Isajon Sulton Boqiy darbadar

Isajon Sulton Boqiy darbadar

O'quvchilarga / Adabiyot
Isajon Sulton Boqiy darbadar - rasmi

Material tavsifi

The user can demonstrate on a projector or computer, or print the presentation and make it film Isajon Sulton Boqiy darbadar 01 Education analysis Boqiy darbadar romani (Sharq yulduzi 2010 yil, 6-son) tom manoda yozuvchining ijodiy salohiyatini, uning o'ziga xos yo'nalishini belgilab berdi. Mutaxassislar asarni o'zbek romanchiligidagi yangi hodisa deya baholadi. Boqiy darbadar ramziy-falsafiy roman bo'lib, yozuvchi atigi 80 sahifalik asarga bugungi dunyoning global muammolarini, jar yoqalab borayotgan insoniyatning mudhish qismatini sig'dira olgan. Bu qadar keng qamrovli mavzuni kichik hajmli asarga jo etishda yozuvchiga postmodernizm yo'nalishi juda qo'l keladi. Reja: 01 03 02 04 Adabiyotshunos D.Quronov bu haqida shunday yozadi: Boqiy darbadarda an'anaviy eposga xos voqeaband syujet o'rnida sirtdan bir-biriga bog'lanmay turli makon va zamonda, goh reallik, gohi xayolotda kechuvchi voqealar tasvirlangan, markazida risoladagidek qahramon turmagan bo'lsa-da, ularni bir narsa - hayotning manisiyu bashariyat taqdiri haqida o'yga tolgan muallif shaxsi birlashtiradi, yaxlit butunlikka - romanga aylantiradi…(1) D.Quronovning mazkur ta'rifidan so'ng aytish mumkinki, romanga postmodernizm yo'nalishi kuchli ta'sir o'tkazgan. Zero, olamni uzuq-yuluq turli fragmentlar bilan tasvirlashga urinish postmodernizmning asosiy qonuniyati hisoblandi. roman professor tarjimon n. vladimirova tomonidan rus tiliga tarjima qilingan, alohida kitob holida chop etilgan. roman zamonamiz kishisining ma'naviy-axloqiy qiyofasini inson va uning taqdirga munosabati fonida badiiy talqin qilishga ham qaratilgan. chindan ham asarda bosh qahramon akbarning taqdir va xudoga isyoni, ammo uzoq izlanish va mashaqqatlardan so'ng itoatga kelish jarayonlari falsafiy-psixologik talqinda tasvirlangan. aslini olganda - isyon va itoat intellektual kitobxonga mo'ljallangan bo'lib, oddiy o'quvchi asardan to'la bahra ololmaydi, asardagi falsafiy mulohazalar uni zeriktirib qo'yadi. boshqacha aytganda bu roman - yengil o'qilmaydi. The user can demonstrate on a projector or computer, or print the presentation and make it film Rus faylasufi P.Grechko Hozirgi kunda postmodernizmday ommabop, mavhum va ko'p qirrali termin yo'q, deb yozgan edi. Shu ma'noda o'zbek adabiyoti namunalarini postmodernizm yo'nalishi tamoyillari asosida tahlilga tortish ba'zi nazariy chalkashliklaru sun'iy xulosalarni keltirib chiqarishi mumkinligini inkor etmaymiz. Ammo muammoning ikkinchi bir tarafidan aslo ko'z yumib bo'lmaydi: glaballashuv, ilm-fan taraqqiyotining yangi bosqichga ko'tarilishi, har qancha taraqqiy topmasin, tabiatning oddiy hodisalariga oydinlik kiritolmayotgan, na koinotning va na kichik zarra(molekula)ning cheku chegarasini topolmay tang bo'layotgan inson salohiyati va uning o'zgarib borayotgan maqsadlari, hayotiy ma'nosi, umuman, adabiy jarayon shakllanayotgan davr, yangi ijtimoiy munosabatlarning san'atga ta'siri masalasi ham borki, bu milliy adabiyotimizda yaratilayotgan muayyan asarlarga yangicha bir nigoh bilan qarashga undayveradi. Boqiy darbadar romanida ham yozuvchi olamning yaxlit modelini turli diniy rivoyatlar, tarixiy ma'lumotlar, zamonaviy ilmiy qarashlar, texnologik yutuqlar, jahon falsafasiga doir yo'nalishlar va qarashlarning o'zaro ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.77 MB
Ko'rishlar soni 121 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:12 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.77 MB
Ko'rishlar soni 121 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga