Italiyada uyg'onish adabiyoti

Italiyada uyg'onish adabiyoti

O'quvchilarga / Adabiyot
Italiyada uyg'onish adabiyoti - rasmi

Material tavsifi

Italiyada uyg'onish adabiyoti Reja: Italiya - G'arb uyg'onishining ilk vatani. Dante Alig'yeri va O'rta asrlardan Renessansga o'tish. Franchesko Petrarka lirikasida dunyoviy sevgi tarannumi. Jovanni Bokkachchoning «Dekameron asari va uning gumanistik ruhi. Italiya uyg'onish davri adabiyotining tarixiy ahamiyati. XIV asrning 2-choragidan dastlab Italiyada kapitalistik munosabatlarning kurtaklari ko'zga tashlana boshlaydi. Ayni shu davrdan uning mafkurasi sifatida Renessans harakati ham yuzaga keladi. Renessans fransuzcha so'z bo'lib, uyg'onish degan ma'noni bildiradi. Bu harakat feodalizm tuzumi va katolik cherkoviga muxolifotda bo'lib, ular bilan g'oyaviy kurash jarayonida rivojlandi. Renessans Evropaning boshqa mamlakatlarida XV asrning o'rtalarida yuzaga keldi va XVII asrga qadar davom etdi. Bu harakat shaxs erki, uning ozodligini bosh maqsad qilib olgani, sababli uning vakillari o'zlarini gumanistlar deb atadilar. Ma'lumki, lotincha, gumanist- so'zi insoniy degan ma'noni ifodalaydi. Shu tariqa Renessansning ilk vatani Italiya, uning ilk shoiri esa Dante Alig'yeri bo'ldi. Dante Alig'yeri ijodi bilan O'rta asrlar adabiyoti yakunlanadi va Renessans adabiyoti boshlanadi. Yodda tuting! YevropaUyg'onish adabiyoti quyidagi davrlarga bo'linadi: XIV-asr-birinchi davri. XV -asr-ikkinchi (gumanizmning gullab yashnagan davri.) XVI-asr-Renessaning so'nish davri. Italiya Uyg'onish davri adabiyotini o'rganish Florentsiyalik mashhur adib Dant'e Alig'yeri (1265-1321) ijodidan boshlandi. U ikki katta davr oralig'ida yashab ijod qildi. «… U o'rta asrning eng oxirgi va shu bilan birga yangi zamonning eng avvalgi shoiri edi». Dante XII-XIV asrlarda Italiyaning asosiy madaniy markazi bo'lgan Florentsiyada tug'ildi. U poeziyaga erta berilib, lirik she'rlarini Provans shoirlarining Italiyadagi izdoshlari ta'sirida yaratdi. Shoirning sevgilisi Beatrichega bag'ishlangan she'riy to'plami «YAngi hayot» deb ataladi (1283-1292) va 30 ta she'rni o'z ichiga oladi. SHe'rlar xronologik tartibda joylashgan. She'rlarning mazmuni nasriy hikoyalar, falsafiy izohlar bilan sharhlanadi. Shoir 9 yoshga kirganda o'ziga tengdosh Beatricheni uchratadi va uni sevib qoladi. To'qqiz yildan so'ng ular yana uchrashadilar. Qizning ochiq chehra bilan ta'zim qilishi shoirni hayajonga soladi. O'sha kuni shoir tush ko'radi va bu tushni birinchi sonetida tasvirlaydi. Beatriche obrazi shoirni doimo ilhomlantiradi. «Yangi hayot» G'arbiy Yevropaadabiyotidagi birinchi avtobiografik qissa hisoblanadi. Bunda Dante sevgan qalbning nozik ruhiy kechilmalarini ustalik bilan tahlil qila olgan. Dante Beatriche vafotidan so'ng ilmiy-falsafiy masalalar bilan shug'ullanadi. 1307-1308 yillari o'zining mashhur «Ziyorat» traktatini yaratadi. 1305 yil roman tilshunosligi bo'yicha dastlabki tadqiqot - «Xalq nutqi haqida» degan risolani yozadi. «Iloxiy komediya» - Danteni dunyoga mashxur qilgan asari. U o'z asarini «Komediya» deb atagan. O'rta asrlarda qayg'u, g'am bilan boshlanuvchi va yaxshilik, xursandchilik bilan yakunlovchi har qanday asarni «Komediya» deb atashgan. Asar o'rta asr diniy-cherkov adabiyoti ta'siridan ham xoli emas, (allegoriya) simvolika. Asarda uchraydigan 9 raqami (9 kun, 9-osmon) shoir hayotidagi muhim ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.51 KB
Ko'rishlar soni 129 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:13 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.51 KB
Ko'rishlar soni 129 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga