Izzat Sulton dramaturgiyasida zamon va qahramon talqini

Izzat Sulton dramaturgiyasida zamon va qahramon talqini

O'quvchilarga / Adabiyot
Izzat Sulton dramaturgiyasida zamon va qahramon talqini - rasmi

Material tavsifi

Izzat Sulton dramaturgiyasida zamon va qahramon talqini MUNDARIJA: KIRISH……3 I BOB. Izzat Sulton dramaturgiyasining o'ziga xos xususiyatlari 1.1. Dramaturgning asarlarida zamon muommosi7 1.2. Izzat Sultonning Yangi odamlar pyesasida shaxs konsepsiyasi.…29 II BOB. Izzat Sulton dramaturgiyasida qahramon talqini 2.1.Dramaturgning asarlarida xarakter va kolliziya munosabati 40 2.2.Izzat Sulton dramalarida psixologizm50 XULOSA…….……60 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI……64 KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Adiblarimiz voqelikda kechayotgan ijtimoiy- siyosiy, iqtisodiy, madaniy o'zgarishlarga, yangilanishlarga nisbatan o'z munosabatlarini badiiy asarlari, publitsistik chiqishlari, maqolalari na suhbatlari orqali ifodalamoqdalar. Izzat Sultonning «Yangi odamlap», «Oydin kecha asirligida», «Qaqnus» singari sahna asarlarida muallifning mavjud voqelikda shakllanib borayotgan yangi tamoyillarga nisbatan individual nuqtai nazarini ko'rishimiz mumkin. Ularda zamon va qahramon konsepsiyasi yaqqol belgilari bilan namoyon bo'ladi. Eng muhimi, zamon ham, inson ham turli yo'sinda namoyon bo'ladi. YA'ni, ijtimoiy voqelikning kechish tarziga ko'ra o'z qiyofasini o'zgartirib turadi. Zero, badiiy adabiyotda zamon va qahramon konsepsiyasining badiiy mujassamlanishi bir qancha omillar bilan asoslanadi Xususan, falsafiy, madaniy, diniy an'analar adabiy jarayonda muhim omillar hisoblanadi Ijtimoiy voqelikning talab va ehtiyojlariga javob beradigan asarlar yaratish har qanday dramaturgning bosh muddaosi, binobarin, mavjud ijtimoiy-siyosiy voqelik ko'ndalang qo'ygan ma'naviy-axloqiy masalalarga javob izlash, topish va badiiy obrazlarda mujassamlashtirish dramaturg Izzat Sultonning bosh estetik kredosiga aylangan edi. Olim va dramaturg Izzat Sultondan boy ilmiy va adabiy meros qoldi. «Alisher Navoiy» (Uyg'un bilan hamkorlikda), «Noma'lum kishi», «Imon», «Ko'rmayin bosdim tikanni», «Donishmandning yoshligi», «Kumush shahar malikasi», «Abdulla Qodiriyning o'tgan kunlari» singari sahna asarlari, XX asr adabiyoti, o'zbek adabiyoti tarixi va adabiyot nazariyasi muammolariga bag'ishlangan yuzlab ilmiy-nazariy maqolalari Izzat Sultonning badiiy-estetik tafakkurimiz taraqqiyotida alohida fayzli o'rin tutganligidan dalolat beradi. Izzat Sultonning XX asr oxiri - XXI asr boshlari, ya'ni mustaqillik davri o'zbek adabiyoti rivojidagi xizmatlari ham salmoqli. Uning «Oydin kecha asirligida», «Qaqnus», «Yangi odamlar» kabi dramalari so'nggi davr o'zbek dramaturgiyasida yangi badiiy-uslubiy izlanishlar sifatida baholanishga haqli. Izzat Sultonning XX asr oxiri - XXI asr boshlarida yaratilgan dramalarini zamon va qahramon konsepsiyasi nuqtai nazaridan o'rganish, ulardagi mavzu va masalalarni, muallif ijodiy niyatining badiiy tajassumini, ma'no talqinlarini, obrazlar tizimini yoritish o'zbek adabiyotshunosligining dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Tadqiqotning maqsadi va vazifalari. Mazkur bitiruv malakaviy ishining maqsadi taniqli adabiyotshunos va dramaturg Izzat Sulton dramaturgiyasida zamon va qahramon talqini muammolarini aniqlashdan iborat. Bu, albatta, dramaturgning dramatik asarlarini tahlil qilish orqali aniqlanadi. Bitiruv malakaviy ishining maqsadidan kelib chiqqan holda ishda quyidagi muayyan vazifalarni amalga oshirish ko'zda tutiladi: - Izzat Sulton dramaturgiyasining o'ziga xos xususiyatlarini aniqlash; - Dramaturgning asarlarida zamon muommosini tadqiq etish; - Izzat Sultonning Yangi odamlar pyesasidagi shaxs konsepsiyasini o'rganish; - Izzat Sulton dramaturgiyasidagi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 70.37 KB
Ko'rishlar soni 120 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:13 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 70.37 KB
Ko'rishlar soni 120 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga