiqat, Husayn Bayqaro Zahriddin Muhammad Bobur ta'riflaganidek, Karim ut - tarafayn, ya'ni har ikki tamondan ham nasabi Amir Temur Quragonga borib tutashadi. Husaynning otasi G'iyosiddin Mansur 1445 yilda vafot etgach, Husayn 14 yoshigacha maktabda ta'lim oladi va shu maktabda yosh Alisher bilan do'stlashadi. 1452 yilda yosh Husayn Hirot hukmdori Abulqosim Bobur saroyiga xizmatga kiradi. 1457 yili Abulqosim Bobur vafotidan so'ng, Husayn Mirzo saroyni tark etib, Marv hukmdori Sanjar Mirzo Marviy saroyiga xizmatga o'tgach, hukmdor o'z qizi - 15 yoshli Beka Sultonni unga nikihlab beradi. Biroq, qaynata bilan kuyov o'rtasiga sovuqchilik tushib, saroydan ketihsga majbur bo'ladi. Shundan so'ng Husayn Mirzo o'n yildan ko'proq vaqt davomida Xorazm, Xuroson, Astrabod, Mozandaron va Jurjon oralig'ida sargardonlikida umr kechirdi. Bu davr mobaynida Temuriy Shahzodalarining toju taxt uchun olib borgan o'zaro urushlarida Husayn Mirzo ham faol qatnashib, Hirot hukmdori Sulton Abdusayyid Mirzo tantana bilan Hirotga kirib keladi va o'sh kuni Jom'e masjidida uning nomiga xutba o'qiladi. Tarixiy manbalarda shu narsa ma'lumki, Sulton Husayn Bayqaro Temuriy Shaxzodalar orasida jasoratli, mard, odil va tadbirkor saltanat sohibi bo'lgan. U hukmronlik qilgan davtda Xuroson fuqarolari birmuncha osoyishta va faravon hayot kechirgan. Ayniqsa, uning vaziri Alisher Navoiyning sa'y - harakatlari natijasi o'laroq, mamlakatda yirik suv inshoatlari, ma'muriy va madaniy qurilishlar, madrasa, masjid, karvonsaroy, rabotlar, ko'priklar va shu kabi qurilish ishlari keng ko'lamda olib borilgan. Shu bois Sulton Husayn Bayqaroning hukmronlik davrida Hirot fan va madaniyat markaziga aylangan edi. Bu davrda ilmu fanning barcha jabhalarida qalam tebratgan allomalar, so'z ustalari, adiblar, shoirlar, musiqashunoslar, hunarmand naqqoshlar va musavvirlar Hirotning dovrug'ini jahonga mashhur qilganlar. Sulton Husayn Bayqaro Xurason muzafotida, ayniqsa, Hirotda diniy va madaniy - maishiy binolarni ko'plab qurdirdi. Bu qurilishlarning asosiy mutassadiysi sifatida Alisher Navoiyni ko'rsatish joizdir. Shuningdek, shahanshoxning yaqin kishilari hamda bek va amirlari o'z nomlarini abadiylashtirish maqasadida masjid, madrasa, rabot, ko'prik, hammom va shunga o'xshash qurilishlar bilan shahar ko'rkini yanada jilolantirganlar. Chunonchi, Sulton Husayn Bayqaro Gozurgoh yaqinida o'z nomiga madrasa, Hirot tashqarisida Bog'i bayt ul - imom va Bog'i xamsa oroyi bog'larini barpo etganlar. Sulton Badiuzzamon Mirzo nomi bilan ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.54 KB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:08
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.54 KB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:08 ]
Arxiv ichida: doc