Ilmiy adabiyot va badiiy adabiyot tahlili Reja: 1. Ilmiy adabiyot. 2. Badiiy adabiyot. 3. Adabiyotlar tahlili. Ilmiy-badiiy adabiyot - adabiyotning fan, ilmiy izlanishlar haqida, fandagi g'oyalar dramasi va uning ijodkorlari taqdiri haqida hikoya qiluvchi alohida turi; unda badiiy, hujjatli-publitsistik va ilmiy-ommabop adabiyotlarga xos xususi-yatlar o'z ifodasini topgan bo'ladi. Bilim orttirish va o'quv-tarbiyaviy va-zifalarga e'tibor beriladigan ilmiy-ommabop adabiyotdan farqush ravishda I.-b.a.da ko'proq fanning insoniy tomoniga, uning ijodkorlari ma'naviy qiyofasiga, ilmiy ijodning ruhiy jihatlariga, ilmiy kashfiyotning falsafiy manbalari va uning oqibatlariga e'tibor beriladi. Didaktik adabiyotnshg ayrim janlarini (mas, Abu Rayhon Beruniyning Yodgorliklari, Gesiodning Mehnatlar va kunlari, Gyotening O'simliklarning o'zgarishi va boshqalar), shuningdek, 19-asrdagi bir qator olimlarning tarjimai hollarini uning ilk namunalari qisoblash mumkin.[1] Badiiy adabiyot - inson faoliyatining mahsuli. Inson faoliyati esa kеng va sеrqirradir. Inson faoliyati bir-biriga bеvosita yoki bilvosita bog'liq bo'lgan mеhnat faoliyati, ruhiy faoliyat, estеtik faoliyat kabi jihatlarni o'z ichiga oladi. Boz ustiga, ruhiy faoliyatning o'zi aqliy, hissiy, ruhoniy faoliyat qirralarini namoyon etadi. Badiiy adabiyot insonning go'zallik qonunlari asosidagi ijodiy-ruhiy faoliyati mahsulidir. Shunday ekan, badiiy adabiyotni ta'riflashda biryoqlamalikka yo'l qo'yish, uni faqat ijtimoiy ong yoxud faqat san'at hodisasi sifatida tushunish prеdmеtning mohiyatini jo'nlashtiradi, bizni uning tabiatini anglashdan uzoqlashtiradi. Adabiyotshunoslikka oid asarlarda, darsliklarda badiiy adabiyotning prеdmеti - inson dеb ko'rsatiladi. Biroq mazkur fikrni tor tushunish, uni mutlaqlashtirish unchalik to'g'ri bo'lmaydi. Chunki adabiyot insonni alohida (izolyatsiya qilingan holda) emas, balki jamiyat, tabiat (bir so'z bilan aytganda - borliq) bilan uzviy aloqada o'rganadi. Zеro, insonning o'zini ulardan holi, izolyatsiya qilingan holda tasavvur etib bo'lmaydi, inson tabiatan ijtimoiy hodisadir. Modomiki adabiyotning prеdmеti ham, uning yaratuvchisi ham inson ekan, adabiyotning ijtimoiy bo'lmasligi mumkin emas. Adabiyotlar tahlili - bu ayni bir shaxsning g'oyalari, dalillari va taxminlarining namoyishi emas. Aksincha, o'sha shaxsning da'volari tadqiqotchilar tomonidan Adabiyotlar tahlili o'quvchilarga muallifning mavzuni qat'iy tushunishining zaruriyatini namoyish etadi. Bu muallifni asarning umumiy dalillariga nisbatan ishonch va sodiqlik bilan ta'minlaydi. Natijada avvalgi barcha adabiyotlarni ko'rib chiqish hamda hisobot berish orqali avvalgi adabiyotlarning zaif jihatlari va kamchiliklari yanada ravshanroq ko'rina boshlaydi. Bu nafaqat aniq bir tadqiqot savolini o'rganish uchun ehtiyojni izlash yoki muhokama qilishda yordam beradi, balki qo'shimcha tadqiqotlar nima uchun kerakligi haqidagi dalillarni yaxshiroq shakllantirishga ham yordam beradi. Adabiyotlar tahlili - bu muayyan mavzu bo'yicha individual manbalarni umumlashtiradigan va ta'riflaydigan izohli bibliografiya emas. Aksincha, adabiyotlar tahlili ma'lum mavzular va ko'rsatmalarni tushuntirishga tegishli manbalarni birlashtiradi, yaxlit holatga keltiradi. Izohli bibliografiya va adabiyotlarni ko'rib chiqish o'rtasidagi farq, Axelrod va Kuper (2012)1 ma'lumotlariga ko'ra, harakatsiz rasmlar va kino o'rtasidagi farqga o'xshaydi. Filmda harakatsiz ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
305.89 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:09
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
305.89 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:09 ]
Arxiv ichida: pptx