Ijodkorning estetik ideali va individual uslub (Omon Muxtorning prozasi misolida) MUNDARIJA: Kirish ……3 I bob.Badiiy adabiyotda estetik ideal muammosi…….6 I.1 Omon Muxtorning adabiy-estetik qarashlari……6 I.2 Adib asarlarida estetik idealning badiiy talqini……. 19 II bob. Uslub rang-barangligi va ijodkor poetik konsepsiyasi……35 II.1 Omon Muxtor ijodiga xos uslub va mahorat………….35 II.2 Yozuvchi romanlarida qahramon ismlari va badiiy shartlilik……58 Xulosa…….…65 Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati…… ……68 KIRISH Mavzuning dolzarbligi: Bugun biz bir tarixiy davrda xalqimiz o'z oldiga ezgu va ulug' maqsadlar qo'yib, tinch-osoyishta hayot kechirayotgan , avvalombor, o'z kuch va imkoniyatlariga tayanib, demokratik davlat hamda fuqarolik jamiyati qurish yo'lida ulkan natijalarni qo'lga kiritayotgan bir zamonda yashamoqdamiz. Ayniqsa, adabiyot masalasi - bu ma'naviyat masalasi sifatida davlat siyosati darajasida e'tibor topdi. Prezidentimiz I.A.Karimov ijodkorning jamiyat hayotidagi o'rni xususida to'xtalib: Barchamizga ayonki, XXI asr intellektual salohiyat, tafakkur va ma'naviyat asri sifatida insoniyat oldida yangi-yangi ufqlar ochish bilan birga, biz ilgari ko'rmagan, duch kelmagan keskin muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Bugungi murakkab va tahlikali zamonda yozuvchining bashariyatning ertangi kunini o'ylab, odamlarni ezgulikka, insof-diyonat, mehr-oqibat va bag'rikenglikka da'vat etishga qaratilgan haroratli so'zi har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda,- degan edi. Bu fikrlar istiqlol yillarida o'ndan ortiq romanlar bilan el ichida tanilgan, Davlat mukofoti sovrindori Omon Muxtor ijodiga ham to'la daxldordir. Ishda o'rni bilan Omon Muxtor dunyoqarashi va uslubini shakllantirishga ta'sir etgan ijtimoiy davr, uslubiy yuksalishiga ta'sir ko'rsatgan badiiy-estetik omillar, yozuvchi bilan adabiy-estetik tamoyillari muayyan darajada yaqin bo'lgan ayrim ijodkorlar uslubi bilan mushtarak jihatlar ham kuzatiladi. Poetikaning muhim kategoriyalaridan biri badiiy asarning u yoki bu tarzdagi shaqliy qurilishini belgilovchi umumiy prinsiplardan bo'lgan estetik ideal va uslubni o'rganish keng ma'noda olib qaralganda alohida ijodkor shaxsini o'rganishdir. Ayniqsa, O.Muxtorning ijodini tahlili qilishda va uning estetik idealini o'ziga xos uslubda o'rganish hamda tadqiq etish bitiruv malakaviy ishining o'ziga xos dolzarbligini belgilab ko'rsatadi. Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari: Omon Muxtorning adabiy-estetik qarashlarida namoyon bo'luvchi ijodiy individuallikni, badiiy asarlar yaratish barobarida badiiy voqelikni his qilish tamoyillarini o'rganish; Adib romanlarida estetik idealning badiiy talqinini shakllantirishda ta'sir etgan ijtimoiy davr, uslubiy yuksalishiga ta'sir ko'rsatgan badiiy-estetik omillarni o'rganish; Omon Muxtor ijodining o'ziga xosligi, ayniqsa, romanlaridagi jumla tuzish, rivoya tarzi, tasvir mahorati, sujet qurilishi kabi individual xususiyatlarini tahlil qilish; Uslubda namoyon bo'luvchi ijodiy individuallikning O.Muxtor romanlari badiiy matnida namoyon bo'lishini kuzatish; Uslubning yozuvchi romanlari shaqliy unsurlarini yaxlitlikka biriktirish, har bir unsurning butun tarkibidagi mohiyati va funksiyasini belgilashdagi rolini aniqlash; Yozuvchi romanlarida qahramon ismlari va badiiy shartlilik masalalarining namoyon bo'lishi va ularning falsafiy mohiyatini hamda ijodkorning uslubiy qirralarini tadqiq etish. ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
148.87 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:08
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
148.87 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:08 ]
Arxiv ichida: docx