Ilmi g'aribani qo'msab

Ilmi g'aribani qo'msab

O'quvchilarga / Adabiyot
Ilmi g'aribani qo'msab - rasmi

Material tavsifi

Ilmi g'aribani qo'msab Hamza Hakimzoda Niyoziyning 1914 yilda yozilgan «Yengil adabiyot» asaridagi «To'g'ri so'z bola» she'ri kattadan kichikka ma'lum. Lekin she'r tahlil qilinar ekan, asosan, bolaning topqirligi, to'g'ri so'zligiga e'tibor qaratiladi. Meni she'rdagi o'zga masala jalb etdi. Bolaning yo'lini to'sgan, qaddi-qomati kelishgan, tasavvurimcha, bashang qiyingan ikki kishi kim edi? Nega ular pul berib yolg'on sotib olmoqchi bo'ldilar? Qolaversa, iste'dodli Hamzada yolg'onfurushlar qiyofasini yaratish fikri qachon, qanday paydo bo'ldi? XX asrda mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida yolg'on mislsiz darajada muhim o'rin egalladi: yolg'on inqiloblar, yolg'onni suv qilib ichib yuborgan «dohiylar», yer kurrasining oltidan birida barpo etilajak jannat haqidagi uydirmalar, ko'kdagi farishtadanda begunoh, malaklardan-da pokiza yangi inson haqidagi yolg'on-yashiqlar Yolg'on bor joyda chin so'zga qiron keladi. Sho'ro davrida so'z isrof qilindi, so'zning uvoli, gunohidan qo'rqilmadi. Sho'ro davrida sotsialistik realizm, adabiyotning xalqchilligi, partiyaviyligi, kommunistik adabiyotning ideali, qahramoni haqida minglab asarlar yozildi, chop etildi. Oxir-oqibat xulosa nima bo'ldi - sarob bo'ldi. Sho'ro adabiyotida so'z qadrsizlandi, so'z o'zligidan yiroqlashdi. Mumtoz adabiyotda har bir so'z yetti o'lchab bir qo'llanilgan. Bitta so'z tarkibi, ma'nosi bilan bog'liq janrlar bo'lgan. San'atkorlar kam so'z ishlatib, ko'p ma'noni anglatishni burch - san'at deb anglaganlar. Qolaversa, iymonli odam so'zning muqaddas ekanligini yurak-yurakdan his etgan, so'zni uvol qilish gunohidan qo'rqqan. Ahli san'at ko'p so'z ma'niga yuk ekanligini his etgan. Humoyun Mirzo so'z bisyoru beo'rin ishlatilgan asarni qat-qat kiyim kiyib olgan odamga qiyoslaydi; so'zlarning ko'p va o'rinsizligi ma'ni odimini susaytiradi: Suxanro poya gap e'zoz naboshad, Tarzi xil'atash iyjoz boshad. So'z san'atining yorqin siymolaridan sanalmish Fuzuliy quyidagi baytda o'zining go'zallikni anglash e'tiqodini ifodalagan deyish mumkin: Gar cho'q istarsan, Fuzuliy, izzating, oz et so'zi, Kim cho'q o'lmoqdan qilibdir cho'q azizi xor so'z. Abdulla Avloniy ko'p so'zlilik yolg'onga, soxtalikka moyillik ekanligiga ishora qiladi: Misi chiqgay ko'p bo'lsa, bir kun. Ko'paygan so'zning bo'lg'ay to'g'risi oz, Shakarning ko'pidan ozi bo'lur soz. Kezi keldi, asosiy masalaga o'tishdan oldin, yana bir kuzatishimni aytib o'tmoqchiman. Badiiy asar xam jonli odamga o'xshaydi. Asarlar «sersuv» bo'lganiday, ba'zi odamlar ham ezma bo'ladilar. Yozuvchining asar orqali aytar so'zi notayin bo'lsa, ko'p yozishga, kitob-xonni so'z uyumiga «ko'mib» tashlashga intiladi. Shuningdek, ba'zi odamlar savodsizligini yashirish uchun patira-putur gapirib tashlayveradilar. Misollarni Abdulla Qahhor asarlaridan keltirmoqchimiz. Abdulla Qahhor o'z kahramonlarining «to'q» va «puch»ligini so'zga munosabati, so'zamolligiga qarab belgilagan. Turobjonning («Anor») xotini nazarida, yeri turmush qurishganidan buyon g'uldirab kelgan. Bugun u uch so'zni aniq, ravshan aytdi: «Jigarlaring ezilib ketsin». Boqijon Baqoyev («Adabiyot muallimi») - g'irt savodsiz adabiyotchi. U o'z kasbini tinmay gapirishda, tinglovchisini xoldan toydirib tashlashda deb anglaydi. Mana, Boqijon Baqoyev ma'rchasini tinglash ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 443.76 KB
Ko'rishlar soni 135 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:09 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 443.76 KB
Ko'rishlar soni 135 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga