Jadid publitsistikasining janr xususiyatlari mavzusida yozgan BITIRUV MALAKAVIY ISHI MUNDARIJA KIRISH……3-6 I BOB. JADID PUBLITSISTIKASI VA UNING TARAQQIYOTI I.1. JADIDLAR PUBLITSISTIKASINING TADRIJI……7-12 I.2. JADID PUBLITSISTIKASIDA MATBUOTNING O'RNI……13-17 I.3. JADID PUBLITSISTIKASIDA DAVR MUAMMOLARINING TALQINI18-24 II BOB. JADID PUBLITSISTIKASINING JANR XUSUSIYATLARI. II.1. FELYETON VA XAT JANRI…….25-32 II.2. OCHERK VA PUBLISISTIK MAQOLALAR……33-39 II.2. JADIDLAR PUBLITSISTIKASI VA BADIIY ADABIYOT…40-50 XULOSA……51 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI……52-53 KIRISH. Mavzuning dolzarbligi. O'zbekiston mustaqilligi o'zbek adiblari oldiga yangidan-yangi vazifalar qo'ydi. Ayniqsa, badiiy publitsistika yo'nalishida asarlar yozayotgan ijodkorlarning so'zi millatning ijtimoiy-siyosiy ongini, ma'naviy-axloqiy dunyoqarashini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov shu xususda fikr yuritib yozadi: Barchamizga ayonki, XXI asr intellektual salohiyat, tafakkur va ma'naviyat asri sifatida insoniyat oldida yangi-yangi ufqlar ochish bilan birga, biz ilgari ko'rmagan, duch kelmagan keskin muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Bugungi murakkab va tahlikali zamonda yozuvchining bashariyatning ertangi kunini o'ylab, odamlarni ezgulikka, insof-diyonat, mehr-oqibat va bag'rikenglikka da'vat etishga qaratilgan haroratli so'zi har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu ma'noda yozuvchining publitsistik ijodini, haroratli so'zini o'rganishga zarurat bor. Zero, har qanday davr yoki millat madaniy hayotida publitsistikaga bo'lgan ehtiyoj keskin oshadi. Shu munosabat bilan publitsistika barcha ma'naviy yo'nalishlarda, jumladan, adabiyot sohasida ham deyarli barcha adabiy janrlar tarkibiga kirib boradi. Ayni chog'da o'zining ichki spetsifik xususiyatlarini mukammallashtirish orqali ijtimoiy hayotdagi yetakchi targ'ibot usuliga aylanadi. O'zbek badiiy publitsistikasi tarixida bu jihat xalqimiz hayotida ro'y bergan ikki ijtimoiy bosqichda yaqqol namoyon bo'lganligini hisobga olsak, bulardan eng muhim birinchi, dastlabki bosqichi XIX asrning so'nggi choragida boshlanib, XX asrning 20-yillari oxiriga qadar davom etgan milliy uyg'onish harakati bilan bevosita bog'liq bo'lgan jadidlar publitsistikasidir. Shunday ekan, milliy uyg'onish davrida xalqning o'zligini tanish, milliylikka chaqirish asnosida vujudga kelgan jadidlar publitsistikasini o'rganish, ularning publitsistik ijodini tahlil qilish va baholash, taraqqiyot bosqichlari hamda tadrijini asoslab berish bugungi adabiyotshunoslik zimmasidagi dolzarb vazifalardan biri sanaladi. Jadidlar publitsistikasida janrlar xilma-xilligi va rivojini o'rganish mobaynida o'zbek jurnalistikasining tarixiga bevosita nazar tashlash va mazkur jarayonlar tadrijida dastlabki janrlarning yaratilishi va bugungi kunga qadar qanday o'zgarishlarga yuz tutganligi aniqlash mavzuni yanada yorqinlashtiradi. Mavzuning keng qamrovda yoritilishi jurnalistikaning kelib chiqishi va taraqqiyot jarayonlarini ko'rsatib beradi. Ta'kidlash joizki, ayni damda gazeta va jurnallarda janrlar xilma-xilligini kuzatish amri mahol bo'lib bormoqda. Shu qatorda, publitsistik janrlarning ayrimlariga murojaat umuman yo'qolib bormoqda. Aynan shu muammolarni hisobga olgan holda, publitsistikaning paydo bo'lishi va undagi janrlar taraqqiyotini sinchiklab o'rganish kam qo'llanilayotgan janrlarga yana qaytadan murojaat etish imkoniyatlarini kengaytiradi. Mavzuning o'rganilish dolzarbligi yana shundan iboratki, jadidlar publitsistikasini tadqiq etish bevosita jurnalistikaning kelib chiqishini o'rganish bilan birgalikda, publitsistikaga yondash holda, ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:26:45
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
89.53 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:13
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:26 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
89.53 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:13 ]
Arxiv ichida: doc