Imrul - Qays

Imrul - Qays

O'quvchilarga / Adabiyot
Imrul - Qays - rasmi

Material tavsifi

Imrul-Qays Imrul-Qays 500-yillar arafasida Najd vodiysida kinditlar qabilasi oqsoqoli oilasida dunyoga keldi, u o'smirlik chog'iga qadar qavmu-qarindoshlari, yaqinlari orasida yengil va xushchaqchaq hayot kechirdi .O'z tengdoshlari orasida o'ziga xos xislatlari, she'riy iste'dodi bilan ajralib turar edi. Uning she'r yozishlari otasiga yoqmaganligi tufayli u o'g'lining bu faoliyatini takiklaydi. Biroq Imrul- Kays quloq solmay she'r yozishni davom ettirgach,ota o'z o'g'lini qabiladan haydab yuboradi.Saxroda Tayy va Bakr qabilasidan haydalganlar bilan birga hayot kechiradi va she'r yozishni davom ettiradi. Otasining o'ldirilganligini u Suriyaligida eshitadi. Shu kundan boshlab otasini o'ldirganlardan qasos olish maqsadida qo'shin to'plab jangga otlanadi. Imrul-Qaysning bu niyatini eshitgan Asad qabilasi uni bu xatti-harakatlaridan qaytarishga intiladi. Imrul - Kays guyo bunga ko'ngan bo'lib kurinsada,aslida o'zining qo'li ostidagi odamlari Bakr va Tag'lib qabilasi bilan dushman tarafga hujum qilish rejasini tuzadi .Biroq Bakr va Tag'lib qabilasi Asad kabilasi tarafga o'tib ketadi. Shundan so'ng Imrul-Qays o'ch olishga xar kancha harakat qilmasin,xatto otasining yo'qolgan hokimiyatini ham qo'lga kirita olmaydi. Imrul-Qays barcha o'ziga xos chizgilari mukammal bo'lgan qasidalarning muallifidir. Uning To'htanglar, sevgilim va uning manzil- makonini eslab biroz yig'lab olaylik» misraci bilan boshlanuvchi mashhur qasidasi o'rta asr she'riyatining shoh qasidasi, - deb e'tirof etiladi, xatto keyingi asrlarda yaratilgan biron bir kasidani unga qiyoslab, shu asardan-da yaxshiroqmi? Mashxurroqmi? degan savollar berilgan. An'anaga binoan Imrul -Qays o'z qasidasini ma'shuqasi Unayza bilan uchrashgan kunni eslab boshlaydi.Uning bu asari har biri mustaqil bo'lgan bir necha qismdan iboratdir. Imrul-Qays she'riyatida muhabbat va tabiat vasfi bir- biri bilan uyg'unlashib ketgan.Saxroviy badaviy shoir arab saxrosi tabiati go'zalliklari va injikliklarini juda boy,go'zal va qaytarilmas tashbehlari orqali vasf etgan. Zuxayr ibn Abi Sulmo (tax.530-627) G'atafan qabilasidan bo'lib, Najdda tavallud topdi.Bu qabilada Zuxayr otasining tog'asi Bashama ismli bir donishmand bo'lib, u oyoq-qo'li ishlamay yotib qolgan edi. Zuxayr doimo undan o'z yordamini ayamas o'z navbatida ul donishmanddan she'r yozish san'ati sirlarini o'rganar, hayot hikmatlaridan boxabar bo'lar, har bir narsani u bilan maslahatlashar edi. Keyinchalik Zuxayr Mudar qabilasi she'riyat maktabining rahbari Aus ibn Xajardan ta'lim oldi. Shoir o'z ustozlaridan rostgo'ylik, odillik,olijanoblik, o'z qabilasining sharafini himoya qilishdek eng yaxshi xislatlarni o'rgandi. U o'z mu'allaqasini ikki qabilaning o'zaro nizolariga barham berishga o'z xissalarini qo'shgan va bu yo'lda o'z boyliklarini ayamagan zubyan qabilasidan chiqqan olijanob ikki badaviy: al Xaris ibn Aufa va Xarima ibn Sinanaga bag'ishlaydi. Keyinchalik uning asarlari devonga to'planib, al- A'lam ash-Shantamari tomonidan sharxlangan. Birinchi marta 1870 yili shoirning devoni Vil'yam Alvart tomonidan nashr qilingan. U 188 yili Leydonda, 1905 yili Misrda sharxi bilan chop etilgan. Antara ibn Shaddad al-Absiy (525-615). ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 423.65 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:12 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 423.65 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga