Jadid adabiyotida Behbudiyning adabiy merosi mavzusida yozgan BITIRUV MALAKAVIY ISHI MUNDARIJA Kirish. ……3 I BOB. Jadidchilik va uning o'ziga xos g'oyalari……5 1.1. Turkistonda jadidchilikning shakllanishi va rivojlanishi……16 I.2. Jadid matbuoti yangi o'zbek adabiyotining beshigi…….30 II BOB. Mahmudxo'ja Behbudiyning jadid adabiyoti taraqqiyotidagi o'rni 2.1. M.Behbudiyning hayoti va ijodi……35 2.2. M.Behbudiyning ma'rifatchilik faoliyati…….…38 2.3. Behbudiy publisistikasi……47 Xulosa…….52 Foydalanilgan adabiyotlar ro'xati……54 KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan keyin ilgari o'rganish ta'qiqlangan manbalarni tadqiq etish uchun keng imkoniyat paydo bo'ldi. Ularni ilmiy - tadqiqot doirasiga kiritib, olingan natijalarni keng jamoatchilikka taqdim etish adabiyot ilmining ustuvor vazifalaridan biridir. Prezidentimiz I. Karimov haqli ravishda ta'kidlaganidek: Ulkan madaniy merosga ega bo'lgan Turkiston ne - ne jafolarni ko'rmadi, ne - ne tarixlarni boshidan kechirmadi Bugungi yangi o'zbek davlatini barpo etar ekanmiz, biz tarixdan, ajdodlar merosidan, ularni ruhi pokidan, Turkiston xalqlarining qadriyatlaridan, ma'naviy merosidan, san'atidan bahramand bo'lishimiz tabiiydir1. Davlat rahbarining: …oliy ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish va mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash borasida juda ko'p islohotlar olib borilayotganligi haqidagi qimmatli fikrlari har bir ijodkor, shuningdek, adabiyot ilmi mutaxassislariga tasvir va tadqiq yo'llari, vositarini to'g'ri tanlash va ish yuritishga ko'mak beradi. Ma'lumki, XX asr birinchi choragi Turkiston ijtimoiy hayotida jadid adabiyoti o'ziga xos mavqega ega bo'ldi. Jadidchilik harakatining g'oya va fikrlari jaded adabiyoti vakillarining asarlarida o'z ifodasini torgan. Biz mazkur bitiuv malakaviy ishimizda jadidchilik va jadid adabiyotida muhim o'rin tutgan Mahmudxo'ja Behbudiyning adabiy merosiga diqqatimizni jalb qildik. Bu esa ishimizning dolzarbligini belgilaydi. Mavzuning o'rganilishi. Jadidchilik harakati va jadid adabiyoti o'zbek adabiyotshunosligida o'rganilgan muammolardan. Olimlarimizdan Begali Qosimov, O.Sharafiddinov, N.Karimov, N.Abduazizova, U. Jo'raqulovlarning monografiya, risola va ilmiy maqolalaridan maktab sifatida foydalanish mumkin. Bitiruv-malakaviy ishining maqsad va vazifalari. Jadidchilik va jadid matbuotini tahlil, tadqiq etish asosiy maqsadimizdir, vazifamiz esa quyidagilardan iborat: Jadidchilik va uning o'ziga xos g'oyalarini tahlil va tadqiq etish Jadid maktablari jadidchilikning asosiy poydevori ekanligini aniqlash Jadid matbuoti yangi o'zbek adabiyotining beshigi ekanligini o'rganish Behbudiyning hayoti va ijodini o'rganish; Behbudiyning ma'rifatparvarlik g'oyalarini targ'ib qilishdagi harakatlarini tahlil qilish, darsliklarini o'rganish; - Behbudiyning badiiy merosini atroflicha tahlil qilish. Bitiruv malakaviy ishning yangiligi: O'zbek adabiyotshunosligida jadidchilik va jadid adabiyoti haqida juda ko'plab ma'lumotlarni olish mumkin. Ammo jadidchilik va Behbudiy adabiy merosiga doir munozaralar yetarligicha tahlil qilinmagan. Bu esa ishimizning yangiligini ko'rsatadi. Bitiruv malakaviy ishning amaliy ahamiyati: Mazkur bitiruv malakaviy ishdan litsey, kollej, maktablarda jadidchilik va jadid adabiyotini o'rganayotganda va mavzu yuzasidan ma'ruza referatlar yozishda foydalanish mumkin. Bitiruv malakaviy ishning metodologik asoslari: Bitiruv malakaviy ishning metodologik asoslarini O'zbekiston Respublikasi ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
122.28 KB
Ko'rishlar soni
124 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:13
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
122.28 KB
Ko'rishlar soni
124 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:13 ]
Arxiv ichida: doc