Insholar - rasmi

Material tavsifi

Yangi yil Reja: Yangi yil bayrami keldi. Katta archa o'rnatildi. Davraga qorbobo tashrif buyurdi. Yangi yil bayrami yaqinlashdi. Maktab zaliga katta archa o'rnatildi. Bolalar archani o'yinchoqlar bilan bezashdi. Mana sharchalar, marjonlar.Ana xo'rozcha, ayiqcha, olmaxon. Bu-quyoncha. Bahora, Sanobar, Botir, Abror archa atrofida o'ynadilar, qo'shiq aytdilar. Bolalar juda xursand bo'ldilar. (36 ta so'z, 33 ta so'z bo'lishi ham mumkin.) Imlo: o'yinchoqlar, atrofida, yaqinlashdi so'zlari ustida ishlanadi. Xat boshida so'zlar katta harf bilan yozilishi bolalarga tushuntiriladi. Tahlil:Yuqoridagi rasm Ona tili darsligida, rasm va matn asosida berilgan.Bu o'rinda darslikdagi rasmdan foydalanish tavsiya etiladi. Tahlil uchun o'quvchilarga oldindan belgilab quyilgan savollar beriladi. Insho yozish uchun savollar: 1.Rasmda qaysi bayram aks ettirilgan? 2.Qayerga katta archa o'rnatildi? 3.Bolalar nimani bezashdi? 3.Archa atrofida kimlarni ko'ryapsiz? Savol-javoblardan keyin o'quvchilarga rasm mazmuni gapirtiriladi. Unda o'quvchilarning talaffuz me'yorlariga rioya qilishlariga, gap qurilishiga e'tibor berishlariga ham ahamiyat beriladi. O'quvchilar nutqidagi xatolar o'z o'rnida izohlab, tuzatib boriladi. Bu o'rinda o'quvchilarning hikoyani mazmunan ketma-ketlikda davom ettirishlari ham hisobga olinadi. O'quvchilar inshoni yozma yozib bo'lganlaridan so'ng, darslikdagi tayyor matn asosida o'z xatolarini tuzatadilar. Tulki va Turna Reja: Turna to'lqining uyiga mehmonga chaqirdi. Turna to'lqini mehmon qildi. Turna to'lqinihg uyida mehmon bo'ldi. Tulki Turnaning uyiga mehmonga keldi. Turna unga og'zi tor kuvachada ovqat qo'ydi. to'lqining tumshug'i kuvachaga sig'madi. Tulki och qoldi. Turna to'lqining uyiga mehmonga bordi. Ayyor Tulki unga likopchaga ovqat qo'ydi. Turna yeya olmadi. (33 so'z) Imlo: kuvacha, tumshug'i, sig'madi, ayyor, likopcha so'zlari ustida ishlanadi. Tulki va Turna so'zlari katta harf bilan yozilishi bolalarga tushuntiriladi. Tahlil: Tulki va turna ertagininig rasmi va matnini Ona tili darsligi 29-mashqda berilgan. Bu o'rinda o'qituvchiga tayyor matndan foydalanish tavsiya etiladi. O'quvchilarning og'zaki hikoyalari eshitilib, muhokama qilinganidan keyin,savollar asosida matn mazmuni mustahkamlanadi. Insho yozish uchun savollar: Nega hikoyani Tulki va turna deb nomladingiz? Nega ayyor tulki deyilgan? Turna nega och qoldi? O'quvchilarga yozma ifodalash tushuntiriladi. O'quvchilar insho yozishga kirishishlaridan oldin qo'llanish mumkin bo'lgan imlosi qiyin va notanish so'zlar ma'nosi izohlanadi. So'ng o'quvchilar mustaqil yozishga kirishadilar. O'quvchilar inshoni yozma yozib bo'lganlaridan so'ng, darslikdagi tayyor matn asosida o'z xatolarini tuzatadilar. Bog'da Reja: 1.Aka-singil holsiz yotgan qushchani ko'rib qoldilar. 2.Ular qushchani uyda parvarish qilishdi. 3.Qushchani uchirib yuborishdi. Ilhom va uning singlisi Nilufar bog'da aylanib yurishardi. Ular qor ustida holsiz yotgan qushchani ko'rib qolishdi. Nilufar qushchani qo'liga oldi. Aka-singil qushchani uyga olib kelishdi. Qushchani yaxshi boqishdi. Bahor keldi. Kunlar isidi. Ular qushchani qo'yib yuborishdi. (37 so'z) Imlo: singlisi, yurishardi, qo'yib yuborishdi so'zlari ustida ishlanadi. Kishi ismlari katta harf bilan yozilishi bolalarga tushuntiriladi. Tahlil: 3 ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 141.56 KB
Ko'rishlar soni 177 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:12 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 141.56 KB
Ko'rishlar soni 177 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga