Islom shoir Nazar o'g'li Iste'dodli va ijodkor shoir- bahshilarimizdan biri Islom shoir Nazar o'g'lidir. bahshining doston yoki termani alohida to'lqinlanib aytadigan vaqtini bahshi qaynadi deyiladi. Bunday paytda unga tashqarida ro'y berayotgan har bir voqea faqat ilhom bag'ishlaydi. Islom shoir katta bir hovuz bo'yida doston aytib ana shunday to'lqinlangan paytilaridan birda mashhur Otaniyoz shoir u haqda shunday degan ekan: Agar shu hovuzning suvi siyoh bo'lsa, botmon qog'oz bo'lsa, necha odam yozabersa, hovuzning suvi tamom bo'lsa bo'ladiki, lekin Islom shoirning ko'nglidan chiqqan qo'shig'i tugamaydi. Chunki Islom shoir qaynab turgan buloqday qaynab toshadi. Bunday ajoyib maqtovlarga faqat el nazari tushgan, zabardast bahshilar musobaqalarida o'ziga xos aytishuvlarning sovrininga sazovor bo'lgan san'atkorlargina muyassar bo'lishgan . Islom shoir Nazar o'g'li Samarqand viloyati Narpay tumani Galaqassob qishlog'ida dehqonchilik va cho'ponlik bilan shug'ullangan oilada 1874- yilda tug'ilgan. Islom ham yoshligidan cho'ponlik bilan shug'ullanadi. Chunki otasi Nazar Rajab o'g'li ayolmand bo'lib, ro'zg'orni tebratishga, sakkiz jondan iborat oilani boqishga qiynalgan edi. Yosh Islomning baxtiga bobosi Rajab shoir yaxshigina bahshi edi. Shuning uchun Islomning suyagi do'mbira sadolari ostida qotdi, desak xato bo'lmas. bahshi keyinchalik o'zining yoshlik yillarini shunday eslaydi: Yurganim, ko'rganim dasht, cho'l, boqqanim qo'y-qo'zi, ulfatim jafokash cho'ponlar bo'ldi. Umrim bino bo'lib yoshligimda, yigitligimda yangi kiyim kiyganimni, qornim to'yib ovqat yeganimni bilmayman. XIX asrning oxirlari XX asr boshlari yurtimizda dostonchilik san'ati alohida gullagan bir davr bo'ldi. Samarqand dostonchiligi an'anasi tarkibidagi Qo'rg'on, Bulung'ur, Shahrisabz maktablari vakillari bu davrda tez-tez uchrashib turadilar. O'ziga xos aytishuv musobaqalari an'anaga aylangandi. Shuning uchun ham maxsus maktab darajasiga ko'tarilmagan hududlarda yashaydigan bahshilar ko'pincha mashhur maktab vakillaridan bahshilik san'atini o'rganganlar. Islom shoir ham Shahrisabz va Qo'rg'on maktabi ustozlarining doston aytish usullarini o'zlashtirdi. Savodsiz bo'lishiga qaramay kuchli xotira quvvatiga ega bo'lgan Islom ajoyib ovozi borligi uchun tez orada o'nlab doston va termalarni yod olib, 26 yoshida mustaqil bahshi sifatida shuhrat qozondi. Ayni chog'da bahshilikda juda muhim hisoblangan do'mbira kuylarini ham mahorat bilan ijro etdi. Odatda doston boshlashdan avval bahshi tinglovchilarga do'mbira ko'yini chalib beradi. Bu kuy tinglovchini doston tinglashga tayyorlaydi. Islom shoir ijro etgan kuy sadolari olimlarning eslashga qaraganda musiqiyligi, mayinligi, serjiloligi bilan ajralib turgan ekan. Ovozning shirasi bu lazzatga qo'shimcha fayz bo'lib qo'shilgan. Shuning uchun Islom shoir aytgan 28 ta dostonning hammasini hamqishloqlari, qo'shni hududdan kelgan ishqibozlar maroq bilan tinglaganlar. Bunday martabaga erishishda Ernazar bahshi va Qo'rg'on maktabi vakili Ergash shoirning otasi Jumanbulbul, To'xtamish shoir unga ustozlik qilganlar. Mustaqil bahshi bo'lganidan keyin ham u To'xtamish shoir huzuriga borib o'z san'atiga sayqal berish harakatida bo'lgan. bahshi o'z yurtdoshlarining qalblaridagi ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.33 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:12
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.33 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:12 ]
Arxiv ichida: doc