Ishoqxon To'ra Ibratning Mezon o'z-zamon asari haqida Ishoqxon To'ra Ibrat Ishoqxon Junaydulloxo'ja o'g'li 1862 (xijriy 1279) yilda Namangan yaqinidagi To'raqo'rg'on qishlog'ida tug'ilgan. Uning' otasi sohibkor bog'bonlardan bo'lib, «Xodim» taxallusi bilan she'rlar yozgan. Onasi Huribibi qishloq qizlarini o'qitgan. Ibrat dastlab qishloq maktabida, so'ngra onasi qo'lida tahsil oldi. Ishoqxon Ibrat matbaachi sifatida Ishoqxon Ibrat matbaachi sifatida Namanganda «Matbaai Ishoqiya»ni tashkil etib, kitob nashriga kirishgan. Bu yerda u ko'plab ilmiy, tarixiy, badiiy asarlar bilan birga, zamonaviy mavzulardagi kitoblarni ham nashr etib, ilm-ma'rifat va ma'naviyat rivoji yo'lida xizmat qilgan. Uning kitoblari yoqib, yo'q qilib yuborilgan. O'zi esa qatag'onga uchragan. Faqat istiqlol davriga kelib uning nomi va ijodi asl qadr-qimmatini topdi. Kitoblari chop etilib, o'zi tug'ilib o'sgan To'raqo'rg'onda muzey ham tashkil etildi. Milliy uyg'onish davrining yorqin namoyandalaridan biri Milliy uyg'onish davrining yorqin namoyandalaridan biri, ma'rifatparvar shoir, olim, sayyoh, matbaachi va muallim Ishoqxon To'ra Ibrat 1862 yili Namangan viloyatining To'raqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilada tavallud topgan. Otasi Junaydulla xo'ja va onasi Huribibilar xat-savodli kishilardan bo'lib, maktabdorlik ham qilganlar. Ishoqxon ona-otasi qo'lida savod chiqarib, keyinchalik turli maktab va madrasalarda ta'lim olgan «Kutubxonai Ishoqiya» fondi Ibratning milliy kutubxona, kitobxonlik ishlarining ilk tashkilotchisi va targ'ibotchisi sifatida ham xizmatlari beqiyosdir. U asos solgan «Kutubxonai Ishoqiya» fondi bu jihatdan ancha boy bo'lib, unda kitob berish va olish ma'lum tartib-qoidaga moslashgan edi. Faoliyati «Tarixi chopxona», «Madaniyat» haqida masnaviy, «Gazeta xususida», «Qalam», «Lug''at sitta alsina» («Olti tilli lug''at», 1907), «Jome' ul-hutut» («Xatlar majmui», 1912), «Tarixi Farg'ona» (1916), «Mezon o'z-zamon» (1926), «San'ati Ibrat», «Ilmi Ibrat» va boshqalar. Mezon o'z-zamon asari haqida Mezon - barobar qiladurgon tarozudur. Bu asrlarni, zamonlarni vazn qiladur. So'ngra hosili mezon - bir natija hosil bo'lur. Biz bu mezon ila o'z asrimizni tortamiz. Avvalgi zamon va keyingi zamonlarni(ng) bo'lak tarozusi bor. Mana bu «Mezon o'z-zamon» andozai shar'din, mezoni shar'din ortuqcha rasmu odat bo'lg'on nimarsalarni ko'rsatub turubdur. Qalbida, fahmida mezoni bor zot tortub bilurlar va amal qilurlar. Bir asr ilgari o'tgan xalqlar ta'ayyushlarini ko'rsatur. Chunonchi, ul asr odamlari sodda, sofdil, to'g'ri, xiyonatu bug'zu adovat, kizblar kam bo'lub yoki bo'lsa ham oshkor emas ekan. Bunga sabab islomni(ng) yangiligi, mahkam ushlaganlari yoki muhtasibi ahli islom hafta bahafta tahqiq qilib turgani sabab bo'lsa kerak. Mana bir asrni(ng) mezoni! Farq: ikkinchi mezondagi sha'n-shavkat, sarfi behudalarni o'qudingiz. Mana balvo! Mana tabodil! Mana mezon! Bular hammasi madaniyatdan namunadur, obodliqdan nisxona. Olamni ko'rmak ko'b asrlar ahvolini bilmakdan iborat bo'lsa, mana ko'rdingiz bir asrni(ng) ahvolini! Hama ahvoldin yozmak bo'lsam, har asr necha jild bo'lmagi muqarrardur Ushbu qo'lyozma To'raqo'rg'onlik Ishoqxon to'ra tomonidan ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.44 MB
Ko'rishlar soni
156 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:12
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.44 MB
Ko'rishlar soni
156 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:12 ]
Arxiv ichida: ppt