Ispaniyada uyg'onish davri adabiyoti. M.Servantes ijodi Reja: Ispaniyada uyg'onish adabiyoti vakillari. Servantes hayoti va ijodi. Don Kixot romani. Don Kixot romani qahramonlari: a) ijobiy qahramonlar; b) salbiy qahramonlar. 5. Servantes ijodining ahamiyati. XV asrning ikkinchi yarmida Ispaniyada absolyut hokimiyat tashkil topa boshlaydi. Bu davrga kelganda mamlakat erlarini qayta qo'lga kiritish harakati - Rekonkista asosan tugallanadi. G'arbiy Evropaning boshqa mamlakatlarida bo'lgani kabi Ispaniyada va o'sha vaqtda unga qaram Portugaliyada ham savdo-sanoat rivojlanib, Kapitalistik munosabatlar tugildi.Gumanistik dunyoqarashning shakllana borishi bilan feodal jamiyati va uning urf-odatlariga qarshi kurash kuchayadi. Lekin Ispaniya viloyatlarida burjua munosabatlarining sekinlik bilan o'sishi, har bir o'lkaning o'z qonun-qoidalari bo'lishi va shuningdek, rekonkistaning uzoqqa cho'zilganligi sababli absolyutizm butun mamlakatni bir milliy davlat tevaragiga birlashtira olmaydi. Qirollik hukumati shaharlar bilan ittifoq tuzib feodal tarqoqligiga chek qo'ya olmaydi. XV asrda Evropaning boshqa mamlakatlarida yirik monarxiyadan iborat davlatlar paydo bo'lib, ular madaniylashtiruvchi markaz sifatida xizmat qilgan bir vaqtda Ispaniyada bunday markazlashgan hokimiyat hali yo'q edi. Savdo-sanoat ishlarida ham tushkinlik ro'y beradi. Amerikadan keltirilgan oltin mamlakat xo'jaligini izdan chiqaradi. Chetdan mol sotib olish foydaliroq bo'lib chiqadi. Oqibatda dehqonlar xonavayron bo'ladi. Mustamlaka xalqlarni talash va ezish kuchayadi, moddiy ishlab chiqarish haddan tashqari qisqarib ketadi. Oltin zapasi tugagach, xo'jalik hayotida yana og'ir vaziyat yuzaga keladi. Katolik cherkovi esa xalqni qullikda saqlash uchun qirol hukumatiga yordam beradi. XVII asr o'rtalariga kelib Ispaniya o'zining ilgarigi qudratidan mahrum bo'ladi, keyinchalik u mustamlakalaridan ajralib, kuchsiz davlatga aylanib qoladi. XVI - XVII asrlar mobaynida davom etgan dehqon qo'zg'olonlari esa absolyutizm krizisini yana ham chuqurlashtirib yuboradi. Ispan uyg'onish davri adabiyoti XV - XVI asrlarda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy voqealar, mamlakat tarixiy taraqqiyotining o'ziga xos xususiyatlari bilan ravishda shakllanib, unda ilg'or gumanistik g'oyalar targ'ib qilinadi. Bu adabiyotning dastlabki etapi - XVI asr oxiri, XVII asr birinchi yarmidagi yirik shoirlardan biri Fernando de erreradir (1534 - 1597). Bu davrda lirik janrga nisbatan epik poeziya keng ko'lamda rivojlanadi. Tarixiy, ta'limiy-didaktik afsonaviy-diniy va boshqa turdagi poemalar yuzaga keladi. CHunonchi, ersil'ya (1533 - 1594)ning katta epopeyasi Araukanada hind-ariukan qabilasidan bo'lgan chiliylarning Ispan hukmronligiga qarshi ko'targan qo'zg'olonlari tasvirlanadi. Asarda qabila qahramoni Kaupalikaning mardona kurashi, ayollarning sevgi sarguzashtlari tasvirlanadi. XVI asrda yashagan yirik portugal yozuvchisi Luis de Kamoens (1524 - 1580) ijodida davr ruhi, muvaffaqiyatli gavdalanadi. Kamoens bir komediya, bir qator she'r, shu jumladan baxtsiz sevgini ifodalagan 350 dan ortiq sonet yozadi. Lekin u, asosan Luziada poemasi bilan mashhur. Asar Vasko de Gamaning Afrika orqali Hindistonga yo'l topishi va portugallarning bu mashaqqatga kirib borishini tasvirlaydi. SHoir dostonida jamiyatdagi nuqsonlarni, saroy ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.6 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:12
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.6 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:12 ]
Arxiv ichida: doc