Ilxom bilan yozilgan asar Ilxomning makoni odamda mexr va g'azab uyg'otadigan hodisa va voqealarning mag'zida Abdulla Qaxxor Yozuvchi Y.Shamsharov Abdulla Qaxxor haqidagi xotiralarida poyezddagi hamrohining Daxshat hikoyasi to'g'risidagi quyidagi fikrlarini keltiradi: O'tmishda ayol zoti boshidagi xamma xo'rlik, musibat go'yo shu kichik hikoyaga joylab qo'yilgan. O'qiysizu agar ko'nglingizdagi g'azab, nafrat xissi zarraday bo'lsa, to'p o'qiday gumburlab otiladi: o'sha Olimbek dodxoga, barcha dodxoyu boy, mullalarga qarshi, ularni tug'ib voyaga yetkazgan eski tuzumga qarshi o'q otiladi. Bu - maktabda o'ttiz besh yil adabiyotdan saboq bergan kishining gapi. Boshqa bir kitobxon, siyosiy yetukligini namoyish etib bo'lsa kerak, yozuvchiga o'tmishda shundoq bo'lsa, ehtimol, bo'lgandir, lekin o'zbek xotin-qizlari tarixining shunday malomatli sahifalarini hozir, bugungi kunda tiriltirish shartmidi? Siz o'tmishni qalamga olganingizda, ba'zan uydirmachilikka berilib ketasiz deya e'tiroz bildiradi. Ushbu misollar sho'ro davrida Daxshat hikoyasini kitobxon ommaning aksariyati qanday tushunganini yorqin namoyish etadi. Albatta, hikoyaning bu yo'sin tushunilishi ko'plab omillarga, jumladan, maktabda adabiyot o'qitishning maqsadi bilan xam bog'liq edi. Masalan, 70-yillarda chop qilingan adabiyot o'qituvchilari uchun qo'llanmada O'g'ri misolida adibning o'tmish mavzusidagi hikoyalarini o'qitishdan ko'zlangan maqsad quyidagicha ifodalangan: Yozuvchining O'g'ri hikoyasi o'tmishdagi kambag'al dehqon Qobil bobo kabi kishilarning ezilganligi, talanganligi, xo'rlanganligini bilishga yordam beradi, o'quvchida ekspluatatsiyaga asoslangan tuzumga g'azab-nafrat, o'shanday daxshatlardan abadiy ozod qilgan Kommunistik partiya va Sovet hukumatiga cheksiz muhabbat uyg'otadi. hikoyaning ahamiyati xam mana shunda. Aytish kerak, o'qituvchilarga berilayotgan tavsiyalar havodan olingan emas, ular adabiyotshunoslik ilmiga tayangan holda ishlab chiqilgan, ya'ni, adabiyotshunoslikda xam hikoya shu ruxda tushunilgan. Misol uchun qaxxorshunos M.Sultonovaning 60-yillarning o'rtalarida bildirgan fikrini keltiramiz: Yozuvchi Daxshatda o'tmish temasini ishlar ekan, asosan bir maqsadni - o'tmishda insonning ezilishi, insonlik huquqlarining poymol etilishini ko'rsatishni; ezuvchi sinflarga nisbatan cheksiz nafrat va shu bilan erkin zamonamizni yanada qadrlash xissini uyg'otishni kuzatadi. Albatta, bu o'rinda na kitobxon va na muallim, na metodist va na adabiyotshunos aybli emas, zero, badiiy asar konkret davrning ma'naviy-ruhiy, ijtimoiy-siyosiy ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda va shularga muvofiq idrok etiladi. Ya'ni, chinakam badiiy asarning mazmuni serqatlam, konkret bir davrning ma'naviy-ruhiy, ijtimoiy-siyosiy ehtiyojlariga bog'liq holda o'sha qatlamlardan biri aktuallashaveradi. Shuning uchun xam chinakam badiiy asar davr chegaralarini tan olmaydi, mangulikka daxldorlik da'vosida qolaveradi. Zero, agar o'tmishda yaratilgan asar kitobxonning bugungi kundagi ehtiyojlariga javob bermasa, u mutlaqo iste'moldan chiqishi, bamisoli gazeta xabaridek unutilishi kerak bo'lur edi. Bundan kelib chiqadiki, badiiy asarning talqinlari shu ehtiyojlarga mos ravishda o'zgarib, yangilanib turishi tabiiy va ayni shu narsa uning umrzoqligini ta'minlovchi asosiy omildir. Afsuski, xar jabhada bo'lganidek, adabiyotshunoslikda xam «inersiya kuchi»ning ta'siri amal qiladi: eskicha talqinlar ta'siridan qutulish ancha ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
454.59 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:09
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
454.59 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:09 ]
Arxiv ichida: doc