Iste'molchilarga ma'lumot-bibliografiya xizmati (MBX) Reja: MBX haqida umumiy tushuncha Turli xil so'roqlarni bajarish xususiyatlari Badiiy adabiyot va adabiyotshunoslikka oid MBX Ijtimoiy-siyosiy kompleksga oid MBX MBXni tashkil etish va hisobga olish MBX haqida umumiy tushuncha Kishilarda axborot olamiga, turli sohaga, masala va muammolarga oid ortib borayotgan qiziqishga va intilishga atrof-muhit, mamlakat ichida va tashqarisida yuz berayotgan voqea va hodisalar, mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy ahvoli, vazifalari va maqsadi, oilaviy muhit, mehnat faoliyati, yangi ixtirolar va kashfiyotlar, OAV orqali tarqalayotgan xabarlar ta'sir etadi. Ma'lumotbibliografiya xizmati talabgorlarning turli so'roqlariga mos bibliografik xizmat ko'rsatishdir. Ma'lumotlar so'roqlarning turiga qarab turlanadi, ularning xarakteriga mos bo'ladi, axborot xarakteriga ko'ra bibliografik, faktografik, shakliga ko'ra og'zaki (telefon orqali, yuzma-yuz) va yozma (murakkab so'roqqa javob bo'lib, maxsus qidirishni, ro'yxat tuzib berishni talab qiladi) bo'ladi. Bibliografik ma'lumot turli so'roqqa beriladigan bibliografik axborotdir, u turlicha bo'ladi: adresli (nashrning fonddagi o'rnini ko'rsatish uchun berilgan ma'lumot), aniqlovchi (bibliografik tavsifidan noaniqlik yoki qo'shimcha ma'lumotni talab etgan holda berilgan), mavzuli (biror-bir mavzu, masala, muammoga oid). MBXning mazmunini kitobxon talabi yoki so'rog'i, axborotni qidirish, bibliografning javobi tashkil etadi. Bibliografik qidirish bibliografik faoliyatning negizini tashkil etadi. So'roqlarni bajarish tezligi va sifati bibliografning kasbiy bilimi darajasiga, kitobxon bilan munosabatda bo'la olish qobiliyatiga, MBXning sifatiga, bibliografning zamonaviy axborot texnologiyalari bilan erkin ishlay olishiga bog'liq. Bularning hammasi o'ziga xos dasturni (algoritmni) tashkil etadi. Bu dastur quyidagi bosqichlardan iborat: axborotni qidirishga tayyorgarlik ko'rish - so'roqni qabul qilish, hisobga olish, tahlil qilish, mavzuni va maqsadini aniq shakllantirish, kitobxonni qiziqtirgan masala bo'yicha xabardorligini o'rganish, shu paytgacha mavzu bo'yicha bilgan ma'lumotlari, so'roqning dolzarbligini aniqlash; qidiruv manbasini modellashtirish-so'roq mazmuniga mos manbalarni aniqlash (o'quv adabiyotlari, ommaviy nashrlar, ma'lumotnoma nashrlar va b.); qidirishning mukammal yo'lini tanlash - manbalar orasidan eng zarurini va so'roqqa mosini ajratib olish; qidirish dasturini amalga oshirish-so'roqqa javob beruvchi axborotni olish, agar ma'lumot yozma ravishda talab etiladigan bo'lsa, uni tayyorlash. Murakkab mavzudagi ma'lumotlar nusxasi saqlab qolinadi. Kitobxonlarning bibliografik va axborot madaniyatini takomillashtirish uchun ish so'ngida, albatta, axborot manbalarini ko'rsatish lozim. Turli xil so'roqlarni bajarish xususiyatlari Mavzuli so'roqlarni bajarish - «mavzu» tushunchasi juda keng, u ma'lum bir masalani, savolni, muammoni, biror kishining hayoti va ijodini, o'lka va mamlakat haqidagi ma'lumotni anglatishi mumkin. Mavzuli so'roqlar, asosan, sistemali katalog, kartotekalar va ma'lumotlar bazasi va banki, bibliografik qo'llanmalar yordamida bajariladi. Bularga qo'shimcha ravishda kitob ichi va jurnal ichi ro'yxatlari, nashrning o'zi - kitob, gazeta, jurnal, davomli nashrlar, to'plamlar va boshqa hujjatlar ham ko'rib chiqiladi. Masalaning hal etilgani shunda ko'rinadiki, ro'yxatlardan, albatta, 2 - 3 ta hujjat tavsiya etilishi kerak. Masalan, maktab ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.53 KB
Ko'rishlar soni
109 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:12
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.53 KB
Ko'rishlar soni
109 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:12 ]
Arxiv ichida: docx