Ijodkor tarjimai holini o'rganish usullari Reja: 1 Ijodkor hayoti va ijodini ta'lim bossichlarida o'rganishningahamiyati. 2. Adib hayotini o'rganishning shakl va usullari. Badiiy asarlarni o'rganishda uning muallifi haqidagi ma'lumotlar ham ayricha ahamiyat kasb etadi. Bu ma'lumotlar ko'pincha, asarning g'oyaviy-badiiy mazmunini teranroq anglashda, asarning ijtimoiy-estetik mohiyatini to'g'ri belgilashda yordam beradi. Mazkur ma'lumotlar qayerlardan olinadi? Ularni adiblarning o'zlari yozib qoldirgan tarjimai hollaridan, adib haqida aytilgan zamondoshlar, uning tengdoshlari, ustozlari yoki shogirdlari, tanish-bilishlari va muxlislari tomonidan aytilgan yoki yozma holda yetib kelgan manbalardan olinishi mumkin. Bu boradagi eng yaxshi omillardan yana biri adib va yozuvchilarning asarlarida saqlanib qolgan materiallardir. Masalan, Abdulla Oripov haqida gapirib turib, Erkin Vohidov shunday degan edi: «Barcha isyonkor shoirlar kabi Abdullaga ham oson bo'lgan emas. Qattol tuzum qamchisidan u ham omon qolmagan. Lekin ruhiy azoblar, siquvlar, ming iztiroblar so'nggida shoirga nasib bo'lgan kattakon baxt shuki, u xalqi mehrini qozondi, o'zi kurashgan ozodlik va mustaqillik g'oyasining kurtak yozganiga guvoh bo'ldi. Shoir uchun bundan ortiq saodat yo'q». Shoirning baxti uning dardkash qalbidagi inja tuyg'ularning samimiyligida, Vatan degan so'zning butun salmog'ini, zalvorini, shukuhini qalbining tub-tubi bilan teran anglaganidadir. Taniqli shoir Usmon Azim aytganidek, «Uning toza, yuksak, samimiy, hech kimu hech narsadan hayiqmaydigan ovozi birdan O'zbekistonni larzaga soldi. Abdulla Oripovning har bir satri, har bir she'ri bilan Adabiyot o'zbek adabiyotiga qayta boshladi. Shoirning birinchi kitobi misli ko'rilmagan hayajon bilan kutib olindi. G'ayrat va jasorat bilan yo'g'rilgan she'rlar yuraklarga, ruhlarga «Vatan» degan tug'yonning mangu hayot muhabbatini sochib o'tdi. Hozir biz «O'zbekiston - Vatanim manim» deb jo'ngina aytayotganimiz satrlarni, u paytlarda hasratu g'ussalar ichida ko'z yoshlarimiz tirqirab yod aytganlarimiz yodimda Abdulla Oripov she'riyati sho'rolarning qudratli mafkurasi siquvi ostida sarosimada qolgan yuraklarga sharaf bilan yashashning yagona yo'li -Vatanni sevmoq ekanligini o'rgatishga xizmat qildi. Vatanni ozod ko'rishni istagan va keyinchalik bu yo'lda sa'yi harakatlar qilgan insonlarining ko'pchiligiga ham Abdulla Oripov she'riyati madad bo'lganiga guvohmiz. Abdulla Oripov she'riyati mustamlakachilik davrida ham o'zbekda oru nomus barqaror ekanligi haqida kelajakka ko'rsatadigan o'lmas hujjatlarimizdandir». Bunday fikrlardan adabiyot darslari jarayonida foydalanish o'quvchilarning badiiy adabiyotga, uning ijodkoriga nisbatan qiziqish va muhabbatini yanada kuchaytiradi. Badiiy asarni tahlil qilish jarayonida adibning o'z fikrlaridan foydalanish ham yaxshi samara beradi. Masalan, Yusuf Xos Hojibning hayoti va ijodini o'rganishda bevosita uning o'z asari-«Qutadg'u bilig»ga murojaat qilish o'rinli bo'ladi. Buning asosiy sabablaridan biri adib haqida boshqa ilmiy, tarixiy manbalarda tegishli axborotlarning saqlanib qolinmagani yoki hozircha topilmay turishidir. Kitob muqadimasida adib o'zining tug'ilgan yurtini eslatib o'tadi: Munuqi turug'laq g'o'z o'rdu eli, Tub-asli, nasabdin yurumish tili. Buning tug'ilgan yeli, g'o'z o'rdudir, Tub-asli, ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
427.82 KB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:08
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
427.82 KB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:08 ]
Arxiv ichida: doc