Ibn Batuta va uning Sayohatnoma asari Subtitle here Reja: Ibn Battuta sayohatning boshlanishi va tanjadan chiqish Ibn Battuta laqabi bilan shuhrat qozongan Shamsuddin Abu Abdulloh Muhammad ibn Abdulloh al-Lavotiy at-Tanjiy 1304 yili Mag'rib mamlakatining Tanja shahrida faqih oilasida tavallud topgan. Ibn Battuta yigirma ikki yoshida haj qilish uchun Makkaga borish, shu bahonada u yerning allomalaridan dars olish ilinjida hech nimaga qaramay, tavakkal qilib safarga otlangan. Jasur, biroq kambag'al yosh sayohatchi yolg'iz, yayov Tilimson shahriga yetib keladi. Bu yerdan Milyonaga borib, unda tunislik bir guruh savdogarlarga qo'shiladi. Shu bilan uning sayohati boshlanadi. Shayx Abu Abdulloh shunday hikoya qiladi: Mening kindik qonim to'kilgan vatanim - Tanjadan safarga chiqishim 725 toq yili Olloh taoloning oyi - rajab oyining ikkinchi kuni, payshanbada bo'lib, Ollohning bayti Ka'bani haj qilish va janobi Rasululloh (s.a.v.) qabrlarini ziyorat qilish maqsadida yo'lga chiqdim. Mening na biror munis do'stim va na biror otliq hamrohim bor edi. Zero, niyatim nafsimni turli mashaqqatlar bilan tarbiyalash bo'lib, mazkur ulug' joylarga bo'lgan ishtiyoqni qalbimga tukkan edim. Shu sababli o'z ahli ayolim va do'stu birodarlarimni tark etib, vatanimni go'yo qushlar inlarini tark etganlaridek tashlab ketdim. Ibn Battuta jahon madaniyati va tafakkuri rivojida o'zining Sayohatnomasi bilan alohida o'rin tutadi. Uning mazkur asari o'rta asr mamlakatlari, shaharlari, ularning xalqlari madaniyati, turmush tarziga oid g'oyat qimmatli, ko'p o'rinlarda yagona ma'lumotlari bilan boshqalardan ajralib turadi. Sayyohning bu sayohati haqidagi hikoyalari sulton Abu Inon va uning yaqinlarida katta taassurot qoldiradi. Shuning uchun sulton adib va kotib Ibn Juzayy al-Kalbiyga Ibn Battuta hikoyalarini va esdaliklarini yozib olib, maxsus kitob tuzishni buyuradi. Ushbu kitob 1356 yil boshlarida nihoyasiga yetib, o'sha davr an'analariga mos ravishda Tuhfat an-nuzzor fi g'aroib al-amsor va ajoib al-asfor (g'aroyib shaharlar va ajoyib safarlar haqida nazar sohiblariga tuhfa) deb nomlangan bo'lsa-da, biroq bu nom bilan emas, Ibn Battuta Sayohatnomasi nomi bilan shuhrat qozongan. Ibn Battutaning Sayohatnomasi o'zining qiziqarli, nodir ma'lumotlari bilan jahon ilm ahlini qiziqtirmay qolmagan. Muhammad ibn Fathulloh ibn Muhammad al-Bayluniy XVII asr oxirida sayohatnomani qisqartirib, Ibn Battuta sayohatnomasidan parchalar deb atagan. Yevropasharqshunoslari Ibn Battutani ayni mana shu qisqartma matn orqali taniganlar. Sayohatnomaga 1808 yili nemis sayyohi Zeettsen birinchi bo'lib diqqatni tortgan. 1818 yili Kozegarten sayohatnomaning Hindiston, Xitoy va Sudanga bag'ishlangan uch bo'lagini lotin tiliga tarjima qilib, nashr ettirgan. Kozegerten Ibn Battuta axborotlarining haqqoniyligini tekshirish uchun boshqa geografik manbalarni ham jalb etadiki, ular bilan solishtirganda kitobxon Ibn Battuta sayohatnomasining naqadar katta tarixiy-geografik qimmatga ega ekaniga yanada amin bo'ladi. Sayohatnomaning Baron de Slen tomonidan asl matndan fransuzchaga qilingan ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.22 MB
Ko'rishlar soni
160 marta
Ko'chirishlar soni
37 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:08
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.22 MB
Ko'rishlar soni
160 marta
Ko'chirishlar soni
37 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:08 ]
Arxiv ichida: pptx