Iste'dod Talant Badiiy ijod Ilhom Mo'tadil ilhom Zavqu shavqqa to'liq ilhom His qila bilash san'ati Badiiy mahorat: samimiylik haqqoniylik mazmun va shakl birligi badiiy til Reja: kirish 2. Iste'dod Talant Badiiy ijod Ilhom Mo'tadil ilhom Zavqu shavqqa to'liq ilhom His qila bilash san'ati Badiiy mahorat: samimiylik haqqoniylik mazmun va shakl birligi badiiy til Asqad Muxtor aytganidek, Tanqidchi va adabiyotshunoslar asosan asar haqida gapiradilar Yozuvchi haqida esa Vaholanki, asar yozuvchidan unib chiqadi: farzandiday unda tug'iladi, ulg'ayadi, kamol topadi; u farzandini avaylaydi; himoya qiladi. Asar-yozuvchining taqdiri; kerak bo'lganda yozuvchi qurbon bo'lishga ham tayyor. Uning bu g'ayritabiiy sadoqati, yozmasdan turolmasligi, ruhiyatga, falsafaga, mushohadaga moyilligi, shaxsi, fe'li, uslubi, qarashlari, dardi, qiynalishlari hyech kimni qiziqtirmaydi. Yozuvchi o'z shaxsi va o'zgalarning shaxsi bilan birikib ketgan-asar uning subyekti. . . Bu haqda ko'p gapirish mumkin, ammo tanqidchilar Darvoqye, adabiyot nazariyotchilari ham yozuvchi shaxsiyati, ijodiy laboratoriyasi haqida kam yozadilar. Holbuki, asar yaratish jarayonini bu unsurlarsiz to'liq tasavvur qilish mumkin emas. V.Belinskiy adabiyotning umum mazmunining o'ziga xosligi haqida gapirganda, uning talantli shaxslar tomonidan yaratilishiga-sifat masalasi ma'nosida qaraydi; talantli-san'atkorgina adabiy asar yaratishga qodirdir, aslida adabiyot tarixi-talantli yozuvchilar tarixidir. Ana shu asosga tayanib, yozuvchi talanti, ilhomi, badiiy mahoratini o'rganish g'oyatda dolzarbdir. ISTE'DOD.Barcha iste'dodlar kabi shoirlik iste'dodi ham tug'ma bo'ladi va bolalikdan o'zini namoyon etadi. Bu kunduzdek ravshan, haqiqatning o'zidek ayon Shoirona iste'dod - bir qaraganda olamga hayrat ko'zi bilan boqish san'ati va o'zgalarni hayratga solish san'ati bo'lib ko'rinadi, yana bir qaraganda el dardiga oshno bo'lish qobiliyati bo'lib tuyuladi. Iste'dod-bu avvalo did, yaxshi did egasi bo'lish qobiliyati, deguvchilar ham bor. Iste'dod-bepoyon tushuncha. U ta'rifga siqqanda edi, uni ma'lum xususiyatlar doirasida chegaralash mumkin bo'lganda edi, odamlar yo'q iste'dodni tarbiyalab bor qilgan bo'lardilar. Gorkiy, iste'dodning 99 foizi mehnat deganini tug'ma iste'dodi bo'lmagan odam mehnat bilan chinakam shoir yoki bastakor bo'lishi mumkin deb tushunmaslik kerak. Har qalay 99 degani 100 emas. Suv normal sharoitda 100 gradusda qaynaydi. 99 gradus isigan suv-qaynagan suv emas. Fors tilida qaynashni jo'shidan deydi, ya'ni jo'shmoq. She'riyat ham jo'shmoqdir. Jo'shmoq uchun esa 99 foizdan tashqari o'sha kamtarin bir foiz-ya'ni tug'ma iste'dod kerak. Shu ma'noda kunlarning sozini chertib yuruvchilarning taskini-biz ulug' emas, bizga shu ham bo'laveradi deb ko'ngilni tinchitishi adabiyot uchun faloqatdir. Shoirmi, adibmi, bu qutlug' dargohga qadam qo'ygan, anglamog'i kerakki, bunda Nizomiylar, Navoiylar, Shekspir va Pushkinlar qalam surgan. U shu ulug' siymolar davrasiga kiradi. O'z qalbi, vijdoni oldida, bu ulug' zotlar oldida andisha qilmog'i kerak. Kim bilsin, bizlar ham kunlarning sozini chertib yurgan nozimlardirmiz-bu masala elning va fursat deb atalgan ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
39.3 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:12
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
39.3 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:12 ]
Arxiv ichida: doc